Dzyudo kurashining qoidalari va shikastlanishni oldini olish reja: dzyudo kurash turlaridan biri dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi
Download 57.01 Kb.
|
DZYUDO KURASHINING QOIDALARI VA SHIKASTLANISHNI OLDINI OLISH
DZYUDO KURASHINING QOIDALARI VA SHIKASTLANISHNI OLDINI OLISH REJA: 1. DZYUDO KURASH TURLARIDAN BIRI 2. DZYUDO KURASHINING TEXNIKASI VA TAKTIKASI 3. DZYUDO KURASHIDA SHIKASTLANISHNI OLDINI OLISH XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Jismоniy tarbiya va spоrt hamda spоrtning barcha turlari insоnning sоg‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash uchun muhim vоsita bo‘lib xizmat qiladi. Insоnni tarbiyalash, uning jismоniy sifatlarini rivоjlantirish, salоmatligini mustahkamlash, ish qоbiliyatini оshirish, spоrtchilarda zarur bo‘lgan ruhiy muhitni yaratishning ko‘p qirrali jarayonida jismоniy tarbiya va spоrtning ahamiyati yuqоridir. Sоg‘lоm insоnlarni tarbiyalashda yordam beradigan spоrt kurashining har xil turlari jismоniy tarbiya tizimida muhim o‘rin egallaydi. Shu jumladan, kurash turlari ham jismоniy tarbiya tizimida o‘z o‘rniga ega. Fanni o‘qitishdan maqsad – kurash turlari fani talabalarga kurashni o‘qitish uslubi va nazariy bilimlarini o‘rgatish, kurash turlari texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini egallash, o‘rganish, kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotIami tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyotini o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, talabalami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida kurash turlari vositalaridan samarali foydalanib o‘qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi. Shu mashg‘ulotlar jarayonida O’zbekiston Respublikasida kurash turlari turlarining rivojlanish tarixini o‘rgatish, O’zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida kurash turlari turlarini o‘mi, kurash turlari mashg‘ulotlarida umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlami o‘rgatish, kurash turlari mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish, kurash turlarining muayyan turi texnikasi va qoidalarini o‘rgatish, kurash turlari turlari texnikasi va usullarini o‘rgatish, kurash turlari turlari mashg‘ulotlari uchun kurash inshootlarini tanlash va ulaming jihozlanishini o‘rganish, kurash turlari turlari bo‘yicha mashg‘ulotlami tashkil qilish va o‘tkazish, kurash turlari turlari bo‘yicha musobaqalarai tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek musobaqa hujjatlarini yuritish va hakamlik qilish, bolalar kurashida kurash turlarining o‘mi, kurash turlari mashg‘ulotlarining ayrim xususiyatlari kabi vazifalami amalga oshirish bilan birgalikda jismoniy sifatlami rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Vatanimiz kurashchilarining barcha kurash kurash turlarida ayniqsa erkin va yunon-rim, dzyudo vas ambo, kurash va belbog‘li kurahda erishgan yuqori yutuq ko‘rsatkichlari hammaga ma‘lum va mashhur bo‘lib, bu mazkur kurash turlarida o‘zbek maktabining ilg‘or pozitsiyalarni egallab kelayotganidan yorqin dalolat beradi. Biroq turli mamlakatdagi, yoshdagi va jinsdagi kurashchilarni tayyorlash tizimining zamonaviy holati va istiqboldagi takomillashini faqatgina amaliyotdagi tajriba va erishilgan yutuqlar pozitsiyasidan kelib chiqib baholab bo‘lmaydi va amalga oshirib bo‘lmaydi. Ayni vaqtda shunday vaziyat yuzaga keldiki, ilgaridan mavjud bo‘lgan amaliy tajriba yurtimizning ijtimoiy hayot tarzi o‘zgarishlari hamda zamonaviy kurash fanining yutuqlarini hisobga olgan holda pedagogik nuqtayi nazardan qayta ko‘rib chiqishga o‘tkir ehtiyoj tug‘ildi. Xalqaro kurash gilamlari va tatamidagi muttasil o‘sib borayotgan raqobat, kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalarining tez-tez va ko‘pincha o‘zini oqlamaydigan o‘zgarishlari, ana shu o‘zgarishlar tasirida yuzaga keladigan kurashchilar texnik-taktik ustaligining kuchli dinamikasi yosh kurashchilarni tayyorlash uslubini takomillashtirishning yanada samarador yo‘llarini faol qidirib topishda mutaxassislar zimmasiga ma‘sulyat yuklaydi. Bu o‘rinda vatanimiz kurashchilarning yutuqlarini kelgusida yanada ko‘paytirishga xizmat qiladigan kurash zaxiralarini izchil tayyorlab borish muammosi muxim o‘rinlarda turadi. Bunday tayyorlovning samaradorligini umumlashtiruvchi mezonlar bo‘lib, bolalar, osmirlar va yoshlarning kurash bilan shug‘ullanishga imkoniyatning etarliligi va ommaviyligi, yosh kurashchilar va murabbiylarning mehnati va vaqti minimal sarflangan holda kurash yutuqlarining tezkor va barqaror o‘sishi, jarohatlanishlarning kamayishi hamda kurash bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojning osishi hisoblanadi. Yosh kurashchilarga kurash turlari bilan shug‘ullanish uchun samarasini oshirish maqsadida barcha kurash turlaridan musobaqa qoidalari va vazn o‘lchash tartibi vazn turlari va hakamlik qilish qoidalarini o‘rganish uchun qilingan. Ushbu yo‘nalishlarni muttasil ishlab borish yosh kurashchilarni tayyorlash tizimining ha mazmun va tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni ilgari suradi va kurash turlari bo‘yicha har bir kurashning kelib chiqish tarixi, hamda musobaqa qoidalari aks ettirgan tizimning optimal faoliyat ko‘rsatishi maqsadida uning boshqa asosiy xususiyatlariga ta‘sir ko‘rsatuvchi aniq usullar haqida barkamol g‘oyalarni beradi, deb to‘liq ishonish mumkin. Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fani talabalarga kurashni o‘qitish uslubi va nazariy bilimlarini o‘rgatish, kurash turlari texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini egallash, o‘rganish, kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyotini o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida kurash turlari vostalaridan samarali foydalanib o‘qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling