E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov


Download 1.93 Mb.
Pdf просмотр
bet7/9
Sana15.12.2019
Hajmi1.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

METALLARNING  XOSSALARI
ISHQORIY  METALLAR
D avriy  sistem aning  bosh  gruppachasida  joylashgan 
elem entlar  —  litiy,  natriy,  kaliy,  rubidiy,  seziylarga  ishqo­
riy metallar 
deyiladi.  Ishqoriy  metallarning  davriy  sistemada 
joylashgan  o ‘rinlari,  elektron  konfiguratsiyalari,  atom lar- 
ning  o ic h a m la ri,  valentliklari  va  oksidlanish  darajalarini 
ko'rsating.  Ishqoriy  m etallar  texnikada  qanday  olinadi?
Ishqoriy  m etallar  bilan  ishlashda  suvga  ehtiyot  b o ‘ling. 
M etallarni  kerosindan  faqat  pinset  bilan  oling,  ularni 
q o i   bilan  olish  q a t’iy  m an  qilinadi.  Ishqoriy  m etallarning 
qo ld iq larin i  va  ishlatilganlarini  laborantga  topshiring. 
M etallarning  qoldiqlarini  axlat  solinadigan  idishga  yoki 
rakovinaga  tashlamang.
Ishqoriy  metallarning  suv  bilan  o ‘zaro  ta ’siri.  (Tajriba 
m o ‘rili  sh kafda:  oyn asi  tushirilgan  y o k i  him oyalovch i 
maska  kiygan  holda  bajariladi.) 
K ristallizatorni  suv  bilan 
to ‘ldiring  va  m o ‘rili  shkafga  q o ‘ying.  N atriy  m etalidan 
m oshdek  kesib  olib  uni  filtr  qog'oz  bilan  kerosindan 
tozalang.  Yangi  kesilgan  natriy  yuzasi  tezda  xiralashishiga 
e ’tibor  bering.  Pinset  bilan  natriyni  suvli  kristallizatorga 
tushiring.  Q anday  gaz  ajralib  chiqadi?  Reaksiya  tugagan- 
dan  so‘ng  olingan  eritm aga  1—2  to m ch i  fen olftalein 
eritm asidan  tom izing.  Xuddi  shunday  tajribani  kaliy  va 
litiy  m etallari  bilan  ham   bajaring.  M etallarning  suv  bilan 
o ‘zaro  ta ’siri  reaksiya  tenglam alarini  yozib,  qaysi  metall 
suv  bilan  kuchliroq  reaksiyaga  kirishishiga  izoh  bering. 
Bu  kuzatishlar  nimaga  bog‘liq  ekanligini  tushuntiring.  Nima 
uchun  litiy  m etallarning  kuchlanish  qatori  boshida  turadi? 
Ishqoriy  m etallarning  standart  elektrod  potensiallari  bilan 
tanishing  (ilovaga  qarang).
69

Litiy,  natriy  va  kaliy  oksidlarining  olinishi.  (Tajriba 
m o ‘rili  shkafda  olib  boriladi.)
  Tigel  qopqog‘iga  kerosindan 
quritilgan  va  tozalangan  natriy  yoki  kaliy  b o ‘lakchasini 
qo‘ying,  va  qopqoq  ostidan  gaz  gorelkasida  ohista  qizdiring. 
M etall  suyuqlangandan  keyin,  uni  gorelka  alangasida 
yoqing.  H am m a  m etall  yonib  b o ‘lgandan  keyin,  uni 
soviting  va  olingan  m oddaga  2—3  tom chi  suyultirilgan 
sulfat  kislota  eritm asi  bilan  kislotali  m uhitga  keltirilgan 
kaliy  yodid  eritm asidan,  2—3  tom chi  kraxmal  kleysteri 
eritmasidan  quying.  N im a  kuzatiladi?  Natriy  va  kaliy  havoda 
yondirilganida  q anday  m od da  hosil  b o 'lad i?  Bu  m e- 
tallarning  oksidlari  qanday  olinadi?  Shunday  tajribani  litiy 
m etali  bilan  bajaring.  Bunda  qanday  m odda  hosil  b o ‘ladi? 
Rubidiy  va  seziy  havo  kislorodi  bilan  qanday  m oddalar 
hosil  qiladi?  Reaksiya  tenglam alarini  yozing.  Litiy-seziy 
qatorida  elem entlar  oksidlari  va  peroksidlarining  term ik 
barqarorligi  qanday  o'zgaradi?
N atriy  karbonatdan  natriy  gidroksid  olish. 
50  ml  suvda 
7  g  suvsiz  natriy  karbonatni  eriting.  E ritm ani  200—250 
ml  hajmli  tubi  yumaloq  kolbaga  quying.  Kolbaga  1—2  bo‘lak 
chinni  tigel  sinig‘idan  tashlang.  N im a  uchun  chinni  tigel 
sinig‘i  solish  kerakligini  tushuntiring.  Kolbani  shtativga 
o ‘rnating.  Kolba  tubi  bilan  asbest  to ‘ri  orasida  ozgina joy 
qolsin.  Eritm ani  qaynaguncha  qizdiring  va  5—10  g  kalsiy 
gidroksid  kukunini  oz-ozdan  soling.  Kolba  og‘ziga  voronka 
q o ‘ying  va  eritm ani  1  soat  davom ida  vaqti-vaqti  bilan 
oz-o zd an   suv  quyib  (eritm a  hajm i  o ‘zgarmasligi  uchun) 
qaynating.  Eritm a  sovigach  filtrlang,  hajmi  va  zichligini 
o'lchang.  Zichlik  asosida  olingan  eritm adagi  N aO H   ning 
massa  ulushini  aniqlang.  Reaksiya  tenglam asini  yozing. 
Jarayonni  natriy  ishqori  hosil  b o ‘lish  tom onga  borishini 
tushuntiring.  Shu  usul  bilan  yuqori  konsentratsiyali  N aO H  
olish  m um kinm i?  Bu  usulni  K O H ni  olishga  q o ‘llash 
mumkinmi?
Litiy  va  seziy gidroksidlari  qatorida  eruvchanlik  va boshqa 
kattaliklar  qanday  o ‘zgaradi?  Ishqoriy  m etallarning  gid­
roksidlari  sanoatda  qanday  olinadi?
70

Natriy  va  kaliyning  kam  eruvchan 
tuzlari
a) natriyning  biror  tuzi  eritm asidan  1—2  ml  olib,  unga 
shuncha  hajm da  kaliy  digidroantim onat  K H 2S b 0 4  e rit­
m asid an   q o ‘shing.  A gar  oq  kristal  c h o ‘km a —  n atriy 
digidroantim onat  tushishi  kuzatilm asa  probirka  devorini 
shisha  tayoqcha  bilan  ishqalang  va  c h o ‘kma  tushishini 
kuzating.  C h o'km a  batam om   tushguncha  eritm ani  tinch 
q o ‘ying,  so‘ngra  probirka  og‘zini  boshqa  b ir  probirkani 
to ‘nkarish  bilan  berkiting.  Birinchi  probirka  devorida  kub 
shaklidagi  yirik  kristallar  qolganini  kuzating.  Reaksiya 
tenglam asini  m olekulyar  va  ionli  ko‘rinishda  yozing.
b)  1  ml  to ‘yingan  kaliy  xlorid  eritm asiga  natriy  gidro- 
ta rtrat  yoki  natriy  perxlorat  eritm asidan  quying.  Agar 
c h o ‘kma  tezlikda  tushm asa  probirka  ichki  devorini  shisha 
tayoqcha  bilan  ishqalang.  Reaksiya  tenglam asini  yozing.
Ishqoriy  metallar tuzlarini  alangani  bo‘yashi. 
Awal  HC1 
(1:1)  eritm asida,  keyin  distillangan  suda  yuvilib  quritilgan 
platina  simini  natriy  xloridning  to ‘yingan  eritmasiga botiring 
va  gaz  gorelkasining  rangsiz  alangasiga  tuting.  Alanganing 
sariq  tusga  kirishini  kuzating.  Tajribani  litiy  xlorid  va  kaliy 
xloridning  to ‘yingan  eritm alari  bilan  ham   takrorlang.  H ar 
bir  tajriba  oldidan  simni  konsentrlangan  xlorid  kislotada 
yaxshi  tozalang  va  gaz  gorelkasi  alangasida  qizdiring.  Kaliy 
tuzlari  alangani  binafsha,  litiy  tuzlari  esa  sarg‘ish-binafsha 
rangga  b o ‘yashini  kuzating.  Bu  tajribadan  qanday  xulosa 
chiqarish  mumkin?
BERILLIY. 
MAGNIY  YA  ISHQORIY-YER  METALLARI
Berilliy  va  magniy  elem en tlar  davriy  sistem asining 
ikkinchi  gruppasi  bosh  guruppachasida  joylashgan.  Bu 
guruhchaga,  shuningdek,  kalsiy,  stronsiy,  bariy  va  radio- 
aktiv  radiy  elem entlari  kiradi.  Ushbu  elem entlarning  dav­
riy  sistem ada  joylashgan  o ‘rn ila rin i,  ele k tro n   konfi- 
guratsiyalarini,  atom larining « ‘lcham larini  valentliklarini 
va  oksidlanish  darajalarini  ko ‘rsating.  M etallarning  kuch-
71

lanish  qatorida  metallik  xossalari  qanday o ‘zgarishini  ko‘r- 
sating.  M etallarning  kuchlanish  qatorida  bu  m etallar  qan­
day  o ‘rin ni  egallashini  izohlab  bering.
Berilliy  va  magniyning  xossalari
a)  metallik  magniy  suyultirilgan  va  konsentrlangan  kis- 
lotalar bilan  qanday  reaksiyalarga  kirishishini  bilish  uchun 
alohida  olingan  probirkalarga  suyultirilgan va  konsentrlangan 
nitrat,  sulfat  va  sirka  kislotadan  olib,  ulaming  ustiga  magniy 
m etallidan  oz-ozdan  soling.  K uzatilgan  hodisalarni  izoh- 
lang.  Reaksiya  tenglamasini  yozing.
b)  1 — 1,5  sm  uzunlikdagi  magniy  len tasin i  chinni 
kosacha  ustida  yoqing  yoki  toza  tem ir  qoshiqchaga  magniy 
kukunidan  olib,  gaz  gorelkasi  alangasida  yondiring.  Olingan 
m oddaga  bir  necha  tom chi  konsentrlangan  xlorid  kislota 
eritmasidan  tomizing  va  ajralib  chiqayotgan  gazni  aniqlang. 
M agniy  havoning  qaysi  tarkibiy  qismlari  bilan  reaksiyaga 
kirishadi?  K uzatilgan  ho disalarni  izohlang  va  tegishli 
reaksiya  tenglam alarini  yozing.
M agniy  m etalining  suv  bilan  o ‘zaro  t a ’siri. 
M agniy 
le n ta sin in g   b ir  b o ‘la k ch asin i  (1 —2  sm )  olib,  u n ing 
sirtid ag i  oksid  p a rd a n i  jilv ir  q o g ‘oz  b ila n   to zalan g . 
P robirkaga  3—4  ml  distillangan  suv  quying  va  unga 
tozalangan  magniy  lentasini  tushiring.  Uy  tem peraturasida 
reaksiya  b orm asligini  belgilang.  P ro b irk an i  p ast  gaz 
alangasida  qizdiring.  N im a  kuzatiladi?  O lingan  eritm aga 
bir  tom chi  fenolftalein  eritm asidan  tomizing.  Eritm a  ran­
gining  o ‘zgarishi  va  eritm ada  qanday  ion  hosil  bo‘lganligini 
aniqlang.  Probirkaga  0,3—0,5  g  N H 4C1  tuzi  kristalidan 
soling.  N im a  kuzatiladi?  K uzatilgan  natijalarni  izohlang. 
Q izdirilganda  m agniyning  suv  bilan  o ‘zaro  ta ’sir  etish 
reaksiyasining  tenglam asini  yozing.  N im a  uchun  N H 4+ 
ishtirokida  magniy  suv  bilan  aktivroq  reaksiyaga  kirishadi.
M agniy gidroksidning  olinishi  va  xossalari. 
M agniyning 
b iro r  tuzi  eritm asiga  ishqor  eritm asidan  t a ’sir  ettirib, 
magniy  gidroksidini  hosil  qiling.  Probirkadagi  eritm ani
3  ta  toza  probirkaga  b o ‘ling.  Birinchi  probirkaga  10%  li
72

xlorid  kislota,  ikkinchi  probirkaga  ishqor  eritm asi  va 
uchinchi  probirkaga  am moniy  xlorid  eritmalaridan  quying. 
S odir  b o ig a n   o ‘zgarishlarni  kuzating.  Reaksiya  ten g ­
lam alarini  yozing.  Agar  ishqor  eritm asi  o ‘rniga  am m iak 
eritm asi  solinsa,  m agniy  gidroksidi  to ‘liq  c h o ‘km aga 
tushadim i?  Berilliy  gidroksidi  va  magniy  gidroksidlari 
asoslarning  qaysi  tip ig ak irad i?  Berilliy  va magniy  gidro- 
ksidlarning  dissotsilanish  reaksiyasi  tenglam alarini  yozing.
Ishqoriy-yer  metallar  gidroksidlarining  olinishi
a)  alohida  olingan  probirkalardagi  C aC l2,  SrCl2,  BaCl2 
eritm a la rig a   k a rb o n a t  io n lari  aralash m asi  b o ‘lm agan 
o ‘yuvchi  natriy  eritm asidan  quying.  H ar  bir  probirkada 
ajralgan  ch o 'k m a  m iqdoriga  e ’tibor  qiling.  Reaksiya  teng­
lamasini  yozing.
b)  tajribani  N aO H   o ‘rniga  karbonat  ionlari  aralash- 
m alari  b o ‘lm agan  suyultirilgan  N H 4OH  eritm asi  bilan 
takrorlang.  Olingan  natijalarni  yuqoridagi  tajriba  bilan  so-

lishtiring.  Tajriba  natijalariga  izoh  bering.  Reaksiya  teng- 
'  .lam alarini  yozing.
Ishqoriy-yer  metallarining  karbonatlarini  olish. 
Ish- 
. qoriy-yer  m etallarining  tegishli  tuzlariga  soda  eritm asidan 
;q o ‘shib  kalsiy,  stronsiy  va  bariy  karbonatlarni  hosil  qiling. 
H ajm li  oq  c h o ‘kma  — k arbonatlarning  hosil  b o ‘lishini 
kuzating.  Probirkalarni  ch o ‘kmalari  bilan  birga  asta-sekin 
qizdiring.  C h o ‘km alarning  k o'rinishi  o ‘zgarishiga  e ’tibor 
bering.  H am m a  probirkalarga  suyultirilgan  xlorid  kislota 
eritm asidan  q o ‘shing.  Reaksiya  tenglam alarini  yozing.
Ishqoriy-yer  metallarining  sulfatlarini  olish. 
Tegishli 
tu zlar  eritm alariga  suyultirilgan  H 2S 0 4  yoki  N a 2S 0 4  erit­
m alaridan  quyib  kalsiy  sulfat,  stronsiy  sulfat  va  bariy 
su lfatni  hosil  qiling.  O lingan  c h o ‘km alarning  rangini 
belgilang.  Reaksiya  tenglamalarini  yozing.  C ho ‘kmalarning 
h ar  birini  xlorid  va  nitrat  kislotalardagi  eruvchanligini 
sinab  k o ‘ring.  Tuzlarning  eruvchanligini  jadvaldan  taq- 
qoslang.
73

Kalsiy,  stronsiy  va  bariy  tuzlarining  alangani  b o ‘yashi. 
P latina  sim ini  xlorid  kislotada  yuvib,  gaz  gorelkasi  alan ­
gasida  qizdirib  tozalang.  Tozalangan  p latin a  simini  kal- 
siyning  biro r  tuzi  eritm asiga  botiring  va  uning  rangsiz 
gaz  gorelkasi  alangasining  pastki  qismiga  tuting.  Alanganing 
qizg‘ish  rangga  bo'yalishini  kuzating.  Tajribani  yuqori- 
dagidek  o ‘tkazib,  stronsiy  tuzlari  alangani  och-qizil,  bariy 
tuzlari  esa  sarg‘ish-yashil  rangga  b o ‘yashini  kuzating  va 
tegishli  xulosa  chiqaring.
A L Y U M I N I Y
A lyum iniyning  kislorod  bilan  birikishi. 
A lyum iniy 
plastinkasini jilvir  qog‘oz  bilan  tozalang.  M etalining  toza­
langan  yuzasiga  H g (N 0 3)2  yoki  HgCl2  eritmasidan  tomizing. 
T om chi  tagidagi  m etall  yuzasi  k o ‘kish  rangga  kirganda, 
tom chilarni  silqib  tashlang  va  h o ‘l  yuzani  paxta  yoki  flltr 
qog'ozi  bilan  asta  artib,  m etallni  qog‘oz  ustiga  q o ‘ying. 
Bir  ozd an  keyin  p o ‘rsildoq  A120 3  hosil  b o ‘lishini  va 
plastinkaning  isishini  kuzating.  Reaksiya  tenglam alarini 
yozing,  bunda  alyum iniy  simob  bilan  am algam a  hosil 
qilishini  hisobga  oling.
Alyuminiyning  suv bilan  o ‘zaro  ta’siri. 
Probirkaga  ozgina 
alyum iniy  q ip ig ‘idan  solib,  unga  3—5  ml  suv  quyib 
chayqang.  Reaksiya  boradim i?  Reaksiya  sodir  b o ‘lm a- 
ganligiga  ishonch  hosil  qilganingizdan  keyin,  alyum iniy 
sirtini  yog‘dan  va  oksid  pardasidan  yuving.  Buning  uchun 
probirkaga  2—3  ml  ishqor  eritmasidan  quying  va  birozdan 
so ‘ng  probirkadagi  suyuqlikni  to ‘king,  ishqor  qoldig‘ini 
yo‘qotish  uchun  bir  necha  m arta  suv  bilan  yuving.  Keyin 
probirkaga  ozgina  suv  quyib  qoldiring.  G az  pufaklari 
(v o d o ro d)  ning  ajralib  chiq ish in i  kuzating.  Reaksiya 
tenglam asini  yozing.
Alyuminiyning  kislotalar  bilan  o ‘zaro  ta ’siri. 
a)  uchta 
probirka  olib,  ularning  biriga  2  n  li  xlorid,  ikkinchisiga  2  n 
li  sulfat,  uchinchisiga  esa  2  n  li  nitrat  kislotasi  eritm a­
laridan  quying.  Probirkalarning  har  biriga  oz-ozdan  alyu-
74

miniy  qirindisidan  soling.  Qaysi  probirkada  reaksiya  shiddatli 
boradi?  Qaysi  kislotada  alyuminiy  erimaydi?  Sababi  nima? 
Reaksiya  tenglam alarini  yozing.
b) 
nitrat  kislota  (p =   1,4  g /sm 3)  solingan  probirkaga 
ozgina  alyum iniy  qirindisini  tashlang.  N im a  uchun  erish 
kuzatiladi?  E ritm ani  qizdiring  va,  dastlab  reaksiya  sekin, 
keyin  esa  shiddatli  borishini  kuzating.  Reaksiya  tenglamasini 
yozing.
Alyuminiyning  ishqorlar bilan  o ‘zaro  ta ’siri. 
Probirkaga
3—5  ml  30%  li  o ‘yuvchi  natriy  eritmasidan  quying  va  unga 
ozgina  alyum iniy  q irindisidan  soling.  V odorod  ajralib 
chiqishini  kuzating  va  uni  uchi  c h o ‘zilgan  shisha  nay 
yordam ida  yoqib  ko‘ring.  Reaksiya  tenglamasini  yozing.
Alyuminiy  gidroksidning  am foterligi. 
A lyum iniyning 
biror tuzi  eritmasidan  A l(O H )3  cho‘kmasi  hosil  b o ‘lguncha 
ishqor  eritmasidan  tomchilab  quying.  Reaksiya  tenglamasini 
m olekulyar  va  ionli  holatda  yozing.
Kimyoviy  reaksiyalar  yordam ida  olingan  gidroksidning 
am foterligini  isbotlang.  .
Alyuminiy  tuzlari  gidrolizi. 
a)  alyum iniy  sulfat  erit- 
masini  qizil  va  k o ‘k  lakmus  qog‘ozlari  bilan  sinab  ko‘ring 
va  alyuminiy  gidroksidining  asos  sifatidagi  kuchi  to ‘g ‘risida 
xulosa  chiqaring.
A12( S 0 4)3  ning  sovuqda  A l(O H )2+  ion  hosil  qilishini 
hisobga  olib,  gidroliz  reaksiyasining  tenglam asini  m ole­
kulyar  va  ionli  ko‘rinishda  yozing.
b) 
alyum iniy  sulfat  eritm asiga  am m oniy  sulfid  e rit­
m asidan  q o ‘shing.  (Tajriba  mo ‘rili  shkafda  olib  boriladi.) 
Hosil  b o ‘lgan  c h o ‘kmani  filtrlang  va  ch o ‘kmani  filtr  ustida 
suv  bilan  yuving.  C h o 'k m an i  ikki  qismga  b o ‘ling.  Bir 
qismiga  suyultirilgan  xlorid  kislota  qo‘shing.  C h o ‘kmaning 
alyum iniy  sulfid  em asligini  q anday  isb o tlash   kerak? 
C ho‘kmaning  ikkinchi  qismiga  NaOH  eritmasidan  qo‘shing. 
N im a  kuzatiladi?  Bu  tajribalar  asosida  olingan  c h o ‘kma 
tarkibi  to ‘g ‘risida  qanday  xulosa  chiqarish   m um kin? 
A12(S 0 4)3  bilan  (N H 4)2S  eritmalari  orasida  boradigan  reaksiya 
tenglam asini  yozing.
75

KATIONLARNI  ANALIZ 
QILISH  USULLARI
K ationlarning  analitik  gruppasiga  N H 4  kaliy,  natriy, 
m agniy  elem entlarining  ionlari  kiradi.  U lar  hosil  qilgan 
tu zlar  suvda  yaxshi  eriydi.  Bu  m etallarning  analiz  uch un  
eng  m uhim   eritm alari  ularning  sulfatlari,  gidroksidlari, 
karbonatlari va xloridlarining  suvda  eruvchanligidir.  Birinchi 
gruppa  kationlari  boshqa  reagentlardan  farq  qiladi.  Bu 
tuzlar  eruvchan boMganligi  uchun  boshqa  gruppa  kationlari 
reagentlari,  ya’ni  HC1,  H 2S,  (N H 4)2S  va  (N H 4)2C 0 3  ta ’si- 
rida  c h o ‘km aydi  va  boshqa  gruppa  kation larin i  qiyin 
eruvchan  tuzlar  hosil  qilsa  I  gruppa  kationlari  eritm ada 
qoladi.
Birinchi  gruppa  kationlari  uchun  alohida  gruppa  reagenti 
yo‘q.  Shu  sababli,  har  bir  elem ent  uchun  alohida  reagent 
tanlanadi.
M asalan:  geksaxlorplatinat  kislota  H J P tC lJ   kon sen­
trlangan  kaliy  tuzlari  eritm alari  ta ’sirida  sariq  kristall 
c h o ‘kma  —  kaliy  geksaxlorplatinat  hosil  qiladi:
2K+ +  [PtC l6]2- ->  K 2[P tC l6]  I
M ikroskopda  qaralsa,  c h o ‘km a  kristallarining  oktaedr 
shaklida  ekanligi  ko'rinadi.
Perxlorat  kislota  H C 104  oq  c h o ‘kma  —  kaliy  perxlorat 
hosil  qiladi:
K ++  C104- =   K C 104i
Isitilganda  c h o ‘km aning  eruvchanligi  ortadi.  Etil  spirt 
q o ‘shilsa,  uning  eruvchanligi ju d a   kamayadi.
76

ALANGANI  B O ‘YASH  REAKSIYASI
U chi  qayrilgan  platina  sim  o ‘rnatilgan  shisha  dastali 
tayoqcha  olinadi.  D astlab,  sim ning  tozaligi,  ya’ni  gorel- 
kaning  rangsiz  alangasida  qizdirilganda,  alanga  rangining 
o ‘zgarmasligiga  ishonch  hosil  qilish  kerak;  agar  alanga 
rangi  o ‘zgarsa  sim  HC1  eritm asi  bilan  h o ‘llanib,  rang 
yo'qo lgu nch a  qattiq  qizdiriladi.
S h u n d an   keyin  qizib  tu rg an   sim   kaliy  kukuniga, 
yaxshisi  KC1  ga  tekkizilgani  m a ’qul.  Tuz  donachalari 
yopishib  qolgan  sim  alangaga  tutilsa,  alanga  och-binafsha 
rangga  b o ’yaladi.  Q attiq  tuz  o ‘rnida  kaliy  tuzi  eritmasidan 
ham   foydalanish  m um kin,  lekin  bunda  reaksiya  yaxshi 
borm aydi.  Bunga  natriy  tuzlari  xalal  beradi,  chunki  ular 
alangani  to ‘q  sariq  rangga  b o ‘yaydi,  bu  esa  binafsha  rangni 
aniqlashni  qiyinlashtiradi.  Natriy  tuzlari  ishtirokida  reaksiya 
o ‘tkazishda  ko‘k  shishadan  tayyorlangan  maxsus  prizmadan 
foydalaniladi.
Na+  IONLARI  REAKSIYALARI
Natriyning  ko'pgina  tuzlari  suvda  eriydi.  Shuning  uchun 
:  N a +  ionini  topishda  qiyin  eriydigan  c h o ‘km a!ar  hosil 
qilishga  asoslangan  reaksiyalar ju d a  oz.  Quyida  shu  reak- 
siyalardan  b a ’zilarini  keltiram iz.
K aliy  dig id roan tim o n at  K H 2S b 0 4  (y a’ni  ortosurm a 
kisloita  K H 2S b 0 4  ning  kaliyli  no rdo n  tuzi)  natriy  tuzla- 
rining  eritm alari  bilan  oq  kristall  ch o ‘kma  —  natriy  digid­
ro an tim o n at  hosil  qiladi:
N a ++  H 2S bO ;  =   N a H 2S b 0 4i
Reaksiyani  bajarib  ko‘rish  uchun  natriy  tuzi  eritm asi­
dan  2—3  tom chi  olib,  unga  reagent  eritm asidan  ham 
xuddi  shuncha  q o ‘shiladi  va  probirka  devorlari  shisha 
tayoqcha  bilan  ishqalanadi.  C ho‘kma  kristall  holatda  ekaniga 
ishonch  hosil  qilinadi  (bu  N aH 2S b 0 4  ning  muhim  belgisi).
77

Buning  uchun  cho‘kma  batam om   tushguncha  eritma  tinch 
q o ‘yiladi,  keyin  og'zi  teshikli  tiqin  bilan  berkitiladi  va 
probirka  to ‘nkariladi.  Probirka  devorlarida  kub  shaklidagi 
yirik  kristallar  k o ‘rinadi.
Mg2+  IONLARI  REAKSIYALARI
0 ‘yuvchi  ishqorlar 
M g 2+ 
ioni  bilan  oq  rangli  am orf 
holatdagi  c h o ‘km a — 
M g ( O H ) 2 
hosil  qiladi:
M g2++  2 0 H -   ->  M g(O H )2i
Bu  reaksiyadan  M g2+  ionini  boshqa  kationlardan  ajra- 
tish  uch u n  foydalanish  m um kin,  chunki  I  gruppadagi 
boshqa  m etallarning  gidroksidi  suvda  yaxshi  eriydi.
M agniy  gidroksidi  kislotalarda  va  am m oniy  tuzlarida 
eriydi  (tajriba  qilib  ko 'rib   bunga  ishonch  hosil  qiling), 
dem ak,  N H 4+  ionlari  ishtirokida  Mg2+  ni  to ‘liq  ajratib 
b o ‘lm a y d i.  B a ’zi  e ritm a la rd a   N H 4  io n i  b o 'lg a n d a , 
M g(O H )2  butunlay  tushm asligi  ham  m um kin.  Quyidagi 
tajribalar  buni  tasdiqlaydi:
a)  magniy  tuzi  eritm asidan  2  tom chi  olib,  unga  N H 4C1 
ning  to ‘yingan  eritm asidan  2  tom chi  va  am m iakning  2  n 
li  erim asidan  2  tom chi  ta ’sir  ettirilganda  c h o ‘km aning 
tushish-tushm asligi  tekshiriladi;
b)  xuddi  shu  tajribani  takrorlang,  lekin  N H 4C1  eritmasi 
o ‘rniga  2  tom chi  suv  tom izib  ko‘ring.
E ritm ada  N H 4C1  ning  b o'lishi  N H 4OH  ning  disso- 
tsiyalanishini juda  susaytirib,  OUT  ionlari  konsentratsiyasini 
kam aytiradi  deyilgan  edi.  Shuning  uchun  ham   M g(O H )2 
N H 4C1  ishtirokida  c h o ‘kmaga  tushm aydi.  M g(O H )2  ning 
ch o 'k m ag a  tushishiga  yo‘l  q o ‘ymaslik  uchu n  eritm aga 
am m oniy  tuzi  qo‘shish  kabi  tadbirdan  keyinchalik  ko‘proq 
foydalanam iz.
78

II  G RUPPA  KATIONLARINI  T O PISH
II 
gruppa  kationlarining  analitik  gruppasiga  Ca2+,  Sr2+ 
va 
Ba2+  ionlari  kiradi.  Bu  ionlarning  sulfatlari  suvda  qiyin 
eriydi.  Shunga  k o ‘ra,  II  gruppa  kationatlarini  karbonatlar 
holida  c h o ‘ktirish  ancha  qulay,  chunki  bu  tuzlarning 
eruvchanlik  ko'paytm asi  yetarli  darajada  kichikdir.  Shu- 
ning  uch u n  ularni  karbonatlar  holida  c h o ‘ktirish  ancha 
qulaydir,  y a’ni  II  gruppa  kationlarining  gruppa  reagenti 
sifatida  am m oniy  karbonatdan  foydalaniladi.  U ndan  tash- 
Ijari,  h ar  b ir  kation  uchun  alohida  reagent  mavjud.
Sulfat  kislota  va  eruvchan  sulfatlar  (SO 2-  ionlari)  Ba2+ 
Ioni  bilan  oq  c h o ‘kma —  B a S 0 4  hosil  qiladi:
^  Bariy  sulfat  kuchli  kislotaning  qiyin  eruvchan  tuzi 
|*b‘lgani  u ch u n   kislotalarda  erim aydi.  B a S 0 4  ni  eritm aga 
1 ‘tkazish  uchun  B a C 0 3  ga  aylantiriladi,  so ‘ngra  kislotada
A m alda  bu  ishni  bajarish  uchun  B a S 0 4  ga  natriy  kar- 
bo n atn in g   to ‘yingan  eritm asi  q o ‘shib  qizdiriladi  (h o ‘l 
usul).
B aS 0 4  reaksiyada  hosil  b o ‘layotgan  B aC 0 3  ga  qaraganda 
kam  eruvchan  bo'lgani  sababli,  bu  reaksiya  qaytar  b o ‘lib, 
uni  oxiriga  yetkazish  uchun  cho'km ani  ko‘p  marta  N a2C 0 3 
bilan  ishlash  kerak.  Bunda  tarkibida  reaksiyada  hosil  bo‘lgan 
S O 2-  io n lari  b o r  suyuqlikni  c h o 'k m a   u stid an   t o ‘kib 
tashlab,  uning  o ‘rniga  N a2C 0 3  eritm asining  yangi  qismi 
quyib  turiladi.
Bariy  sulfatni  5—6  barobar  k o ‘p  m iqdordagi  N a ,C 0 3 
va 
K2C 0 3 tuzlari  aralashm asi  bilan  tigelda  suyuqlantirish 
y o ‘li  bilan  ham   bariy  karbonatga  aylantirish  m um kin
Ba2+  + SO2'   о   BaS04  I
BaS04  4  + C 0 2-  -»  B aC 03  4  +S 02"
B aC 03   +2C H 3COOH  -> Ba2+  + 2CH 3C O O '  + H 20  + CO
79

(quruq  usul).  K arbonatlar  aralashm asi  olishning  sababi 
u lar  tarkibiga  kirgan  h a r  ikkala  m oddadan  ham   past 
tem peraturada  suyuqlanadi.  Tigeldagi  aralashm a  suyuq- 
langandan  so‘ng  sovitiladi,  so‘ngra  hosil  b o ‘lgan  N a2S 0 4 
va  K2S 0 4  ortiq cha  m iqdordagi  N a2C 0 3  va  K2C 0 3  bilan 
birgalikda  suvda  erib  ketadi,  B a C 0 3  esa  cho‘kmada  qoladi. 
C h o ‘kma  eritm adan  ajratiladi,  yaxshilab  yuviladi  va  kis- 
lotada  eritiladi.
Ammoniy  oksalat  (N H 4)2C20 4,  ya’ni  am m oniy  va  oksa­
lat  kislota  tuzi  Ba2+  ioni  bilan  oq  cho'km a —  BaC20 4  hosil 
qiladi:
Ba2+  + C 20 2
4-  =
 BaC20 4  I
C h o ‘kma  HC1  va  H N 0 3  da  eriydi,  qizdirilganda  esa 
konsertlangan  C H 3CO O H   da  ham  eriydi.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> Moddalakning kimyoviy texnologiyasi
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling