E. P. Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga
Download 226.08 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza. Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari
1.3.
Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali, tahliliy fikrlashning olti quroli Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishda tahliliy fikrlashga aloqador tafakkur qurollarining soni faqat oltita emas, aslida ancha ko’p. Lekin biz eng muhimlarini tanlab olib, quyida ularni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. 1-qurol: Talqin Talqin deganda sizga taqdim etilgan axborotni to’g’ri tushunib, uni boshqalarga to’g’ri yetkazib bera olish qobiliyati tushuniladi. Ishda yoki o’qishda siz turli holatlarda har xil ma’lumotlar bilan yuzlashasiz. Masalan, mijozlar uchun internet saytlarini yaratuvchi kompaniyada ishlasangiz, mijoz sizga qanday saytni xohlashi haqida o’z tushunchasi bilan ma’lumot beradi. Siz bu ma’lumotni to’g’ri tushunib, uni rahbariyatingizga yoki saytni yaratuvchi xodimlarga ular tushunadigan uslubda tushuntirib bera olishingiz kerak. 2-qurol: Tahlil Tahlil deb turli qismlardan iborat axborotlarni jamlab, ularning xulosasini tushunishga aytiladi. Masalan, siz ishlovchi kompaniya keyingi besh yillik ish rejasi haqida bayonot chiqardi. Unda kutilayotgan o’zgarishlar, kompaniya oldida turgan eng ustuvor vazifalar haqida umumiy ma’liumot berilgan. Siz bu bayonotni o’qib, uning siz egallab turgan lavozimga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilasiz. Sizning lavozimingiz yoki ishingiz haqida hech qanday aniq ma’lumot aytilmagan bo’lsa ham, kelgusi besh yillik reja va ustuvor vazifalarni tahlil qilib, bu o’zgarishlar ish o’rningizga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida xulosa chiqarasiz. 3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma’lumotlar asosida to’g’ri xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim bo’lishini anglash qobiliyatidir. Masalan, oxirgi oyda kompaniyangiz mahsulotlarining sotilishi ancha kamaydi. Boshqaruvchi sifatida buning sababini bilishingiz juda muhim. Aniq sababi haqida to’g’ri xulosaga kelish uchun esa sizga yana qo’shimcha ma’lumotlar kerak bo’lishini tushunishingiz kerak. Ishlab chiqarish bilan bog’liq ichki muammolar, bozorda raqobatning kuchaygani yoki talabning sustligi kabi turli omillar savdoning pasayishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz ana shu barcha omillarni o’rganib, dalillardan foydalanib, nega savdo kamaygani haqida so’nggi xulosaga kelasiz. 4-qurol: Baholash Sizga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash uchun shu axborotni sizga yetkazayotgan shaxsning tajribasi, fikri va qarorining qanchalik xolisligini to’g’ri baholay olishingiz kerak. Masalan, siz kompaniyangiz mahsulotlarining qanchalik sifatli yoki sifatsiz ekanini aniqlash uchun bir necha mijoz o’rtasida so’rov o’tkazasiz. Mijozlarning yarimlari mahsulot haqida salbiy, ayrimlari ijobiy fikr bildiradi. Mahsulotingiz haqiqatan sifatli yoki sifatsiz ekani haqida so’nggi xulosaga kelishdan oldin fikr bildirgan mijozlarning aytganlari qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini boshqa omillarni hisobga olgan holda tekshirib chiqishingiz kerak. Ya’ni, ularning gaplarini tekshirmasdan to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishingiz sizning baholash qobiliyatingiz zaifligidan dalolat beradi. 5-qurol: Tushuntirish Siz ma’lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo’shimcha ma’lumotlar orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan axborotni qabul qilayotgan odamda tug’iladigan qo’shimcha savollarga ham javob bera olishingiz kerak. Demak, biror masalani o’rganganda uni boshqalarga batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz kerak. Masalan, kompaniyada sizning qo’l ostingizda ishlaydigan xodim o’tgan oy amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Siz bu hisobotni endi rahbaringizga topshirishingiz kerak. O’tgan oy qilingan ishlar haqida gapirganingizda qo’lingizdagi hisobotda mavjud bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlarga ham ehtiyoj tug’ilishi mumkin. Chunki rahbaringiz hisobot bo’yicha qo’shimcha savollar berishi mumkin. Demak, siz mavzuni to’liq tushuntirib berishga tayyor turishingiz kerak. 6-qurol: Imkoniyatingiz chegarasini bilish Biror ishni amalga oshirishda o’z imkoniyatlaringiz chegarasini hisobga oling va qurbingiz yetmaydigan ishlarni bajarishga urinmang. Masalan, siz bir kompaniyaga yangi xodim bo’lib ishga keldingiz va mijozlardan biri telefon qilib, ko’rsatilgan xizmat yuzasidan yordam so’ramoqda. Siz mijozga yordam berishni va unda yaxshi taassurot qoldirishni xohlaysiz, ammo u so’rayotgan masalada hali sizda yetarli bilim yoki tajriba yo’q. Bunday holatda muammoning eng yaxshi yechimi telefonni tajribaliroq boshqa hamkasbingizga berishdir. Ishonchingiz komil bo’lmasa, o’zingiz bilmagan masalada gapirishdan yoki biror qaror qabul qilishdan ehtiyot bo’ling. Download 226.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling