E nuritdinov


To'qimalarda gaz almashinuvi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

To'qimalarda gaz almashinuvi 
 
Organizm hujayralari va to'qimalarining kislorod olib, karbonat angidrid chiqarishdan 
iborat  murakkab,  fiziologik  jarayon  to'qimalarning  nafas  olishi  deyiladi.  Bu 
jarayonlar  yoki  reaksiyalar  natijasida  ma'lum  miqdorda  energiya  hosil  bo'ladi. 
To'qimalarning  nafas  olishi  dissirnilatsiya  shakllarining  bin  bo'lib,  moddalar 
parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiya hisobiga butun tiriklik jarayonlar (tirik 
moddaning  yangilanishi,  to'qimalarning  o'sishi  va  taraqqiy  etish,  mushaklarning 
qisqarishi, bezlarning shira chiqarishi va h.k) sodir bo'ladi. 
Yuqorida  aytib  o'tkanimizdek,  ko'p  hujayralar  kislorod  olib,  karbonat  angidrid 
chiqaradi.  Turli  hujayralar  har  xil  miqdorda  kislorod  sarf  qiladi.  Bezlar,  buyrak  va 
bosh miya yarim sharlari boshqa a'zolarga qaraganda ko'proq kislorod sarf qiladi. Bir 
to'qimaning o'zi har xil miqdorda kislorod sarflaydi. Bunda kislorod sarfi to'qimaning 
kam yoki ko'p ishlashiga bog'liq. To'qima qancha ko'p ishlasa, shuntha ko'p kislorod 
sarf bo'ladi. 


 
65 
To'qima hujayralari va kapillarlardagi qon orasida gazlar almashinuvi diffuziya yo'li 
bilan  o'tadi.  Bu  jarayonning  sodir  bo'lishi  uchun  to'qimada  kislorodning  parsial 
bosimi  qondagiga  qaraganda  kam,  karbonat  angidridning  parsial  bosimi  esa  ko'p 
bo'lishi kerak. 
To'qimalarda  sarf  etilgan  kislorod  miqdori,  bir  tomondan,  a'zoning  ishiga  bog'liq 
bo'lsa,  ikkinchi  tomondan,  bu  a'zoning  qon  bilan  ta'min  etishiga  va  qondagi 
kislorodning  parsial  bosimiga  bog'liq.  Bu  omillarning  hammasi  turg'un  bo'lmay 
o'zgarib turadi. 
Kislorodning  to'qimalarga  kirishi  ularda  bo'ladigan  oksidlanish  jarayonlarini 
ta'minlaydi.  Bu  jarayonlarnihg  mexanizmi  hali  yaxshi  aniqlangan  emas.  So'nggi 
vaqtdagi ma'lumotlarga qaraganda, moddalarning 
oksidlanishi  uch  xil  yo'l  ,  bilan  vujudga  keladi:  1)  moddaga  kislorod  qo'shilishi;  2) 
ularning vodorod yo'qotishi; 3) elektron ajratishi. 
To'qimalarda  oksidlanish  jarayonlarining  vujudga  kelishi  haqidagi  hozirgi  zamon 
tushunchalari  amerikalik  olim  Genri  Svan  tadqiqotlariga  asoslangan.  Uning 
tekshirishlariga  qaraganda,  hujayralarda  moddalarning  oksidlanishi  ulardan  vodorod 
ajralib chiqishi bilan sodir bo'ladi. Organik moddalarning vodorod ajralishi hisobiga 
oksidlanishi kislorodsi/ ham vujudga kela oladi. Buning uchun vodorodni ajratadigan 
maxsus  fermcnt-degidraza  va  vodorodni  qabul  qilib  oladigan  modda  (akseptor) 
bo'lishi  shart.  Moddalar  almashinuvi  natijasida  hujayralarda  hosil  bo'ladigan  har  xil 
organik  molekulalar  shunday  akseptor  rolini.  o'ynay  oladi.  Bu  kislorodsiz  (anaerob) 
oksidlanish jarayoni akseptorlar vodorodga tuyingandan keyin to'xtaydi. Oksidlanish 
reaksiyalarini  oxiriga  yetkazish  uchun  akseptorlar  o'zlaridan  vodorodni  ajratib 
chiqarishi  kerak.  Bu  esa  kislorodli  sharoitda  vujudga  keladi:  kislorod  vodorod  bilan 
birikib, suv hosil qiladi (43-rasm). 
Qon  aylanish  katta  doirasining  kapillarlaridan  o'tayotgan  qon  o'/idagi  kislorodning 
hammasini bermaydi. Arterial qonda qariyb 20 hajm % kislorod bor; venoz qonda esa 
taxminan 12 hajm % O2 bo'ladi. Shunday qilibr 20 hajm. % kisloroddan to'qimalar 8 
hajm % ill, ya'ni qondagi jami kislorodning 40% ni oladi. 

Arterial  qondagi  kislorodning  to'qimalar  oladigan  va  foizlar  bilan  ifodalanadigan 
miqdori  kislorodning  utili/atsiya  koeffitsienti  deb  ataladi.  Bu  ko'rsatich  bir  qancha 
fiziologik  sharoitlarga  qarab  o'zgaradi,  .Organi/m  tinch  turganda  bu  koeffitsient  30-
40%  ga  teng.  Og'ir  jismoniy  ish  bajarilganda  mushaklardan  ketayotgan  venoz 
qondagi kislorod miqdori 
kamayib,  8-10%  gacha  tushadi.  Demak,  kislorodning  utilizasiya  koeffitsienti  oshib, 
50-60% gacha yetadi. 
Ishlamay turgan kapillarlar to'qimaning ishlashi tufayli ochilib, to'qimalarga qonning 
tez  o'tishini  ta'minlaydi.  Sut  kislotasi  bilan  karbonat  kislotaning  ko'p  hosil  bo'lishi 
(buning  natijasida  gemoglobinning  kislorod  biriktirish  xossasi  susayadi  va 
to'qimalarga  kislorod  tezroq  diffuziyalanib  o'tadi)  ham  utilizatsiya  koeffitsientini 
oshiradi, nihoyat ishlayotgan mushaklarda haroratning ko'tarilishi va hujayrada sodir 
bo'ladigan  fermentativ  hamda  energetik  jarayonlarning  kuchayishi  kislorod 
utilizatsiyasini  oshiradi.  Shunday  qilib,  to'qimalarga  kislorod  yetkazib  berilishi 
oksidlanish jarayonlarining jadalligiga qarab boshqariladi. 
 


 
66 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling