E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


o‘xshagan burishishlar kuzatiladi


Download 1.2 Mb.
bet57/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

o‘xshagan burishishlar kuzatiladi.
K

31-rasm. Vabodan o‘lgan bemor­ning ingichka ichagi ko‘rinishi.
esib ko‘rilganda teri, ter osti kletchatkasi va mushak to‘qimasi qattiqlashgan, ichak suyuqlik bi­lan to‘la bo‘ladi. Qonning qayta taqsimlanishi, ya’ni uning yirik venalarda yig‘ilib qolishi va kapil- larlar to‘rining bo‘shab qolishi aniqlanadi. Ko‘pincha miokard va jigarda distrofik o‘zgarishlar kuza­tiladi. Buyrak kichraygan bo‘lib, uning kapsulasi tez olinadi. Ichak- lar seroz qavati va kengaygan ka- pillarlar to‘riga ega bo‘lib, ayrim hollarda o‘t suyuqligi bilan bo‘- yalgan bo‘ladi (31-rasm).

Kasallikning oxirgi davrida va o‘lgandan keyingi o‘zgarishlar natijasida ingichka ichak shilliq qavati hujayralarining yuza nekroz belgilari aniqlanadi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 5 kun­gacha (ko‘pincha 2—3 kun) davom etadi.
Kasallik odatda enterit belgilari bilan o‘tkir boshlanadi. Ich ketib (diareya), defekatsiya og‘riqsiz va tenezmsiz kechadi. Lekin har bir ich ketishdan keyin bemor kuchli darmonsizlik seza boshlaydi. Najas juda ko‘p bo‘lib, yaqin soatlarda o‘z xarakterini yo‘qotib, guruch qaynatmasini (shilliq aralash oqish tusli suyuqlik) eslatadi. Ba’zi hollarda najas shilliq va qon aralash bo‘lishi mumkin. Til quruq, qorin ichkariga tortilgan bo‘lib, ingichka ichak bo‘ylab quldirash kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik tez rivojlanadi, bemorni chanqash bezovta qiladi. 2—3 kun ichida gastroenterit rivojlanadi. Sutkada 20 marta va undan ortiq ich ketishiga tez-tez va ko‘p miqdorli qusish qo‘shiladi. Qusuqda avvaliga ovqat qoldiqlari bo‘lsa, keyin suvday bo‘lib, o‘t suyuqligi aralash namoyon bo‘ladi, bu ham o‘z navbatida suvsizlanishning (tuzlar yo‘qotish bilan birga) yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. O‘z vaqtida davo boshlanmasa yoki uning yetarli bo‘lmasligi bemor ahvolining og‘irlashishi va degidratatsiyaning ko‘pa- yishiga olib keladi. Yuz so‘lg‘in bo‘lib, shilliq qavatlar va teri yanada quruqlashadi. Teri tarangligi yo‘qolib, burmalari yozilmaydi (32-rasm).
Asidoz, to‘qimalar gipoksiyasi va boshqa o‘zgarishlar kuchayadi, natijada oyoq-qo‘llarning tonik, klonik va ara­lash qisqarishi kuzatiladi. Bemorning ahvoli og‘irlashadi, arterial bosimi pa- sayadi, yurak tonlari bo‘g‘iq holda bo‘- lib, nafas olish tezlashadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling