E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet207/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi. Suv havzalarini najaslar bilan ifloslanishdan himoya qilish, molluskalarni yo‘qotish va baliq mahsulotlarini tayyorlashda qat’iy sanitar nazoratlar o‘rnatish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baliqlarning opistorx metaserkariylari bilan zarar- langanligini aniqlash uchun skalpel yordamida terisi yelka suzgich- larigacha kesiladi va teri qiyqimi (parchasi) hamda mushakning nozik qatlami kesib olinadi. Bu materiallar mikroskop ostida 10—20 marta kattalashtirib ko‘riladi.
Nazorat savollari

  1. Opistorx qanday tuzilishga ega?

  2. Opistorxoz odamga qanday yuqadi?

  3. Opistorxoz klinikasini gapirib bering.

  4. Opistorxozga tashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar olib boriladi?

  5. Opistorxoz profilaktikasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Klonorxoz (clonorchosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Clonorchis sinensis (Xitoy so‘rg‘ichi), tashqi ko‘rinishiga ko‘ra opistorxni eslatadi, ammo undan yirikroqligi va tanasining oldingi qismining cho‘zinchoqligi bilan farq qiladi. Yana bitta asosiy farqlaridan biri — bu tana oxirida joylashgan shoxlangan tuxumdonidir (Clonorchis, grekcha klon — shox va orchis — tuxumdon, shoxli-tuxumdonli degan ma’noni bildiradi). Tuxumlari och tilla rangda bo‘ladi.
Klonorxoz — peroral biogelmintoz, zoonoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai — odam va etxo‘r (yirtqich) hayvonlardir (mushuklar, itlar va b.), oraliq xo‘jayini — molluskalar, qo‘shimcha xo‘jayini — zog‘ora baliqlar va ayrim chuchuk suv qisqichbaqalaridir.
Patogenezi, klinikasi, tashxisi, davolash va profilaktikasi opistorxozdagi kabi. Kasallik qayta zo‘rayishlar bilan uzoq vaqt davom etadi. Endemik tumanlardagi mahalliy aholi orasida ko‘pincha subklinik shaklda, chetdan kelganlarda esa ancha og‘ir va o‘tkir hamda yuqori eozinofiliyalar (80% gacha) bilan kechadi.
Fassiolyoz (fasciolosis)
Odamda uning ikki xil jigar so‘rg‘ichi parazitlik qiladi: Fasciola hepatica (jigar fassiolasi) va Fasciola gigantica (gigant fassiola). Jigar fassiolasi bargsimon shaklda bo‘lib, 2—3 sm bo‘ladi. Gigant fassiola esa cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, 7 sm gacha bo‘ladi.
Ular ichki tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshaydi. Tanasining oldingi uchida ikkita so‘rg‘ichi mavjud. Ichakda ikkita kuchli tarmoq- langan shoxlari bor, tuxumlari juda yirik bo‘ladi.
Fassiolalar yirik va mayda shoxli hayvonlar, ayrim hollarda odam- ning jigar va o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Odam organizmida 3—5 yil yashaydi. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Suvga tushganda tuxum- lardan chiqqan lichinkalar molluska tanasiga kiradi, u yerda uning keyingi rivojlanishi va bo‘linishi kuzatiladi. So‘ngra lichinkalar (serkariylar) suvga chiqib suv o‘simliklariga o‘tiradi va qobiq bilan o‘raladi (adoleskariylar). Shunday holatda ular 2—3 yilgacha saqla- nishi mumkin.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling