"E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar va elektron tanlovlarni


Download 152.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana26.01.2023
Hajmi152.99 Kb.
#1125691
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
418d86272b3f88977ae2b2f06f486756f841df3b

7 .1 2 . Auksionni o‘tkazish kunida savdo boshlanish paytidan boshlab soat 18:00 ga (GMT+5) 
qadar savdo platformasida ishtirokchilardan birontasi sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion obyekti 
bo‘yicha boshlang‘ich narxni bir auksion qadamiga oshirish yoki qadamga bog‘lanmagan narx taklif etish 
yo‘li bilan sotib olish (ijaraga olish) istagini tasdiqlamagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi 
(auksion qadamiga bog‘lanmagan narx berilgan holatlar bundan mustasno).
7 .1 3 . Tanlov ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Tanlovga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat 
tanlovda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
7 .1 4 . Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash ballar tizimi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan 
ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilarining to‘plagan ballari teng bo‘lgan taqdirda, arizani 
oldinroq topshirgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
7 .1 5 . Tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov 
o‘tkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
7.16. Agar arizalarni qabul qilish vaqti yakunlangan paytda faqat bir ishtirokchi tomonidan ariza 
berilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblangandan so‘ng tanlov obyekti belgilangan tartibda takroriy 
tanlovga qo‘yiladi.
Tanlov obyekti bo‘yicha tanlov g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ besh 
ish kuni ichida to‘langandan so‘ng bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha shartnoma 
imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga (agar ballar teng bo‘lsa – arizani oldinroq 
berganga) operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Tanlovning salohiyatli g‘olibi operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni besh ish kuni davomida 
to‘lasa, u tanlov g‘olibi deb topilib, belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Belgilangan muddatda operator xizmat haqini to‘lamagan yoki buyurtmachi bilan shartnoma 
imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi 
hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi.
7.17. Operator tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan savdolarni tashkil etish 
uchun hujjatlarni elektron shaklda yig‘ish va texnik baholashdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi 


mumkin.

Download 152.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling