E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar


Download 1.2 Mb.
bet171/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Manqa profilaktikasida hayvonlar, ayniqsa otlarni veterinar nazoratdan o‘tkazish va ularda kasallik boshlanganini o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir. Otlarda manqaning ko‘pincha surunkali va uncha rivoj- lanmagan belgilar bilan o‘tishini inobatga olib, ularda kasallikni o‘z vaqtida aniqlash uchun muntazam ravishda malein sinamasini (malein konyunktivaga tomiziladi) qo‘yib boriladi. Kasallangan hayvonlar o‘ldiriladi va yo‘q qilinadi. Infeksiya yuqtirgan, lekin hali kasallanmagan kishilarga sutkasida 1 kg tana vazniga 0,1 g hisobida sulfatiazol bilan 5 kun davomida tezlatilgan profilaktika o‘tkaziladi. Laboratoriyada ishlaganda o‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish shart (ko‘z va nafas yo‘llarini himoya qilish, rezina qo‘lqoplardan foydalanish). Kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda xodimlar 21 kun davomida kuzatib turiladi. Ularga boshqa shaharlarga chiqish va jamoa joylariga borish man etiladi. Keyinchalik kuzatuv to‘xtatiladi, ammo 1 oydan keyin bu kishilarning manqa qo‘z- g‘atuvchilariga qarshi hosil bo‘lgan antitelolarni aniqlash uchun qoni tekshiriladi (KBR) va malein bilan teri sinamasi qo‘yiladi. Kasallikning spetsifik profilaktikasi ishlab chiqilmagan.
Nazorat savollari

  1. Manqa nima?

  2. Odamga manqa kasalligi qanday yuqadi?

  3. Manqaning o‘tkir shakliga ta’rif bering.

  4. Manqa kasalligini qanday davolaysiz?

  5. Manqa kasalligi profilaktikasi va infeksiya o‘chog‘ida o‘tka- ziladigan tadbirlar haqida gapirib bering.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling