E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet70/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

mahal beriladi. Sitoxrom S parenteral yuborish uchun (mushak orasiga yoki venaga tomchilab) 0,25% eritma (4—8 ml) holida qo‘llaniladi.

Virusli gepatitlarni davolashda kimyoterapevtik preparatlardan adenin-arabinozid (ARA-A) va uning sintetik analogi adenin- arabinozid-monofosfat (ARA-AMF), ribaverin (vidarabin), asiklovir, foskarnet, pansiklovir, amantadin va boshqalar sinab ko‘rilgan va samarali natijalar olingan. Preparatlar venaga tomchilab yuborish uchun tayinlangan: sutkasiga adenin-arabinozid 5—15 mg/kg, asiklovir — 1,8—5 mg/kg dan uzoq muddatlar (3 haftaga) ga tayinlangan. Asosan ular ko‘pincha surunkali faol B gepatitlarda qo‘llanilgan.
B virusli gepatitlar infeksiyasida interferon bilan davolash keng qo‘llanilmoqda. Virusga qarshi sintetik preparatlardan farqli inter­feron tabiiy hosil bo‘luvchi hujayra oqsili hisoblanib, viruslarning o‘rnashib olishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bugungi kunda klinik ama- liyotda interferonning turli preparatlari qo‘llanilmoqda. B gepatit bilan kasallangan bemorlarni davolashda alfa-interferon katta ijobiy natijalar bermoqda. Alfa-interferonning quyidagi preparatlari farqlanadi: natural preparatlar — vellferon, leykinferon, egiferon, alferon; rekombinant preparatlardan — intron-A, realdiron, roferon, reaferon, viferon va konsensus. O‘tkir B virusli gepatitda surunkali shaklga o‘tish xavfi bo‘lganda interferon sutkasiga 2—3 mln XB miqdorda qo‘llaniladi. Preparat mushak orasiga yoki teri ostiga har kuni yuboriladi, so‘ngra kunora 4 hafta davomida qo‘llaniladi.
Interferonni qo‘llaganda grippga oid sindrom — tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, et uvushishi kabi belgilar kuzatilishi mum­kin. Tana harorati odatda inyeksiyadan keyin ko‘tariladi. Bunday asoratlar odatda interferon miqdoriga bevosita bog‘liq. Shuning uchun uning sutkalik miqdori ikki marta 12 soatli oraliq bilan yuboriladi yoki sutkalik miqdor uxlashdan oldin kechki soatlarda tayinlanadi. Grippga oid belgilar kuchli rivojlanganda parasetamol yoki indometatsin beriladi. O‘tkir B virusli gepatitlarni davolashda preparat qisqa kurslarda tayinlanadi va shuning uchun bunda davoni to‘xtatishga sabab bo‘ladigan asoratlar kuzatilmaydi. Interferonning kuchli nojo‘ya ta’siri ko‘pincha B, C va D gepatitlarni davolash uchun yuqori miqdorda tayinlanganda va uzoq muddat (ko‘p oylar davomida) davolashda kuzatiladi.
Glukokortikosteroidlar patogenetik dorilar hisoblanib, intok- sikatsiya, yallig‘lanish jarayonlari va allergik reaksiyalarni kamay- tiradi. Ular kasallikning og‘ir, ko‘pincha esa o‘rtacha og‘ir va surunkali shakllarini davolashda asosiy o‘rin egallaydi. Mam- lakatimizda gidrokortizon va uning analoglari: prednizolon (ko‘pin- cha), prednizon asetat, triamsinalon, deksametazon qo‘llanadi.
Terida kuchli qichishish kuzatilganda badanni namlangan mate­rial bilan o‘rash, mentol surtish, antigistaminlar (fenkarol, diazolin, zaditen, tavegil) tayinlanadi.
Odatda kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi qo‘shimcha yallig‘- lanish jarayonlar qo‘shilganda va kortikosteroidlarni qo‘llashda antibiotiklar buyuriladi.
Glukoza, plazma va boshqa preparatlardan tashqari qon o‘rnini bosuvchi preparatlar hamda kichik molekular suyuqliklar ham antitoksik va diuretik moddalar sifatida ishlatiladi. Ular asosan absorbentlar, diurezni kuchaytiruvchi preparatlar, qon aylanishini yaxshilaydigan va boshqa preparatlar sifatida qo‘llanadi. Ularga kichik molekular tuzilishga ega bo‘lgan polivinol, gemodez, neokom- pensan kiradi.
Virusli gepatitlardan sog‘ayganlarni shifoxonadan chiqarish kriteriylari klinik sog‘ayish va jigar funksional sinamalarining normaga kelishidir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling