E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Kasallik klinikasida ikkita asosiy sindrom — intoksikatsiya va nafas yo‘llari zararlanishi (kataral) sindromlari farqlanadi


Download 1.2 Mb.
bet82/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Kasallik klinikasida ikkita asosiy sindrom — intoksikatsiya va nafas yo‘llari zararlanishi (kataral) sindromlari farqlanadi.
Tipik gripp o‘tkir boshlanadi. Et uvushib, bosh og‘riydi. Bir necha soatdan keyin tana harorati (38,5—40°C) ko‘tariladi. Hol­sizlik, mushaklar, suyaklar va yirik bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i kuchayadi, og‘riq odatda peshona yoki peshona-tepa sohalarida, qosh usti yoyi hamda ko‘z olmalarida kuzatiladi. Bundan tashqari bemorlar yorug‘likka qaray olmaydilar, doim ko‘zlaridan yosh oqadi. Kuchli intoksikatsiya vaqtida odatda bosh aylanishi, ishtahaning yo‘qligi, qusish va burundan qon ketishi bilan kechadigan gemorragik sindrom qayd etiladi. Taxi- kardiya, arterial bosimning pasayishi va yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Kasallikning birinchi sutkalarida bemor burun-halqumning qurishidan shikoyat qiladi. Kasallikning 2—3- kuni ko‘pchilikda quruq yo‘tal, to‘sh sohasida og‘riq va tumov qayd etiladi. Harorat kritik yoki tezlashgan lizis yo‘li bilan tushadi va ter ajralishi bilan davom etadi.
Bemorni ko‘zdan kechirganda kasallikning dastlabki kunlari giperemiya va yuzning biroz shishganligi, sklera tomirlari inyek- siyasi, ayrim vaqtlarda (3—4 kundan keyin) herpes labialis aniq- lanadi. Kasallik og‘ir kechganda teri qoplamlari (ko‘kimtir bo‘lib — gipoksiya tufayli) oqaradi, tomoq qizaradi, burun shilliq qavatlari qizargan va shishgan bo‘ladi. Kasallikning 2—3-kuni burundan biroz seroz, so‘ngra shilimshiq oqadi.
Gripp yengil kechganda intoksikatsiya sust rivojlanadi. Tana harorati subfebril bo‘lib, u 2—3 kundan ortiq davom etmaydi. Ayrim hollarda kasallik klinikasida yuqori nafas yo‘llarining zararlanishi ustunlik qiladi. O‘rtacha og‘irlikda kechadigan shakli grippning ko‘p uchraydigan shakli hisoblanadi. Kasallik organizm intoksikatsiyasi va yuqori nafas yo‘llarining zararlanish belgilari bilan kechadi. Isitma o‘rtacha 4—5 kun davom etadi.
Grippning og‘ir shakli o‘tkir boshlanadi. U yuqori va uzoq davom etadigan isitma va kuchli intoksikatsiya bilan kechadi. Kasallik adinamiya, bosh aylanishi, hushdan ketish, uyqusizlik yoki ko‘p uxlash, ishtahaning yo‘qolishi (anoreksiya), qayt qilish, talvasaga tushish, yurak-qon tomirlarda o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Ba’zan gemorragik belgilar kuzatiladi. Nafas olish a’zolarida ko‘pincha asoratlar (pnevmoniya) aniqlanadi.
Yashin tezligidagi (gipertoksik) shaklida bosh miya shishi, yurak-qon tomirlar yetishmovchiligi, nafas yetishmasligi ustunlik qilishi bilan xarakterlanadi. Bu shaklning farq qiluvchi xususiyatlari
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling