E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Subfebril isitma
- 1-rasm. Isitma egri chiziqlarining tiplari.
- Gektik (holdan toydiruvchi) isitma
- Rekonvalessensiya (sog‘ayish) davri.
- Immunologik xususiyati.
- Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi
Doimiy isitma (febris continua) — ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi. Bunday isitma qorin tifi, toshmali tif, o‘lat, qizamiq kasalliklarining avj olish davrida kuzatiladi.
Remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitma (febris remittens) — ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq ko‘pincha 2—2,5°C ga yetadi (normaga tushmagan holda). Bu isitma sepsis holatlarida, A- paratif, Ku-isitma, kanadan yuqadigan qaytalama tifda uchraydi. Subfebril isitma — haroratning sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan oshmaydi. Almashib turadigan isitma (febris intermittens) — tananing yuqori harorati sutka davomida albatta normal harorat bilan alma- shadi. Bunday isitma tipi uch kunlik va to‘rt kunlik bezgak kasalligi uchun tipik hisoblanadi. Qaytalama isitma (febris recurrens) — tana harorati birdan yuqori ko‘tarilib 3—7 kun davomida shunday saqlanadi va odatda tezda normaga tushadi. Bir necha kundan keyin harorat yana ko‘ta- riladi. Bunday isitma qaytalama tif kasalligiga xos. To‘lqinsimon isitma (febris indulans) — bir necha kun, hatto hafta davomida isitma egri chizig‘i to‘lqinsimon ko‘tarilib va pasayib
1-rasm. Isitma egri chiziqlarining tiplari. a—doimiy; b—remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi); d—subfebril; e—almashib turadigan; f— qaytalama. turadi. Isitmaning mazkur tipi brusellyoz bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladi. Gektik (holdan toydiruvchi) isitma (febris hectica) — bunda haroratning remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitmaga nisbatan katta sutkalik oraliq bilan o‘zgarishi (3—5°C) hamda birdaniga normagacha va undan ham pastga tushishi kuzatiladi. Bu sepsis va silning og‘ir shakllarida uchraydi. Aynigan isitma (febris inversa) — ertalabki haroratning kech- qurungi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Sil, sepsis va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Atipik isitma (febris irregularis et atipica) — yuqori va o‘rtacha haroratning har xil va qonuniyatsiz sutkalik o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Meningit, gripp, kuydirgi kasalliklarida kuzatilishi mumkin. Tana harorati kritik (birdaniga) va litik (asta-sekin) tushishi mumkin. Kritik tushishda — harorat bir necha soatlar davomida normaga tushadi (masalan, qaytalama tifda). Bunda kollaps holati kuzatilishi mumkin. Harorat esa asta-sekin (5—8 kun davomida) normaga tushadi. — Yuqumli kasalliklar Toshmalar ham yuqumli kasalliklar uchun xarakterli belgilar hisoblanadi. Toshmalarning har xil turlari farq qilinadi. R o z e o l a alohida uchraydigan, kam sonli, och qizil rangli dog‘lardir. Odatda ular teridan ko‘tarilib turadi va o‘zaro qo‘shilib ketmaydi. Toshmalar barmoq, shisha bilan bosib ko‘rilganda yoki atrofidagi teri tortilganda yo‘qoladi va unga nisbatan bosim to‘xta- tilganda yana paydo bo‘ladi. Ular odatda 2—5 kundan keyin izsiz yo‘qoladi. P e t e x i a l toshmalar asosan mayda elementlardan tuzilgan bo‘lib, bosib ko‘rilganda yo‘qolmaydi. Bu toshmalar mayda qon tomirlardan qon quyilishi tufayli paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning rangi har xil bo‘ladi: yangi hosil bo‘lganlari — och qizil, keyinchalik esa qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi. U r t i k a r toshma qichitqi o‘t ta’sirida terida kuzatiladigan o‘zgarishlarni eslatadi. Buni ko‘pincha eshakyemi nomi bilan yuritadilar. U teridan ozroq ko‘tarilgan bo‘lib, toshma elementlari ancha yirik va qizg‘ish rangda bo‘ladi. Birdaniga paydo bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanmaydi — izsiz yo‘qoladi. Kasallikning o‘ziga xos belgila- ridan kuchli qichishish kuzatiladi. E r i t e m a — terining ma’lum sohada yaxlit qizarishidir. P a p u l a — har xil kattalikdagi va shakldagi qattiq yoki yumshoq tuguncha. e z i k u l a — ichida seroz (tiniq) suyuqligi bo‘lgan pufakcha. P u s t u l a — ichida yiring bo‘lgan pufakcha. Yuqumli kasalliklarda limfatik tugunlarning kattalashishi alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, bu ayniqsa tularemiya va o‘latning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda bo‘g‘imlar (brusellyoz) va shilliq pardalar (toshmali tif, leptospiroz) zararlanadi. Deyarli hamma vaqt u yoki bu darajada ichki a’zolarda o‘zgarishlar kuza- tiladi: yurak-qon tomir sistemasida — yurak tonlarining bo‘g‘iqligi, arterial bosimning pasayishi, pulsning tezlashishi yoki susayishi (haroratga mos bo‘lmagan holda susayishi —qorin tifiga xos); nafas olish a’zolarida — nafas yetishmasligi, ko‘karish, o‘pkani eshitib ko‘rganda xirillashlar; ovqat hazm qilish sistemasida — ich ketishi (ovqat toksikoinfeksiyasida), shilimshiq va qon aralash ich ketish (dizenteriyada), guruch qaynatmasi rangida ich ketishi (vaboda); siydik ajratish sistemasida — siydikning to‘q sariq tusga kirishi (virusli gepatit), siydikda qon bo‘lishi (buyrak sindromi bilan kechadigan gemorragik isitma). Nerv sistemasining zararlanishi ham yuqumli kasalliklarda ko‘p uchraydigan holatlardan bo‘lib (alah- sirash, ta’sirlanuvchanlik, qo‘zg‘alish va b.), bunday bemorlarni doimiy kuzatib turish lozim. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni har tomonlama tekshirish uchun tukillatib ko‘rish (perkussiya), eshitib ko‘rish (auskultatsiya), paypaslab ko‘rish (palpatsiya) usullari va boshqalar qo‘llaniladi. Laboratoriya tahlillari eng asosiy tekshirish usullaridan hisoblanadi. Bundan tashqari instrumental tekshirish usullaridan ham keng foydalaniladi. Rekonvalessensiya (sog‘ayish) davri. Bu davr ko‘pincha to‘la sog‘ayish bilan tugallanmasligi, ya’ni bunda qoldiq belgilar kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda kasallikning o‘tkir shakli surunkali shakliga o‘tishi mumkin (brusellyoz, virusli gepatitlar). Ba’zi infeksiyalarda (bezgak) kasallikning qaytalanishi — residiv- lar kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechganda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda tibbiy fanlarning jadal rivojlanishi va bunda katta yutuqlarni qo‘lga kiritilishi tufayli yuqumli kasalliklardan o‘lish hollari ancha kamaygan. Immunologik xususiyati. Mikroorganizmlar va ularning zaharlari antigen (yot) xossaga ega, ular ta’sirida organizmda normal fiziologik jarayonlar buziladi va bir vaqtda mikroblar va ularning zaharlarini yo‘qotish va patologik jarayonni to‘xtatish uchun himoya omillari ishga tushadi (immunitet hosil bo‘ladi). Immunitet ta’sirida organizm patogen mikroorganizm va uning zaharidan ozod bo‘ladi. Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi Yuqumli kasalliklar infeksiya manbai bo‘yicha ikkita katta guruhga bo‘linadi: Antroponozlar — faqat odamlar kasallanadigan kasalliklar. Bu kasalliklar hayvonlarda uchramaydi. Bularga qorin tifi, difteriya, virusli gepatitlar va boshqalar kiradi. 2. Zoonozlar — odam va hay- vonlar kasallanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar. Bularga brusellyoz, quturish, kuydirgi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kasal odam- lardan sog‘lom odamlarga turli yo‘llar bilan yuqadi, bu esa kasallik qo‘zg‘atuvchilarining organizmda joylashgan joyiga bog‘liq. Infek- siyaning joylashishi va yuqish mexanizmi yuqumli kasalliklarning L.V.Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling