E. A. Klimov ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta’rif


Download 13.72 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi13.72 Kb.
#1706476
Bog'liq
Hujjat


4- mavzu: Kasblarning psixologik tasnifi (klassifikasiyasi) va uning mohiyati.
1. Reja:
2. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir.
3. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi.
4. Kasblarni psixologik tizimlash.
Kasb tushunchasi - kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi - bu kasb
tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining tavsifi juda ko’p. Avvalambor
bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o‘tkazuvchi va unga yashash uchun
manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg‘ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi. Kasb
jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning aloxida shakli bo’lib, bunda
a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan.
B.Shouning fikri buyicha “Kasb - ♦ mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi
fitnasidir”1
.
E.A.Klimov ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta’rif
qo’yidagicha “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda asosiy jismoniy va ruhiy
kuch talab etiladi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va rivojlanishi uchun
muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov
kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb
ta’riflaydi. Yana bir ta’rifni keltiramiz. “jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy
faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo’lib, ular jamiyat extiyojlarini
qondirish uchun muxim bo’lgan natija mas’uliyatlarni etkazishni ta’mi6nlab berishi kerak bo‘ladi”.
Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy
va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan.
Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya
va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik
muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi
kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir
sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda.
Nisbatan tor ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi,
“Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs
jamiyat xayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun
moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umulashtirib,
qo’yidagilarni xulosa qilish mumkin. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo‘lgan shakllari bo‘lib,
ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilimlar va ko’nikmalarga maxsus qobiliyatlar va
rivojlangan muxim kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak. “Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning
faqatgina yuqori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga
yoki ish, mashgulot turlariga tegishli bo‘ladi. Milliy kasbshunoslikda “kasb” va “mutaxassislik”
tushunchalari farqlanadi.
Kasb mutaxassislikka ko’ra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatida tashqari, uning muxim
sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, o’zini nazorat qilish, guruxli mezonlar va
qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb
shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr okulist, urolog, va xokazo, kasb - muxandis,
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va xokazolar. Mutaxassislik — kasbiy ta’lim,
tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar kompleksi bo‘lib,
ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday
qilib, mutaxassislik - kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‘ziga xos
vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Download 13.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling