E-qaror gov uz 98-11-156-Q/23
Download 304.92 Kb. Pdf ko'rish
|
98-11-156-Q 23
98-11-156-Q/23
2 Bo’limlar, tashkilotlar va boshqa muassasalarning Quva tumani Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat funktsional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha funktsiyalari 2-ilovaga muvofiq; Tuman mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha funktsiyalari 3-ilovaga muvofiq; Quva tumani Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat hududiy quyi tizimi xizmatlari ro’yxati 4- ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Tumandagi boshqarma va bo’limlar, tashkilotlar, muassasalar, tuman hokimligi, FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlar bir oy muddatda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tegishli funktsional va hududiy quyi tizimlari to’g’risidagi nizomlarni qayta ko’rib chiqsinlar (ishlab chiqsinlar) hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar. 3. Favqulodda vaziyatlar bo’limi (J.Xolmatov), tuman xokimligi axborot xizmati (T.Xolmatov): bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi 171-sonli qarorining mazmun-mohiyati, qarorga asosan amalga oshiriladigan ishlar tegishli tashkilotlarga va jamoatchilikka yetkazilsin; uch oy muddatda tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda harakat qilish bo’yicha amaldagi hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilsin; mazkur qaror va nizom talablaridan kelib chiqqan holda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo’yicha hamkorlikdagi rejalar, yo’riqnomalar qayta ko’rib chiqilsin; qarorda belgilangan tadbirlarning ijrosi nazoratga olinsin hamda tuman FVDTning to’laqonli faoliyat ko’rsatishi muvofiqlashtirib borilsin. 4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Quva tumani hokimining 2020 yil 25 noyabrdagi 2463-sonli qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimiligi bosh mutaxassisi H.Sodiqov va tuman Favqulodda vaziyatlar bo'lim boshlig’i J.Xolmatov zimmasiga yuklansin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling