E-qaror gov uz Vi-42-3-10-144-K/22


Download 205.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi205.06 Kb.
#1731702
  1   2   3   4   5
Bog'liq
VI-42-3-10-144-K 22



e-qaror.gov.uz
VI-42-3-10-144-K/22
1
2022 йил «28» январ
VI-42-3-10-144-K/22
Чиноз туман ҳокимлиги
Chinoz tumani mahalliy budjetining 2021-yilgi ijrosi hamda 2022-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq
mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida
Chinoz tumani mahalliy budjeti daromadlar qismi bo‘yicha 2021-yilgi budjetga soliqlar va
tushumlarning aniqlangan rejasi 41 mlrd 269 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda esa 47 mlrd 670 mln
so‘mga, ya’ni reja 115 foizga yoki rejaga nisbatan 6 mlrd 401 mln so‘mga ortig‘i bilan bajarilishi ta’minlandi.
2021-yil yakuni bo‘yicha mahalliy budjet daromadlariga tushgan tushumlar soliq va yig‘imlar kesimida
tahlil qilinganda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha reja 1750,6 mln so‘m belgilangan bo‘lib,
haqiqatda 1922,1 mln so‘mga (171,4 mln so‘mga ko‘p) yoki 109 foizga, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha
reja 3500,6 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda 3493,9 mln so‘mga (6,7 mln so‘mga kam) yoki 99 foizga,
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha reja 9680,8 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda
11799,3 mln so‘mga (2118,5 mln so‘mga ko‘p) yoki 121,9 foizga, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan
qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha reja 1375,9 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1260,6 mln so‘mga (115,3
mln so‘mga kam) yoki 91 foizga, benzin, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya
qilishdagi aksiz solig‘i bo‘yicha reja 4749,5 mln so‘m, xaqiqatda 6050,6 mln so‘mga (1301,1 mln so‘mga ko‘p)
yoki 127 foizga, yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha reja 1230,8 mln so‘m belgilangan
bo‘lib, xaqiqatda 1422,4 mln so‘mga (191,6 mln so‘mga ko‘p) yoki 115,0 foizga, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha reja 1018,5 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1617,8 mln
so‘mga (599,2 mln so‘mga ko‘p) yoki 158,0 foizga, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha reja
4548,4 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda 5178,0 mln so‘mga (629,6 mln so‘mga ko‘p) yoki 113 foizga
bajarilgan.
Mahalliy budjetning xarajatlar qismi bo‘yicha 2021 yilgi harajatlar rejasi 128 mlrd 625 mln so‘mni
tashkil qilib, haqiqatda ijrosi 128 mlrd 207 mln so‘mga yoki aniqlangan rejaga nisbatan 100 foizga bajarildi.
Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 77 013,0 mln so‘m (100 %), ish haqidan
ajratmalar uchun 14 403,0 mln so‘m ( 100 %) hamda boshqa harajatlar uchun 36 790,0 mln so‘m (100 %). Oziq-
ovqat xarajatlari uchun 3667,8 mln so‘m (100 %), dori-darmon xarajatlari uchun 2348,2 mln so‘m (100%),
kommunal to‘lovlar xarajatlari uchun 3 733,0 mln so‘m (100 %), joriy ta’mirlash xarajatlari uchun 2325,2 mln
so‘m (100 %), ichki xo‘jalik yo‘llari uchun 1512,9 mln so‘m mablag‘lar sarflanib kassa harajatlari amalga
oshirildi.
Shundan, budjet tashkilotlarini joriy yil davomida ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirilishi quyidagicha
tahlil qilindi.



Download 205.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling