Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi Reja: Dzyudo kurashining texnikasi Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligi Dzyudo kurashining texnikasi


Download 25.84 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi25.84 Kb.
#1102337
  1   2
Bog'liq
Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi


Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi
Reja:
1. Dzyudo kurashining texnikasi
2. Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligi



Dzyudo kurashining texnikasi
Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi yangi samarali usullar bilan boyib, rivojlanib, о‘rgatish metodikasi mukammallashtirishini talab etmoqda. Hozirgi kunda musobaqa qoidalari va о‘quv-mashg‘ulot ishlari takomillashdi, jismoniy tarbiya kollektivlarining seksiyalari uchun metodik qо‘llanmalar bosmadan chiqmoqda. Ammo о‘rgatish metodikasi va kо‘pgina metodlarni tanlashdagi samarali usullarni qо‘llashda hali kо‘pchilikning bu fikrga qо‘shilmayotganligi tufayli, bu masala ravshan bо‘lganicha yо‘q. О‘quv mashgulotlarida texnik xolatlarning taktikasini о‘rgatishga hamma trenerlar ham e’tibor berayotgani yо‘q. Buning sababi – birinchidan, о‘rgatish metodikasining kerakligicha yoritilmaganligi va taktik о‘rgatish kuchlariga sportchilar va murabbiylarning ishonchsizligi.

Dzyudo mutaxassislarning fikricha, xozirgi kungacha dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarligi yechilmagan bо‘lib qolmoqda. Bunga misol, hozirgi kunda dzyudochilar texnik-taktik vositalardagi kо‘pgina diapazonlardan mukammal foydalana olmasligidir.


Buning sababini о‘smirlarga berib borilayotgan mashqlarda kо‘rish mumkin. Ya’ni, ayrim elementlarning juda ohistalik bilan berib borilishi qiyin elementlarni о‘rgatish vakti bir necha yilga chо‘zilib ketmoqda. Yuqorida aytib о‘tilganiday, yuqori klassdagi mahoratli sportchilarni tayyorlashda, albatta, о‘rgatish metodikasini mukammallashtirish zarurdir. Buning uchun esa о‘rgatish metodikasining umumiy didaktik qonunlarini bilmoq lozimdir. О‘rgatish shug‘ullanuvchilarga nazariy, amaliy, izchil talab va malakalarni berib borishdir.
Dzyudoga о‘rgatish metodikasi jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalariga bо‘ysundirilgan bо‘lib, u dialektik materializm, о‘zbek pedagogikasi didaktik prinsiplari va harakatning kо‘nikma hamda malakalarini takomillashtirish asosida qо‘llaniladi. Murabbiylar dzyudochilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotini uyushtirish hamda о‘tkazishda mashg‘ulot rejimi va sharoiti sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini qat’iy nazorat qilishlari lozim.
Shuningdek, mashg‘ulotni tashkil qilish, uni о‘tkazish metodikasi asosiy maqsadga yо‘naltirilmog‘i, u shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va shaxsiy xususiyatlari, umumjismoniy va kurashdagi tayyorgarligini hisobga olgan xolda tanlanmog‘i kerak. Zamonaviy dzyudoda sport mahoratining о‘sishi texnik-taktik harakatlarning о‘rgatish metodikasiga bog‘liqdir. Shuning uchun dzyudodagi usullariga oida ilmiy-metodik adabiyotlarda berilgan texnik-taktik о‘rgatish metodikalari va kо‘pgina mutaxassis olimlarning fikr-mulohazalari bilan ham tanishib chiqishimiz lozimdir
Dzyudodagi ilmiy-tekshirish ishlarini olib borib, bellashuv davomidagi texnikasini tahlil etib, uni о‘rgatish metodikasini ishlab chiqish va turli usullarini qо‘llanilishi zarurdir. Musobaqalarda raqibni muvozanat xolatidan toydirishning texnik-taktik faoliyatini shakllantiruvchi qonuniyatni ochishga harakat etgan. Ammo muallif о‘z ishida ba’zi о‘rinlarda, ya’ni ayrim usullar yaxshilab о‘rgatilgach, shundagina texnik harakatlarni butunligicha о‘rgatib, raqibning ma’lum himoyaga tayyorlanish harakatining qonuniyatini о‘lchov mezoni deb olish haqidagi muloxazalarida ikkilanadi.Yuqori malakali dzyudochilar musobaqasi faoliyatining analizida va harakat faoliyatini о‘zlashtirishning boshlang‘ich davrida har bir usulini о‘zlashtirish uchun mashqlarni bо‘laklarga ajratib bajarib, bо‘laklarni birbiriga qо‘sha borib, bir butun holda birlashtirish hamda mashqlarni tо‘liq bajarib bitta asosiy usulni qо‘llash kerak. Bu harakatlar amalda murabbiy rahbarligida kо‘rsatib berish metodi orqali о‘tiladi. Mashg‘ulot jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga mahkam qо‘shib olib boriladi. Mashg‘ulot jarayonida о‘tilgan malaka va mahoratlar, ijobiy о‘zgarishlar (fiziologik, bioximik va morfologik) kurashchining musobaqa faoliyatiga ta’sir etib о‘stirib boriladi. Demak musobaqa oldi mashg‘ulot mashg‘ulotlari orasidagi intervallarning о‘zlashtirilishiga yо‘l qо‘ymaslik, о‘sish uchun shart-sharoit yaratish lozim. Mashg‘ulotda yuklama va dam olishni almashtirib turish jarayoni ham о‘zicha ahamiyatga egadir.Mashg‘ulot jarayonida jismoniy yuklamalar, texnik-taktik va iroda tayyorgarligi kurashning usullarini о‘zlashtirishda katta ahamiyatga egadir. Boshlang‘ich ixtisoslashish yillarida mashg‘ulot jarayoni dzyudochilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotsining barcha xarakterli belgilarini faqat asta-sekin egallab borishga xizmat qiladi. Dastlabki paytlarda maxsus tayyorgarlikning salmog‘i nisbatan katta bо‘lmaydi. Mashg‘ulot nagruzkalarining hajmi va intensivligi kelajakdagiga qaraganda ancha kam sur’atda о‘sib boradi.



Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling