E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi


Download 0.98 Mb.
bet2/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida o’rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi.


“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o’rganish predmeti – iqtisodiy jarayonlarga bo’lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g’oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati juda katta. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri aks ettirish, ularga faol ta’sir ko’rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta’sir ko’rsatadi. Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o’rganiladi. Shu bilan birga, bir narsani qayd qilib o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rib chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to’la qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o’rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to’la hal etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish va yangi g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shu-nisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o’rgangach, iqtisodchi mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot rivojlanishining ob’ektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish, muqobil xo’jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo’lgan o’zlarining tadqiqot mahoratlarini oshiradilar.
Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo’lgan fanlarning biri sifatida, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganish, bir tomondan, ularda umuminsoniy va professional madaniyatni shakllantirish maqsadida zarur bo’lsa, ikkinchi tomon-dan, turli davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo’nalish vakillarining nazariy meroslarini yaqin zamondagi tariximizga xos bo’lgan noto’g’ri talqin qilishdan holi bo’lishda sotsiologiya va politologiya bilan birga yana tarixiy iqtisodiy bilimlarni egallash uchun ham zarur.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv uslublarga asoslanadi:

  • har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika, induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez;

  • o’tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o’rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish;

  • iqtisodiy nazariya va amaliyot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik-ning tahlili, iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganishda umumiylik, yago-na va alohidalik uslubini tovar tahlili misolida ko’rish mumkin:
umumiylik – tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega ekanligi;
yagona – tovar konkret foydalikka ega ekanligi;
alohidalik – tovar ne’matlarning maxsus ko’rinishi ekanligi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani boshqa iqtisodiy fan-lar, ayniqsa, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bevosita bog’liq. “Iqtisodiyot nazariyasi”da, asosan, eng muhim iqtisodiy katego-riyalarning so’nggi davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’li-motlar tarixi” fani kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g’oya, nazariya va ta’limotlarni, ularning o’ziga xos xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling