E. A. Klimov tadqqiqotlarida "Kasb-jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi",deya ta’kidlaydi.[7]
Download 23.56 Kb.
|
dissertatsiya 1-2-reja
1.2.Bo’lajak o’qituvchilari tayyorlashda ta’lim jarayoniga modulli-kompetentli yondashuvning mohiyati. Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan o’rganish ,tahlil etish va ijtimoiy dolzarbligini asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar ,kategoriyalar mazmunini yoritish maqsadga muvofiq bo’ladi.Shu bois ilmiy izlanishlar davomida bo’lajak o’qituvchining kasbiy-pedagogik mahoratini takomillashtirishning pedagogic –psixologik aspektlarini: kasb,modul,modulli yondashuv,kompetentlik,pedagogic faoliyat kabi tushunchalarning mohiyatini aniqlashtirish orqali yoritishni ko’zda tutib harakat qildik. Kasb tushunchasi –bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi ,inson doim tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotlardan biridir. E.A.Klimov tadqqiqotlarida “Kasb-jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”,deya ta’kidlaydi.[7] Modul ta’lim dasturining muayyan kasbiy kompetensiyalari guruhini shakllantirilishiga qaratilgan mustaqil birligi hisoblanadi .Ya’ni modul-ta’lim dasturining bir yoki bir nechta kompetensiyani shakllantiruvchi tugallangan birligi hisoblanadi hamda ta’lim oluvchilarning bilim va ko’nikmalarining nazorati bilan yakunlanadi.Demak ,modulli ta’lim dasturi muayyan kompetensiyani egallashga qaratilgan bo’lib ,ma’lum ketma-ketlikda joylashgan modullarning yigindisidan iborat. Ta’lim amaliyotida kompetentlik yondashuvni amalga oshirish ushbu jarayonning barcha jihatlarini chuqur va har tomonlama ilmiy o’rganishni taqazo etadi.Ushbu o’rganishning konseptual asosi sifatida ta’lim sohasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishning eng samarali yo’llaridan biri hisoblanadigan kompetentli yondashuv asosida ta’lim g’oyasi olib chiqildi. Kompetentlik-bu faqatgina o’zlashtirgan bilimlar va tajribalarning borligi va salmoqli hajmi bo’libgina qolmay ,balki ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o’zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan foydalana olishdir. Kompetentli yondashuvning asosi mutaxassisning xislati sifatidagi samarali kasbiy faoliyatga qodirligining tavsifi sifati bo’lib qoldi.Bunday kompetentlikning murakkab integrativ xarakterini ta’kidlagan holda kasbiy kompetentlikni bilim va ko’nikmalarni yig’ishga va tashqi muhitning tez o’zgarib turadigan sharoitlarida ulardan foydalananishga qodirlik deb ta’riflash mumkin . Ko’pgina tadqiqotchilarning yakdillik bilan tariflashicha kasbiy kompetentlik –murakkab yaxlit bir butun ko’p omilli ,ko’p qirrali sifatidir.Kasbiy kompetentlikning vujudga kelishi uchun quyidagi sifatlar poydevor bo’lib xizmat qiladi: 1)muayyan fan sohasidagi bilim ,ko’nikma va malakalar; 2)mustaqil faoliyatdagi amaliy tajriba. 3)shaxsiy sifatlar. Lekin bilim ko’nikma va malakalarga asoslanganligi bilan ,kompetentlik ularning o’zidangina iborat bo’lib qolmaydi.Kasbiy kompetentlik shaxsning “bilim,ko’nikma va malakalar”asosida shakllangan sifati bo’lib ,ularni muayyan vaziyatda amaliy faoliyatda tadbiq etishga qodirligidir. Kasbiy kompetentlik muayyan sohaga oid faoliatni o’zlashtirib borish jarayonida vujudga keladi , shuning uchun ham ushbu faoliyay kasbiy kompetentlikning ikkinchi muhim poydevori hisoblanadi. Tegishli sohaga oid bilim va ko’nikmalar bo’lgani bilan shu soha bo’yicha amaliy faoliyat tajribasi bo’lmasa kasbiy kasbiy kompetentlik bo’lishi mumkin emas . Pedagog olim N.A.Muslimovning fikricha: Kasbiy kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: -har qanday muayyan vaziyatda ,uning turli xil jihatlarini hisobga olgan holda bilimlarni o’z o’rnida tezkorlik bilan to’g’ri qo’llay olish; -qarorlarni qabul qila bilishga qodirlik va tayyorlik ,shu bilan birga ,mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish; -ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga sola olish ; -faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarni aniq maqsadlarni ko’zlagan holda va maqsadga muvofiq ,maqbul tarzda o’rnata olish imkonini beradigan komunikativ ko’nikmalar; -muayyan ma’naviy qadriyatlarga ,dunyoqarashga ,umummadaniy va axloqiy sifatlarga egalik ,faoliyatga intilish hissining mavjudligi ; -o’zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ,faoliyatning yangi usullarini o’rganishga intilish.[8] Shu bois bo’lajak o’qituvchining kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirishda ixtisoslashgan tavsifnomasida ularning kasbiy tayyorgarligiga qaratilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. L.M.Dolgovaning fikricha ,kasbiy kompetentlik –olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir.Namunalarga o’xshash harakatlarni ko’zda tutadigan “bilim,ko’nikma va malakalardan”farqli o’laroq ,kasbiy kompetentlik sohaga oid universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat tajribasini nazarda tutadi.[9] «Kompetentlik» - tushunchasi esa, shaxsning doimo usib boruvchi tasnifi bulib, real xayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish kobiliyati, uz bilimi, ukuv va xayotiy tajribalari, kadriyatlari va kizikishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari xisoblanadi. «Kompetentlik» - tushunchasi esa, shaxsning doimo usib boruvchi tasnifi bulib, real xayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish kobiliyati, uz bilimi, ukuv va xayotiy tajribalari, kadriyatlari va kizikishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari xisoblanadi. Pedagogik kompetentlik pedagogik maxorat tushunchasiga boglikligini N.V.Kuxarev shunday ta’riflaydi: «Psixologik - pedagogik tayyorgarligidan kelib chikadigan ukituvchi shaxsining anik sifatlarini va pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar tuplami».[10] A.K.Markova ukituvchini kasbiy kompetentlikka ega bulgan ukituvchi deb aytadi, kachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yukori darajada oshirsa, yoshlarni ukitishda va tarbiyalashda yukori natijalarga erishsa. Kompetentli ukituvchi uzining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini uz mexnatida kullashni bilishi kerak [65]. Bizning fikrimizcha bo’lajak o’qituvchining kasbiy-kompetentligini rivojlantirish ning texnologik sharoiti nazariy asoslanganlik;o’quv tarbiya jarayonini mazmuni vatashkiliy jihatlariga yaxlit yondashuv ,tizimlilik ,o’qitishda ta’lim oluvchilarning kasbiy yo’nalganligi etiborga olish kabi tamoyillarga asoslanadi. A.K.Markova eng kup ukituvchi mexnatining kasbiy kompetentligi asoslarini kidirgan pedagog olim. A.K.Markova fikri buyicha ukituvchining mexnati kompetentlikka aylanadi kachon-ki ukituvchi uz faoliyatini yetarlicha yukori xamda talaba va talabalarni ukitish va tarbiyalashni yukori darajada amalga oshirsa. Ushbu asoslar bilan birga ukituvchining kasbiy kompetentligini turtga bulib urganadi: Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik - bu faoliyatni yukori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafakat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat; Ijtimoiy kompetentlik - bu kushimcha faoliyatni olib borish yullarini bilish, xamkorlikda bajarish yullarini bilish; 19Shaxsiy kompetentlik - uzini rivojlantirish va uzini kursatish yullarini bilish (mutaxassis uzining faoliyatini rejalashtirish, mustakil karor kabul kilish, ma’lumotlar bilan va uz ustida ishlash). Individual kompetentlik - bu uzini boshkarish yullarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga ukituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bulishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yukori darajada bulishi. - autokompetentlik - uzining ijtimoiy-kasbiy xarakteristikalari xakida adekvat tasavvur va kasbiy destruksiyalarni yengib utish texnologiyalarini egallaganlik; - ekstremal kasbiy kompetentlik - tusatdan murakkablashgan sharoitlarda, xalokatlarda, texnologik jarayonlar buzilganida va X.k.larda ishlash kobiliyati.[11] Mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi tuzilishi va moxiyatini urganishga bagishlangan tadkikotlar taxliliga kura, kuyidagicha xulosalar chikaramiz: Mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi shaxsning murakkab tuzilmasi bulib, uning faoliyatini aniklab beradi va umummadaniy, kasbiy bilimlar, maxorat, kunikmalar, kasbiy ijodiy yondashuv, shaxsning ijtimoiy yunaltirilganligi, umuman, kasbiy vazifalar samarasi yechim topishni ta’minlovchi majmuadir. Mazmun-moxiyatiga kura, mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi bilimlardan iborat: funksional (turli fan soxalarini tashkil etish prinsiplari xakidagi bilimlar) xarakat xakidagi amaliy bilimlar (metodik va texnologik) xamda shaxsning uz bilimlaridan iborat. Bularning natijasida mutaxassisning kasbiy, kommunikativlik maxorati va kunikmalari shakllanadi, loyixalash, tajribaviy va texnologik vazifalarni ijobiy yechish imkoniyatlari paydo buladi. Sanab o’tilgan kasbiy kompetentlikning har bir turi kasblarga doir umumiy tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.Maxsus kompetentlik ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish talaba bilan ishlash ko’nikmalari,pedagogic hujjatlarni o’qiy olish ,ta’lim jarayonini tashkil eta olish malakalariga ; Shaxsiy kompetentlik –o’z faoliyatini rejalashtirish ,nazorat qilish va boshqarish ,mustaqil qaror qabul qila olish ,nostandart yechimini topa olish ,tez ko’nikuvchan nazariy va amaliy fikrlash ,muammoni ko’ra bilish ,yangi bilim va ko’nikmalarni mustaqil ravishda egallay olish layoqatiga ,individual kompetentlik –motivatsiyaga ,muvaffaqiyat zahiralariga ega bo’lish,berilgan ishning sifatini oshirishga intilish,o’z-o’zini safarbar eta olish,o’ziga bo’lgan ishonchni taqazo etadi. Maxsus kasbiy kompetensiyalarni egallamasdan turib inson hozirgi zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyat ila,qarshiliklarsiz ,ziddiyatlarsiz yashashi va faoliyat yuritishi mumkin emas.Shu kabi maxsus kompetensiyalarga tizimli kompetensiyalar kiritish mumkin ____kasbiy –pedagogika sohasidagi kompetensiyalar,pedagogik jarayondagi vaziyatlarni tahlil qila olish ,o’zining kasbiy imkoniyatlarini to’g’ri baholay olish,pedagogic munosabatlardagi qonun va qoidalarni va axloqiy meyorlarni bilish ,o’z kasbiy faoliyatiga tegishli keng dunyoqarash va bilimlarga ega bo’lish Amaliy vazifalarni hal etishga o’z bilim va tajribalani epchillik bilan mohirona qo’llay olish,kasbiy-axloqiy sifatlarga ega bo’lishni ta’minlaydi; -------tizimli kompetensiyalar ,kasbiy jihatdan ham ,shaxsiy va ijtimoiy hayotida ham mustaqil ravishda o’qish –o’rganishga ,jismoniy va psixik jihatdan o’z-o’zini boshqara olish va o’z –o’zini takomillashtira olish malakalarini egallashga qodirlik va boshqalarni ta’minlaydi. Biz bulajak kasb ta’limi u k i t u v ch i l a r i n i n g kasbiy nuktai nazarini taxlil kilar ekanmiz, uning faoliyati kup xollarda loyixalash xususiyatiga ega. Kasbiy kompetensiya tuzilishi va mazmuni ikki asosiy tarkibiy kismdan iborat. Kasbiy kompetensiya -bu bilim, maxorat va tajriba uzviyligi bulib, loyixalash mutaxassis faoliyatini ruyobga chikaruvchi omil xisoblanadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalari rivojlanganligining asosini motivatsion xislatlar ,intellectual salohiyat ,irodaviy sifatlar,amaliy ko’nikmalar,hissiy sifatlar hamda o’z-o’zini boshqara olish sifatlari tashkil etadi.Ushbu sifatlar o’zining rivojlangan ko’rinishida mutaxassisning to’la shakllanganligini ,individualligini ,har tomonlama barkamolligini tariflaydi. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalari shakllanishida yetakchi o’rin tutuvchi asosiy sifatlarning mohiyatini keltirib o’tamiz: Motivatsion xislatlar insonning butun hayoti davomida rivojlanib ,shakllanib boruvchi tanlagan kasbiga bo’lgan ehtiyojlari,motivlari va maqsadlari qamrab oladi.Motivatsion xislatlarning salmoqli qismini rag’batlantirtuvchi g’oyalar tashkil etadi.U inson hayotining muayyan bosqichida rivojlanadi va yashaydigan joy bilan bog’liq bo’ladi. Ta’lim olish motivatsiyasi insonni bilim olish va unga ongli yondashish ,bi- Lish usullarini egallash ,faol bo’lishga undovchi maqsadlar tizimi ,ehtiyojlar va motivlarni qamrab oladi va qator elementlardan tarkib topadi:bilim olish motivatsiyasi ,o’z faniga kasbiga qiziqishning shakllanishi ,yangi mazmun va metodlarni o’rganishga mas’uliyatli yondashuv ,mutaxassis sifatida o’z o’rni topishga intilish va hokazo… Intellektual salohiyat quyidagilar bilan tavsiflanadi: -fikrlash turlari(ijodiy,nazariy va amaliy bilish kabilar); -fikrlash metodi(obrazli va ko’rgazmali fikrlash ,fikrning asoslanganligi); -intellektual sifatlar(zehnlilik,moslashuvchanlik,tanqidiy fikrlash,fikriy harakat qila olish va hokazo. -bilish jarayonlari(diqqat,tasavvur,xotira ,idrok)fikrlash jarayonlari(tahlil Sintez,tizimlashtirish,rasmiylashtirish,aniqlashtirish,talqin qilish va hokazo) rasmiylashtirish ,aniqlashtirish,talqin qilish va boshqalar)bilish ko’nikmalari(masalani qo’ya olish,uni tahlil qilib muammoni shakllanti- rish ,farazni olg’a surish uni asoslab xulosalar chiqarish ,bilimlarni qo’llay olish va boshqalar) -bilimlarni o’zlashtirish ko’nikmalari(asosiy bilimni ajratib olish ,rejalashti rish ,maqsadni belgilash ,bir maromda o’qish va yoza olish ,asosiy o’rin- larni qayd etish; -fanlardan tashqari o’zlashtirilgan bilim ko’nikmalar (axloq va umuminsoniy qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlari,hayotiy qarashlari va boshqalar) -fanlar borasidagi gumanitar ,ijtimoiy-iqsodiy ,matematik ,tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va maxsus bilim ,ko’nikma va malakalarning yaxlit tizimini egallaganlik . Irodaviy sifatlar maqsadining ongli ravishda belgilanishi ila tavsiflanadi. Irodali insonga maqsadga intiluvchanlik ,ichki va tashqi to’siqlarni ,jismoniy va aqliy zo’riqishlarni yenga olishlik,o’zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari mosdir. Hissiy sifatlar nafaqat hissiyotlar balki o’z-o’zini baholash sifatlari bilan ham e’tirof etiladi.Pedagogik maqsadlarni belgilashda hissiy sifatlarni rivojlantirish va rivojlantirishga e’tibor berish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy ko’nikmalar o’zida psixologik ,pedagogic,metodik va texnikaviy qobilyatlar ,amallar,individning faoliyat va muloqotning turli sohalaridagi ko’nikmalarini birlashtiradi. O’qituvchi kasbiy kompetensiyalarining shakllanishida muhim o’rin Tutuvchi ijodkorlik qobilyati va uning shakllanishini tadqiq qilish qator ilmiy Izlanishlarda maxsus o’rganish predmeti bo’lib xizmat qiladi. Kabiy ijodkorlik ijodiy xususiyatiga ega shaxsiy kategoriya bo’lib ,o’zida Quyidagilarni mujassamlashtiradi: -intellektual -ijodiy tashabbuskorlik; -intellektual qobilyatlar ,bilimlar kengligi va chuqurligi; -ziyraklik,ziddiyatlarni seza olish ,ijodiy ikkilanishga moyillik ,ichki yaratuv chanlik kurashini sezish qobilyati; -axborot yetishmasligi,yangilikni xis eta olish ,muammolardan o’ziga xoslik Ni ko’ra olish,kasbiy mahorat,bilishga o’chlik.hurmat Bo’lajak boshlang’ich ta’lim o’qituvchisida o’z o’zini boshqarish , qat’iylik, jur’atlilik , qo’rqmaslik;atrofdagi insonlarga insonlarga hurmat va e’tibor,kamchiliklarini his qilgan holda o’z imkoniyatlariga ishonishi, o’z-o’zini faoliyatini baholashda haqqoniylik;kuchli yo’lida o’z imkoniyatlari jamlay olish; belgilangan maqsadni amalga oshirashda o’z faoliyatini boshqarib boorish; aqliy faollik va o’zgaruvchan sharoitlarda o’z axloqini qayta qura olish;shaxsni harakatga keltiruvchi kuch va ijtimoiy borliq bilan o’z imkoniyatlarini qiyoslay olish omili sifatida o’z-o’zini hurmat qilish sifatlari rivojlangan bo’lsa ,u kasbiy jihatdan kompetentligi mutaxassis darajasi erisha olishi mumkin . Bundan tashqari, kasbiy kompetentli o’qituvchigs qo’shimcha kuch-quvvat beruvchi aniq yuqori g’oyalarni ko’zda tutuvchi maqsadning mavjudligi; Faoliyatniing tashkillashtirilganligi va aniqligi;muvaffaqiyatga erishishga intiluvchanlik,bu yo’lda butun kuch-quvvatini sarflay olish kabi xislatlar xos bo’ladi. Kasbiy kompetentlikning tuzilmasini quyidagi tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin : -kognitiv (fan sohasiga oid bilan majmui bo’lib ,ular asosida kompetentlik Shakllantiriladi); -faoliyatga oid(amaliy tajriba); ----operatsion –texnologik (vazifalarni amaliy hal etish ko’nikmalari va mala- Kalari majmui) -shaxsiy(mazkur fan sohasidagi faoliyat uchun muhim bo’lgan individual – Psixologik sifatlar va qobilyatlar majmui); -ma’naviy –motivatsion (faoliyatning maqsad va vazifalariga mos keladigan Qadriyatlarga moyillik ,motivlar majmuasi,dunyoqarash); -refleksiv (faoliyat va uning natijalarining mohiyatini tushunish ,baholash, oldindan ko’ra bilish,kreativlik); Kasbni o’rgatishga qaratilgan “fanga oid maxsus kompetentlik”ning alo- hida ahamiyatga ega ekanligi va kengroq tuzilganligi hisobiga boshlang’ich sinf o’qituvchisining maxsus kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: -umumkasbiy kompetentlik ,tegishli kasb va sohaning umumtexnik,iqtisodiy,huquqiy,ekologik,axloqiy,va boshqa jihatlari bilan bog’liq bo’lgan masalalarning keng doirasida bemalol fikr yurita olish nazarda tutiladi; ---- maxsus kompetentlik ,tegishli kasbning umumiy nazariy asoslari bilish ,unda qo’llaniladigan va doimo o’zgarib ,yangilanib turadigan texnologiyalarni yaxshi bilish hamda foydalana bilish va boshqalar hisoblanadi. Download 23.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling