E. M. Muxtorov Qayd raqami 2021- y
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi. Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
5. ILOVALAR a. O‘quv dasturi b. Tarqatma materiallar v. Testlar g. Baholash me’zoni 1-mavzu: Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi fanining umumiy asoslari, predmeti va vazifalari Reja: 1. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 2. STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati 3. Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanishning zaruriyati 4. Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati 5. О‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. 6. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi. Tayanch so‘z va iboralar: STEAM, STEM, science, technology, engineering, art, math, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika, robototexnika. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad: talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual jihatdan tarbiyalashda turli faoliyatlari mazmunini integratsiya qilishga o‘rgatish; STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llashning me’yoriy - uslubiy asoslarini o‘rgatish; STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llash bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgatish; integratsion mashg‘ulotlarni tashkil etish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM ta’lim texnologiyasini amaliy qo‘llash usullari haqida bilim va ma’lumotlar berish. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling