E. n ig m a n o V iqtisodiy geografiya


Download 8.68 Mb.
Pdf просмотр
bet1/22
Sana15.12.2019
Hajmi8.68 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
74916

\>э
IQTISODIY
GEOGRAFIYA

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  Q ‘RTA  MAXSUS 
TA’LIM  VAZIRLIGI
E.  N IG M A N O V
IQTISODIY  GEOGRAFIYA
(J A D V A L L A R D A )
О  ‘q u v   qo ‘lla n m a
O liy  ta ’limning
  —
 
«Bojxona  ishi»  va  «Bojxona  huquqi» 
t a ’lim  у  о ‘na I ishi  tinglovchilari  uchun
C ho ‘Ipon  n o m id a g i  n a s h r iy o t- m a th a a   ijo d iy   u y i 
T osh ken t  —  2 0 1 6

( Ю 'К   ()|  I (075.8) 
К И К  
f>5.04ya73 
N  .54
Taqrizchilar:
A.  Qayumov  —  O'zbekiston  Milliy  universiteti 
«M intaqaviy  iqtisodiyot  va  menejment»  kafedrasi professori.  g.f.d.
A. It. Abulqosimov  —  Toshkent  davlat  iqtisodiyot  universiteti 
«Sanoat  iqtisodiyoti»  kafedrasi  dotsenti,  i.f.n.
T.  Pardayev  —Oliy  harbiy  bojxona  instituti  dotsenti, 
«Tashqi  iqtisodiy faoliyatni  davlat  tomonidan  tartibga  sotish» 
kafedrasi  boshlig'i  v.b.,  i.f.n.,  b /x  podpolkovnigi
Nigmanov  E,
N 5 4  
Iqtisodiy  geografiya  (jadvallarda)  [m a tn ]/  o 'q u v   q o ‘lla n m a / 
O ’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o 'rta   maxsus  t a ’lim  vaziriigi  — 
Т.:  C h o lp o n   nom idagi  N M 1U ,  2.016,  308  bet.
ISBN  978-9943-05-894-1
Iqtisodiy  geografiya  fani  40  soat  m a’ruza,  40  soat  seminar  va  40 
soat  mustaqil  ta  limga  m o ‘!jal1angan  bo'lib,  o'quv  qo'llanm a  2  b o iim , 
15  bob  va  47  ta  ilovadan  iborat.  Mazkur  fanni  talaba  va  tinglovchilar 
o ‘/lashtirishlari  qulay  b o lish i  uchun  o'quv  qo'llanm aning  asosiy  matni 
va  ilovalardagi  asosiy  ko'rsatkichJar  jadval  shaklida  berilgan.
Ushbu  o'q uv  q o ila r.m a   Oliy 
ta ’lim n ing  -   «Bojxona  ishi»  va 
«Mojxona  huquqi»  ta ’lim   yo'nalishlarida  tahsil  olayotgan  talabalar, 
tinglovchilar,  shuningdek,  bojxona  organlari  xodimlari  hamda  malaka 
oshirish  kurslari  tinglovchilari  uchun  mo'ljallangan.
U O ‘ K  9 1 1 (0 7 5 .8 ) 
KBK  65.04ya73
©   INigmatov  E.,  2016
ISBN  978-9943-05-894-! 
©   Cho4p«n  nomidagi  W l l l J ,   2016

K IR ISH
0 ‘zbekistonning  iqtisodiy  taraqqivotiga  xizmat  qiluvchi  har 
tornonlam a yetuk, jah on   talablariga javob beradigan  mutaxassislarni 
tayvorlashda  iqtisodiy t a ’Iim  yo ‘nalishlaridan  biri  sifatida  «Iqtisodiy 
geografiya»  fani  ham   katta  hissa  q o ‘shmoqda.
«Iqtisodiy geografiya» fani  ishlab chiqarishning hududiy  m u a m - 
molarini  tabiiy va  iqtisodiy sharoitga  bog'liq  holda  o ‘rganadi;  dunyo 
ham da  turli  m amlakatlar  va  mintaqalarda  ishlab  chiqarish  kuchia­
rini  rivojlantirish  va  hududiy tashkil  etish  xususiyatlarining  obyektiv 
qonuniyatlarini  asoslab  beradi;  ishlab  chiqarishning  joylashishi 
va  rivojlanishi  xususiyatlari ni  o'rganish  jarayonida  m am lakatlar 
hududida  iqtisodiy  rayonlarning  vujudga  kelishi,  ular  o ‘rtasida 
iqtisodiy  alo q alarn ing   shakllanishi  va  rivojlanishini  izohlaydi; 
shuningdek,  ayrim  mamlakatlar  va  hududlar  x o ‘jaligining  tasnifini 
aniq  iqtisodiy-statistik  m a ’lumotlarni  tahlil  qilish  va  urnumlash- 
tirish  asosida  o ‘rganib,  qisqacha  ilmiy  xulosalar  chiqaradi  va 
tavsiyaiar  beradi
M azkur  o ‘quv  qoMlanma  jadvallarda  tuzilib,  kirish,  2  bo'lirn, 
15  bob,  nazorat savollari,  seminar topshiriqlari,  tavsiya qilinayotgan 
adabiyotlar  ro ‘yxati  va  47  ilovadan  iborat.
O 'quv  q o il a n m a d a   «Iqtisodiy geografiya»  fani  predmeti,  ishlab 
chiqarish  kuchiarini  joylashtirish  qonuniyatlari,  d u n y o   siyosiy 
xaritasi  rivojlanishining asosiy  bosqichlari,  yirik  o ‘zgarishlar,  dunyo 
sanoati,  qishloq  x o ‘jaligi,  transporti,  ularning  turli  mamlakat  gu- 
ruhlarida joylashishi  va  rivojlanishi  tahlil  etilgan.  D unyoni  regional 
o ig a n is h   jihatidan  A Q S H ,  G erm aniya,  Yaponiya  Xitoy  ham da 
M D H   mamlakatlari  iqtisodiy-geografik  tavsifi  o ‘rin  olib,  ularning 
ja h o n   xo'jaligiga  qo'shayotgari  hissasi,  tarm o q   va  hududiy  tizil- 
malari  o ‘rganilgan.  Shuningdek,  0 ‘zbekistonning 
ja h o n   xo‘ja- 
ligida  tutgan  o ‘m i,  tabiiy  salohiyati,  aholi  dinamikasi  va  mehnat
3

resurslari,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi 
larm oqlarining  rivojlanshi  va  joylashish  xususiyatlari,  transport 
aloqalari,  tashqi  iqtisodiy  aloqalanning  rivojlanishi  va  ekologiya 
kabi  masalalar  tavsiflari  bayon  etilgan.
«Iqtisodiy geografiya»  fani  b o ‘yieha tayyorlangan  o ‘quv  qo'llan- 
maning  nazariy  va  arnaliy  ahamiyati,  asosiy  kategoriya  va  tushun- 
chalari,  lining  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi,  bozor  munosabatlariga 
o 4 i s h   d av rid a  h u d u d iy   m e h n a t  ta q s i m o ti ,  ish lab   ch iq a ris h  
kuchiarini joylashtirish,  ekologiya va  barqaror taraqqiyot  masalalari 
ko‘rib chiqilgan.  Shuningdek,  unda  CTzbekiston  Respublikasi  milliy 
iqtisodiyoti ning  shakllanishi,  viloyatlarning  iqtisodiy  rivojlanishi, 
mamlakatning  mintaqaviy  siyosati  kabi  masalalar  yoritilgan.
0 ‘quv  q o ‘llanm a  bojxona  tizimida  xizmat  qilayotgan  xodimlar, 
«Bojxona  ishi»  va  «Bojxona  huquqi»  mutaxassisliklari  b o ‘yicha 
tahsil  olayotgan  tinglovchilarga  m o ‘ljallangan.

I  B O ‘L IM .  J A H O N N IN G   U M U M I Y   I Q T I S O D IY   VA 
R E G IO N A L   G E O G R A F IY A S I
1-B O B .  «IQ T IS O D IY   GEOGRAFIYA» 
FANIGA  K IR ISH
Reja:
1.1.  «Iqtisodiy  geografiya»ning predmeti,  uning 
boshqa fanlar  orasida tutgan  o ‘rni.
1.2.  «Iqtisodiy geografiya»ning nazariy  asoslari,
ilmiy konsepsiyalari  va uslublari.
1.3.  «Iqtisodiy  geografiya»ning rivojlanish  tarixi.
Tayanch
iboralar:
«Geografiya» ,  «Iqtisodiy geografiya»,  «Rayonlar 
iqtisodiy geografiyasi»,  qonuniyatlar,  ilmiy 
konsepsiyalar,  tadqiqot  usullari.
1.1.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  predmeti,  uning  boshqa 
fanlar  orasida  tutgan  o ‘rni
Geografiya
haqida
tushunchaiar
•  «Geografiya»  so'zi  yunon  tilidan  olingan 
b o ‘lib,  «yerning  tasviri»  degan  m a ’noni  anglatadi.
«  Yer  shari  t o ‘g‘risidagi  u m um iy  m a ’lum otlar 
1-ilovada berilgan.
«Iqtisodiy
geografiya»
fani
•  ishlab  chiqarish  kuchlarining  b utun  dunyo, 
m am iakatlar,  m intaqalar  b o ‘yicha  hududiy 
joylashishi  va  rivojlanishi  muam m olarini 
o ‘rganuvchi  fandir  [17].
Fanning
predmeti
•  ishlab  chiqarishning joylashishi  va  rivojlanishi 
xususiyatiarini  o ‘rganish  jarayonida  m am iakatlar 
hududida  iqtisodiy  rayonlarning  vujudga  kelishi, 
ular  o ‘rtasida  iqtisodiy  ajoqalarning  shakllanishi  va 
rivojlanishini  izohlaydi;
*  ayrim  m am iakatlar  va  hududlar  xo‘jaligining 
tasnifini  aniq  iqtisodiy-statistikm a’lumotlarni 
tahlil  qilish,  va  umumlashtirish  asosida o ‘rganib, 
qisqacha  ilmiy xulosalar  va  tavsiyalar  beradi.

Fanning
tarkibi
•  «Iqtisodiy geografiya»  umumiy,  tarmoqli, 
regional  va ja h o n   xo'jaiigi  geografiyasiga  b o ‘linadi. 
Ayrim jihatlarni  o'rganish  uchun  «Iqtisodiy 
geografiya»  ikki  qismga  —  «U m um iy  iqtisodiy 
geografiya»  va  «Rayonlar  iqtisodiy geografiyasi»ga 
b o iin a d i.
«U m u m iy   iqtisodiy geografiya»  qismida tizim ning 
um um iy  masalalari,  m am lakatlarning x o ‘jalik 
geografiyasi  va  asosiy tarm o q lar  geografiyasi 
o ‘rganiladi.
«Rayonlar  iqtisodiy geografiyasi»  qismida  esa 
tegishli  m am lakatning  ayrim  hududlari  xo'jaiigi  va 
iqtisodiy  rayonlari  o'rganiladi.
M amlakatlarni  majmuali  o ‘rganishda  ik k a la q is m  
ham bir-birini  to'ldiradi.
Ayni  vaqtda  m am lakatlar  xo'jaiigi  va b u  
x o'jaliktarm oqlarini  tadqiqot  qi!ishdagi  umum iy 
masalalarni  o'rganish  tegishli  m am lakatning  ayrim 
hududlari  va  iqtisodiy tumanlari  xo'jaiigi ni  o 'rg a ­
nish  uchun juda  zaru r  hisoblanadi.
Tarmoqlar
iqtisodiy
geografiyasi
•  sanoat,  qishloq  xo'jaiigi,  qurilish,  transport  va 
boshqalarning  hududiy taqsimlanishi 
(joylashtirilishi )ni  o'rganadi.
Regional
iqtisodiy
geografiya
•  iqtisodiy  q o n u n la r,  tabiiy  sh aro itiarn in g   t a ’siri, 
m ad an iy   meros  va  a h o lid a  ishlab  chiqarish 
k o 'n ik m a la r in in g   tarixiy  shakllanishini  hisobga 
olgan  holda  turli  viloyatlar  va  tu m a n la rd a  
ijtim oiy  m e h n atn in g   h u d u d iy   taqsim lanishini 
o 'rg an ad i.
Boshqa 
fanlar  bilan 
bogiiqligi
•  tabiiy geografiya,  tarix,  iqtisod,  statistika, 
geologiya,  ekologiya,  tibbiyot  va boshqa  fanlar 
bilan  uzviy  ravishda  bog'langan.
6

Fanning
asosiy 
vazi faiari
•  alohida  m am iakatlar  iqtisodiyotini  tadqiq  etish;
•  jah o n  x o ‘jaligini  o'rganish;
•  siyosiy-geografik tadqiq;
•  dcmograflyani  o ‘rganish;
•  m am lakatlarning tabiiy  resurslarini  o ‘rganish.
1.2.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  nazariy  asoslari, 
ilmiy  konsepsiyalari  va  uslublari
Fanning
nazariy
asoslari
•  «Iqtisodiy geografiya»  o lz  geografik  tadqiqotlarini 
tarixiy-ijtimoiy tahlillar  asosida  olib  boradi.  Bu 
borada  ~   hozirgi  davrda  ishlab  chiqarishni 
joylashtirish  masalalarida  tarixiy  m a ’lumotlarga  (ay­
niqsa,  sanoat  va  qishloq  x o ‘jaligi  m intaqalari,  tra n ­
sport  yo'llari,  aholini joylashtirish,  shaharlar,  m e h ­
natga  layoqatli  aholi  va boshqalarga nisbatan)  taya- 
nadi,  rivojlanish  darajasini,  dinamikasini  aniqlash 
maqsadida  ishlab  chiqarishni  taqqoslavdi,  baholaydi 
va  insonning tabiiy  muhitga t a ’sirini  tahlil  qiladi.
Fanning
ilmiy
konsep­
siyalari
•  iqtisodiy  rivojlantirish  konsepsiyasi  —  muayyan 
m am lakat,  iqtisodiy  rayoniarning  m urakkab  tizimi 
b o ‘lib,  shakllanishi  qonuniy tarzda  r o ‘y beradi;
•  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  konsepsiyasi 
—  ishiab  chiqarish  korxonalari  aholi  yashash 
joylarining  chegaralangan  hudud  yoxud  iqtisodiy 
rayon  yoki  kichikrayon  hududida  o ‘zaro 
uyg‘unlashuvi;
•  energiya  ishlab  chiqarish  sikllari  konsepsiyasi  — 
rayon  barpo  etuvchi  qonuniyatiar  sikii.
Fanning
tadqiqot
usullari
1.  dast urh -maqsadli  usuli;
2.  tizimning tahlili  usuli;
3.  balans  (muvozanat)  usuli;
4.  kartografikusul;
5.  iqtisodiy-m atem atikm odellashtirish  usuli;
6.  qiyosiy-geografikusul;
7.  iqtisodiy-geografikprognozlash  usuli  [17].
7

Dasturli
maqsadli
usul
•  b ozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  sharoitida juda 
m uhim  b o ‘lib.  majmuaning  kechiktirib 
boMmaydigan  va  umum manfaatlarni  ko^zlagan 
ijtimoiy-iqtisodiy  m uam m olarni  hai  qilish 
dasturi  va  maqsadi  bilan  uzviy b og‘liq.
Ti/jmning 
tahlil  usu'.i
•  bosqichm a-bosqich  tamoyiliga  asoslangan  b o ‘lib, 
har  b ir   hududiy tizim,  ayniqsa,  ishlab  chiqarish 
kuchlarining  rivojlanishi,  joylashish  xususiyatlarini 
o ‘rganish  b o ‘yicha  m a ’lurn maqsad  va vazifalami 
qam rab  olgan.
Balans
usuli
•  fanning  asosiy  usullaridan biri  hisoblanadi. 
Ushbu  usul  yordam ida  regionlarning  resurs va 
mahsulotga,  ishchi  kuchiga  b o ‘lgan  talabini 
aniqlash,  xususan,  ayrim h u dudlar  o ‘zida  ishlab 
chiqarilayotgan  mahsulotlar  bilan  o"z  ehtiyojini 
qondira  olayotganligi  yoki  qondira  olmayotgariligi, 
zarur  m ahsulotlam i  keltirish  yoki  olib  ketish 
k o ‘lami  darajasini  baholash,  shuningdek,  regional 
xo‘jalik majmui  rivojlanishidagi  nom utanosiblikva 
uni  b arta raf etish  y o l l a r i   aniqlanadi.
Karto- 
grafik  usui
•  « Iq tiso d iy   g eo g rafiy a» n in g  m axsus  u s u lla rid a n  
h is o b la n a d i.  X arita  —  b ilim   m an b ay i  va  o lrganish 
o b y e k tid ir.  H u d u d iy ,  iq tis o d iy - g e o g r a f ik ja r a y o n -  
la r  va  ayrim   m a m la k a tla r   m iq y o sid a  ishlab 
c h iq a ris h   k u c h ia rin i  jo y lash tirish   xususiyatlarini 
k o ‘rgazm ali  ta rz d a   faqat  g eo grafik  xarita 
n a m o y o n   etishi  m u m k in .
Iqtisodiy- 
matcmatik 
nmdellash- 
tirish  usuli
•  xo‘jaliktarm oqlarining  rivojlanishi  va  ishlab 
chiqarish  kuchiarini joylashtirish  m uam m olari  bilan 
bog'liq  boMgan  tadqiqotlar  jarayonida  keng 
q o lla n ila d i.
Q iyosiy
geografik
usul
•  qator  hududiy  birliklam i  turli  k o ‘rsatkichlar 
asosida  bir-biri  bilan  taqqoslashdir.
8

Iqtisodiy- 
geografik 
prognoz-- 
lash  usuli
•  mam iakatlar,  ularning  hududlari  kelajakda 
majmuali  rivojlanishini  turli  k o ‘rsatkichlar  tahlili 
orqali  belgilashga  yordam beradi.
Usullardan
foydalanish
•  ishlab  chiqarish  kuchlarini joylashtirish 
muammosi  va  hududlarni,  xo'jaliklam i 
rivojlantirish  m urakkablashib  bo rm oq d a.  Bozor 
iqtisodiyoti  sharoitlarida  ta rm o q lar  va  hududlar 
o ‘rtasidagi  aloqalar  boshqarishni  takomillashtirishni 
talab  qilmoqda.  Shuning  uchun  iqtisodiy matem atik 
usullar  katta  aham iyat  kasb  etm oqda.  U lar 
maqsadga erishish  yo‘lida  iqtisodiy samarali 
variantlarni  tanlash  imkonini  beradi.  Boshqa  ilmiy 
usullar  o ‘zaro  bo g ‘langan  b o ‘lib,  bir-birlarini  t o ‘l- 
dirib  boradi.
1.3.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  rivojlanish  tarixi
Fanning
rivojlanish
tarixi
I
•  Eratosfenning  (m iloddan  avvalgi  111  asr) 
«Geografiya»  nomli  asari  uchinchi  qismi  h a m a y r im  
m am iakatlar  t a ’riflga  b ag lishlangan.
•  0 ‘rta  asrlarda  iqtisodiy-geografik  bilim lar 
A1  Xorazmiy  («Kitob  S u r’at al-arz»),  Beruniy 
(«Hindiston»),  Bobur  («Boburnoma»)  va boshqa 
olim lam ing  asarlarida chuqurlashtirilgan.
•  Yevropada  «Iqtisodiy geografiya»  fan  sifatida
XVT  asrdan  shakllana boshlagan.  Uning  rivojlanishiga 
fransuz  olimi  J.  Boden,  italyan  olimi  L.Tviggerdi, 
goiland  olimi  B.Varens  m uhim   hissa  q o ‘shishdi. 
Fransuz  olimi  J.B oden  1564-yilda  yozgan  yirik 
geografikasarida  Sharq  geografiyasidagi  geografik 
muhitning jam iyat  rivojlanishiga t a ’siri  muammosi 
qaytadan  k o ‘rib  chiqildi,  italyan  olimi 
L.Tvichchardining  «Nidyerlandiya tavsifi»  (156-yil), 
G oiland  olimi  B.Varenusning  «Bosh  geografiya» 
(1650-yil)  nomli  asarida  ham   iqtisodiy geografiyaga 
oid  qator  m u a m m o lar  ilmiy  yechimini  topdi.
9


•  «Iqtisodiy geografiya»  ilmiy  atamasini  fanga
birinchi  b o ‘lib  rus olimi  M.V.  Lom onosov 
XVI i I  asrda  olib  kirdi.
•  XX  asrda  «Iqtisodiy geografiya»ning  rivojlanishi 
N .N .  Kolosovskiy,  N .N .  Baranskiy,  N .P .  Nikitin, 
V.V.  Pokshishevskiy,  Y.G.  Saushkin,  E.B.  Alayev, 
B.S.  Xorev  va boshqalarning,  O 'zb ek isto n d a  esa 
o4gan  asr  boshiarida  yashagan  M a h m u d x o ‘ja  
Behbudiy,  Munavvarqori  Abdurashidxonov  Abdulla 
Avloniv  va  boshqalarning  nomlari  bilan  b o g ‘liq.
•  M a h m u d x o ‘ja   Behbudiy to m o n id an   XX  asr 
boshiarida geografiyaga  oid  qator  darsliklar  va 
asarlar  vozilgan.
•  XX  asrning  ikkinchi  yarm ida va  hozirgi  paytda 
CKzbekistonda  «Iqtisodiy geografiya»  fani ning 
rivojlanishi  Z. M.   A kromov,  O.B.  Otamirzayev, 
A.S.Soliyev,  Q.A birqulov,  X.S.  Salimov,
A.R.  R o‘ziyev,  A.Q avum ov,  Sh.  Inomov,
H  Abdullayev  va boshqalarning  nomlari  bilan 
bo g ‘liq
N azorat  sa v o lla ri
!.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  predm etini  izohlab  bering.
2.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  nazariy  asoslarini  ta ’riflang.
J.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  asosiy  ilm iy  uslublarini  sanung.
4.  «Iqtisodiy  geografiya»  boshqa  fa n la r  o'rtasida  qanday  o'rin  tutadi?
5.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  asosiy  vazifalari  nimalardan  iborat?
Sem inar  mashg'uloti  uchun  savollar:
«Itisodiy  geografiya»  fanining  predmeti.  Ishlab  chiqarishni 
joylashtirish  qonuniyatlari.  «Iqtisodiy  geografiya»ning  boshqa 
fanlar orasida  tutgan  o ‘rni.  Ilmiy  nazariy  konsepsiyalar:  iqtisodiy 
rivojlanish,  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  va  energiya 
ishlab  chiqarish  majmualari  konsepsiyalari.  Dasturli-maqsadli, 
tizimning tahlili,  balans,  kartografik,  iqtisodiy-matematik  model- 
lashtirish,  qiyosiy-geografik,  iqlisodiv-geografik  bashoratlash 
usullari.  Iqtisodiy  geografiyaning  qadim da,  o ‘rta  asrlarda,  yaqin 
o  tmish  va  hozirdagi  rivojlanish  davrlari.

2-B O B .  ISHLAB  C H IQ A R ISH   K UCHLARINI 
JO Y L A S H T IR IS H ,  R IV O JL A N T IR ISH   О M ILLARI 
YA  TAMOYILLARI
Reja:
2.1.  Ishlab chiqarish  kuchlarini joylashtirishning 
asosiy qonumyatlari.
2„2.  Ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  asosiy 
shakHari.
2.3,  ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  etishning 
asosiy omillari..
Tayanch
iboralar:
ishlab  chiqarish,  ishlab  chiqarish  kuchlari, 
joylashtirish  qonuniyatlari,  kooperatsiya, 
kombinatsiya,  ishlab  chiqarish  omillari,  tabiiy 
resurslar
2.1.  Ishlab  chiqarish  kuchiarini  joylashtirishning  asosiy
qonuniyatlari
Asosiy
tushun-
chalar:
•  ishlab  chiqarish  — turli  iqtisodiy  mahsulotlarni 
yaratish  jarayoni;
•  ishlab chiqarish  kuchlari  -   ishlab  chiqarishda 
b archa jam lan g an  vositalar  va  band  bo'lgan  kishilar. 
Iqtisodiy  nazariyaga  muvofiq  ishlab  chiqarish 
kuchlari  iqtisodiy tizim larning  mavjudligini 
aniqlavdi.
•  ishlab chiqarish  salohiyati:
1)  mavjud  resurslardan  to'liq  foydalangan  holda  real 
mahsulot  hajmini  ishlab  chiqarish  imkoniyati;
2)  Ishlab  chiqarish  omillarining  mavjudligi  darajasi 
va  ishlab  chiqarishni  t a ’minlovchi  resurslar 
salohiyati.

Ishlab chiqarish
kuchlarini
joylashtirish
•  bu  ishlab  chiqarishni joylashtirish  bo'yicha 
tartibga  soluvchi  iqtisodiy  m exanizm  bo'lib, 
hududiy  rivojlanishning  iqtisodiy sam arador- 
ligini  belgilaydi.
Ishlab chiqarish
kuchlarini
hududiy
joylashirishning
umumiy
qonuniyatlari
1.  Ishlab  chiqarishni  hududiy jihatdan  oqilona 
tashkil  etish  qonuniyati.
2.  Ishlab  chiqarishning  hududiy  ixtisoslashuvi 
va  kooperasiyalashuvi  qonuniyati.
3.  H ududlarning  majmuali  rivojlanish 
qonuniyati.
4.  H ududlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanishini  tenglashtirish  qonuniyati.  [17]
Ishlab
chiqarishni 
hududiy jihatdan 
oqilona  tashkil 
etish  qonuniyati
•  ishlab  chiqarish  korxonalarini  ITTning 
yutuqlari  asosida,  iloji  boricha  manbalarga 
yaqin joylashtirish  kerak.
M asalan,  suvni  k o ‘p  talab  qiladigan 
tarm oqlarni  imkon  q ad ar  yirik va samarali 
suv  manbalariga  yaqin joylashtirish  maqsadga 
muvofiq;
•  mehnatni  k o ‘p  talab  qiluvchi  (sermehnat) 
tarm oqlarni  esa  m ehnat  resursiari  shakllangan 
m arkazlarga yaqinroq;
•  kundalik  iste’mol  qilinuvchi  mahsulot 
ishlab  chiqarish  korxonalarini  iste’molchilarga 
yaqinroq  joylashtirish  k erak v a  h.k.
Ishlab
chiqarishning
hududiy
ixtisoslashuvi  va 
koopera- 
siyalashuvi 
qonuniyati
•  Bunda  biron  b ir  hudud  ichida 
ixtisoslashuv  va  korxonalar  o ‘rtasida eng 
takomillashgan  ishlab  chiqarish  aloqalarini 
o'rnatish  hamda  ularning  tashqi  iqtisodiy 
aloqalarda  keng  ishtiroki  k o ‘zda tutilgan.
12

Hududlarning
niajmuali
(kompleks)
rivojlanish
qonuniyati
•  Hududning  (respublika,  viloyat,  iqtisodiy 
tum an)  kompleks  rivojlanishi  deganda, 
xo‘jalikdagi  mutanosiblik,  ishlab  chiqarish 
korxonalari ning  mahalliy tabiiy  va  iqtisodiy 
sharoitga  mosligi,  ixtisoslashgan  tarm oqlar 
infratuzilmasining,  turli  koMamdagi 
shaharlarning  rivojlanishi,  tabiiy  muhitni 
muhofaza qilish,  ulardan  oqilona  foydalanish 
va  hokazolar  nazarda tutiladi.
Hududlarning
iqtisodiy va



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling