E. A. Klimov ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta’rif
Download 13.72 Kb.
|
Hujjat
4- mavzu: Kasblarning psixologik tasnifi (klassifikasiyasi) va uning mohiyati. 1. Reja: 2. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir. 3. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi. 4. Kasblarni psixologik tizimlash. Kasb tushunchasi - kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi - bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining tavsifi juda ko’p. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o‘tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg‘ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi. Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning aloxida shakli bo’lib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. B.Shouning fikri buyicha “Kasb - ♦ mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir”1 . E.A.Klimov ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta’rif qo’yidagicha “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda asosiy jismoniy va ruhiy kuch talab etiladi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir ta’rifni keltiramiz. “jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo’lib, ular jamiyat extiyojlarini qondirish uchun muxim bo’lgan natija mas’uliyatlarni etkazishni ta’mi6nlab berishi kerak bo‘ladi”. Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda. Nisbatan tor ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi, “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat xayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umulashtirib, qo’yidagilarni xulosa qilish mumkin. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo‘lgan shakllari bo‘lib, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilimlar va ko’nikmalarga maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muxim kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak. “Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashgulot turlariga tegishli bo‘ladi. Milliy kasbshunoslikda “kasb” va “mutaxassislik” tushunchalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko’ra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatida tashqari, uning muxim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, o’zini nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr okulist, urolog, va xokazo, kasb - muxandis, mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va xokazolar. Mutaxassislik — kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar kompleksi bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‘ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Download 13.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling