E, education


Download 188.4 Kb.
bet4/10
Sana22.04.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1380531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
muhammad-aminxo-ja-muqimiy-hayoti-va-faoliyatining-o-rganilishi (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • ADABI
VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784


xil sabablar bilan bazi adabiy asarlar o’rganilmagan. Shundan kelib chiqib ozbek adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, Sovet davri tarixshunosligi iloji boricha XIII-XIX asrlarda ozbek xalqining fan va madaniyat sohalaridagi tarixini bo’yab korsatishga intilgan. Osha davrda shoir va yozuvchilarni saroy atrofiga toplangan mansabparast, xushomadgo’ylar sifatida tariflangan. Qoqon adabiy muhiti vakillarining ijodi sovet davri adabiyotshunosligida organilar ekan, ularning faoliyatiga biryoqlama munosabatda bolgan. Xususan, Adoni feodal-klerikal adabiyot vakili sifatida tanishtirishgan. U va u kabilar haqida: Umarxon saroyining malik ush-shuarosi”(shoirlar podshohi”) Sultonxo’ja tora Ado va ularning hamfikrlarining sinfiy manfaati bir xil edi. Xonlar ana shunday guruhlarning, yani hukmron feodal aristokratiyasining boshlig’i, shu sinf manfaatlarining himoyachisi, togrirogi, o’sha sinf talablarini amalga oshiruvchi ijrochi edilar2”, - deyilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Ishda Muqimiyshunoslikda amalga oshirilgan salkam bir asrlik tarix yoritilgan bo’lib, unda qiyosiy-chog’ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanilgan.
NATIJALAR.
Ana shunday ijodkorlardan biri o’zbek adabiyoti tarixida oz munosib o’ringa ega bo’lgan ijodkor Muhammad Aminxo’ja Muqimiydir. Shoir 1850-yilda Qo’qon shahrining Bekvachcha mahallasi (hozirgi Muqimiy kochasi)da dunyoga kelgan. Otasi Mirzaxo’ja Mirfozil og’li novvoy bolgan, onasi Bibioysha Sayidolim Nodirshayx qizidir. Shoirona tabiatga ega bo’lishida onasining orni beqiyos. Chunki onasi ajoyib ta’limga ega, ogzaki ijodni juda yaxshi bilgan. Ayni shu ayol tufayli Muqimiyda shoirona iqtidor rivojlanadi. Ozining birinchi sherini on yoshida yozadi. Muqimiy oilada besh farzand bolishib, uchinchi farzand bo’lgan. Muhammad Aminxo’ja xat-savodini mahallasidagi Abduhalil domlaning maktabida chiqargan. U xattotlikka ham qiziqib, qo’qonlik mashhur xattot Muhammad Yusufdan husnixatni organdi. Shoir 15-16 yoshlaridan boshlab Muqimiy(doimiylik”3 ) taxallusida sherlar yoza boshladi,.
So’ngra, bazi malumotlarga qaraganda, Qo’qondagi Hokimoyim madrasasida va Buxoro madrasalarida tahsil olib, arab, fors tillarini chuqur ozlashtirgan. Qo’qon madrasasini bitirgandan tahsilni davom ettirish maqsadida Buxoroga bordi. U yerda bir necha yil mobaynida ilm-marifat bilan shug’ullanib, o’z zamonasining yetuk va peshqadam shoiri sifatida tanilgan edi. Muqimiy 1876-yilda o’qishni tamomlab Qoqonga qaytadi. Qoqonlik aslzodalar doirasida uni ehtiyotkorona kutib olishgan,

2 Qayumov A., Goziy” , T. 1959-yil,24-bet 3 Arboblar.uz. Tarjimaiy hol
202

2021February www.oriens.uz

Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social scienc es



Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling