E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi


Download 0.98 Mb.
bet16/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi


Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni.
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogar-larni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko’proq to-var sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug’ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan qara-shini o’zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi merkanti-listlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki etuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur kontseptsiya vakillari dastlabki merkan-tilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksport-ning importdan ustun bo’lishi). Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakil-lari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsa-da, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik naza-riyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosib-likda bo’ladi. Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling