E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet49/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

Renta nazariyasi. K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta erga bo’lgan mulkchilikni amalga oshirish shakli-dir. Er maydoni cheklanganligi, uning er egalari qo’lida bo’l-ganligi sababli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o’rtacha erdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon erdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi erdagi (yoki eng yaxshi sharoit-dagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq differentsial ren-tani bildiradi. K.Marks differentsial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim er maydonlarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda, erga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. Differentsial renta ikki shaklda – differentsial renta I va differentsial renta II shaklida mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon erdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha erdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut dif-ferentsial er renta I ning negizi hisoblanadi. Erga qo’shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differentsial renta II ni tashkil etadi.
K.Marks differentsial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini ko’rsatib beradi. U, absolyut rentaning paydo bo’lishini qishloq xo’jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan va erga bo’lgan xususiy mulkchilik bilan bog’lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, ikkinchi omil ta’sir kuchiga ko’ra esa, foyda me’yorini o’rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» mexa-nizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish baholari-dan (qo’shimcha qiymatning o’rtacha foydadan) ortiqchasi kapita-listlar o’rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki dehqon-chilikda qoladi va er egalari tomonidan absolyut renta shaklida o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolyut renta na-zariyasi uning qo’shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida, qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan sharoitda hech qanday kuchga ega emas.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. F.Kenening «Iqtisodiy jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga bo’lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) ko’rsatgan bo’lsa, K.Marksda esa ijti-moiy mahsulot uch qismga bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo’lgan sarf-lar va qo’shimcha qiymatga(m).
Takror ishlab chiqarish muammosini echib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar bo’lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib beradi. Oddiy takror ishlab chiqa-rishda I bo’linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo’linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m) = Ic+IIc. Shu bilan birga, II bo’linma mahsuloti ish haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala tenglama-dan natijada I (v+m) = IIc kelib chiqadi, ya’ni I bo’linmaning sof mahsuloti II bo’linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo’lgan talab miqdoriga teng bo’lishi kerak. Agar I (v+m)>IIc bo’lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga bo’lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miq-doridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin amortizatsiya jamg’armalari iste’mol qilingan kapitalni qop-lashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroi-qtisodiy o’zaro bog’liqlik borligini tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy o’sishning birinchi mate-matik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo’q emas. Xususan, «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlarini aniq ko’rsatib berilmagan. Bundan tashqari, u sur’at o’zgarmagan iqtisodiy o’sish-ni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o’sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o’zgarish bo’lishini taqozo etmaydi. K.Marks ko’r-satib bergan iqtisodiy o’sishning zarur bo’lgan shartlari: I bo’lin-maning milliy daromadi ushbu bo’linmadagi ishchi va tadbir-korlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni I(v+m)>IIs. Shunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo’linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p bo’lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masala-larga oydinlik kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin u shu qadar cheklanishlarga asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuch-sizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me’yorl bahoda» sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi bir xil; faqat kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy; bir ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari, ikki bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi ko’pchilik tarmoqlar – masalan, tosh ko’mir qazib olish, transport, ximiya – u yoki bu kategoriya tushunchasiga to’liq kirmaydi. Buning ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini kategoriyalarga bo’lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab o’zgarib turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari deyarli o’z kuchini yo’qotadi. Shunday bo’lsa-da, tenglama K.Marks tizimida alohida o’rin tutadi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo’lishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling