E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet38/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga hosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, ijtimoiyist-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbai mehnat deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish haqiga va er rentasiga bo’lgan xarajatlaridan tashkil topadi degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniq qilib ko’rsatib berdi. «Foydalilik – bu qimmat o’lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. Lekin bu xususda iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha yirik mutaxas-sis M.Blaugning yozishicha, «talabning to’yinish darajasini izoh-lab berishda foydalilikning pasayib borishi tushunchasi ishla-tilmagan foydalilikka asoslangan qimmat kontseptsiyasini baho-ning shakllanish nazariyasi hisoblash noo’rin».
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish-ning uch omiliga (mehnat, kapital, er) alohida e’tibor bergan. Uning tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, kapitalistlar va er egalari daromadlaridan tash-kil topadi. J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapi-tal» omili kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «er» omili er egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi. (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi deyi-ladi). J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, er) ishchilar, kapitalistlar va er egalarining daromadlarini yaratish-da mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o’tadi.
Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyat-dagi sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), er egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o’zaro ta’sirda bo’ladilar va bir-birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to’ldirib turadilar.
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsim-lanadi, xususan, tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab beri-shicha, bu uning qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to’lanadigan haq. Uning fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’p-chiligi «yuqori sinf» safini to’ldirib boradi. J.B.Sey kompen-satsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab ishchilarni ish-lab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarish-ni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan bosh-qalarga nisbatan ishchilar sinfi ko’proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqti-sodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga olinadi.
J.B.Seyning o’tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fizio-kratlar qishloq xo’jaligini) ajratib ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat «yordam« beradi. J.B.Sey iqtiso-diyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga ko’ra, to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsa-tishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birinchi navbatda J.B.Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquq-li omillari milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday yondashuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi hisoblanadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling