11-rasm. Bir marta ishlatiladigan qisqichli shpris.
Ko‘p marta ishlatiladigan shpris va ignalar hozirgi vaqtda juda ham kam qo‘llaniladi va emlashda esa umuman ishlatilmaydi. Ulardan sterillikka kafolat bo‘lgandagina foydalanish mumkin. Bu vaqtda inyeksiyadan keyin darhol shpris va ignalar toza suvda yuviladi, so‘ngra toza suvga solib qo‘yilib, ish kunining oxirida ehtiyotlik bilan tozalanadi. Keyinchalik bug‘li sterilizatorda 20 minut davomida 121— 126°C da sterillanadi. Ko‘p marta ishlatiladigan shpris va ignalar 50— 200 marta sterilizatsiya qilib ishlatiladi. Shundan keyin ular ham bir marta ishlatiladigan shprislar kabi xavfsiz yo‘q qilinadi.
Monodozali inyeksion moslamalar — oldindan to‘ldirilgan injektorlardan ham keng foydalanilmoqda (12-rasm). Bular tayyor bir miqdorli ignali shpris-paketlar ko‘rinishida bo‘lib, odatda
Vil>nn irhn
12-rasm. Oldindan to‘ldirilgan injektor.
emlashda ishlatiladi. Bu injektorlarning asosiy xususiyati, uni ikkinchi marta qo‘llab bo‘lmasligidadir. Inyeksiyadan so‘ng injektor xavfsiz konteynerga solinib, yo‘q qilinadi.
O‘ramlar va dori-darmonlar hamda eritmalarning steril flakonlarda bo‘lishi.
Teshilgan, ochilgan yoki muddati o‘tgan o‘ramlardagi shprislar va ignalar yoki flakonlardagi preparatlar ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shpris o‘rami bevosita inyeksiya qilishdan oldin ochilishi zarur.
Terini zararsizlantirish.
Terini standart zararsizlantirish uchun inyeksiya qilishdan oldin qo‘l terisi albatta 70°C li spirtga namlangan paxta bilan artiladi. Quritishga vaqt beriladi va shundan keyin inyeksiya qilinadigan joyni
4 marta artib, so‘ng inyeksiya qilinadi. Har bir tibbiy hamshira teriga qon yoki biologik ajratmalar tushganda uni tozalash qoida-
larini puxta bilishi zarur.
I
Do'stlaringiz bilan baham: |