E-qaror gov uz 183-10-137-F/22
Download 214.13 Kb. Pdf ko'rish
|
183-10-137-F 22
e-qaror.gov.uz 183-10-137-F/22 1 2022 - yil 28 - oktabr 183-10-137-F/22 Bo‘ka tuman hokimligi Tumanda faoliyat yuritib kelayotgan “Sweet Food Golden Hause” MCHJga tungi vaqtda faoliyat yuritish uchun ruxsat berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 624-sonli qarori va Bo‘ka tumani hokimining 2022 yil 28-oktabrdagi 28-sonli yig‘ilish bayoni hamda “Sweet Food Golden Hause” MCHJning tuman hokimi nomiga yozgan arizasini inobatga olgan xolda, 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104- sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 624-sonli qarorlariga asoslanib tumandagi “Sweet Food Golden Hause” MCHJga ertalabki soat 9.00 dan tungi soat 24.00 gacha faoliyat yuritishiga ruxsat berilsin. 2. Tuman davlat soliq inspeksiyasi A.Kadirov korxona tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun byudjet tushumlari va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratilishi bo‘yicha tegishli tartibda ishlarni tashkil etsin. 3. Tuman ichki ishlar bo‘limi A.Babaxanov patrul guruhlari tomonidan tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlar joylashgan yo‘nalishlarda doimiy nazorat o‘rnatilishiga alohida eʼtibor qaratsin. 4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi e-qaror.gov.uz 183-10-137-F/22 2 o‘rinbosari Y.Inoqov hamda tuman IIB boshlig‘i A.Babaxanov zimmasiga yuklatilsin. Tuman hokimi N.Abbosov Download 214.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling