E rta qaytgan turnala r ( q issa ) Chingiz Aytmatov


Download 0.79 Mb.
Pdf просмотр
bet1/11
Sana10.06.2019
Hajmi0.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

 

E

RTA QAYTGAN TURNALAR 

(

QISSA



Chingiz Aytmatov

 

Chingiz Aytmatov 

 

Oʻgʻlim Asqarga 

 

 

Oqsoy, Koʻksoy, Sariqsoy — kezmagan yer qolmadi,  



Lekin hech bir oʻlkadan oʻxshashing topilmadi... 

Qirgʻiz xalq qoʻshigʻi 

 

 

Iovga eltdi chopar shumxabar:  



«Oʻgʻlonlar koʻksiga sanchilmish xanjar...» 

«Iov» kitobidan 

 

 

Qayta-qayta dalasini shudgor qilar qoʻshchilar, 



Qayta-qayta sepadilar yerlariga urugʻ, don, 

Qayta-qayta yomgʻir bilan siylar ularni osmon... 

 

 



Umid bilan yer haydaydi odamlar

Umid bilan urugʻ sochar odamlar, 

Umid bilan dengiz ketar odamlar... 

(Qadimgi Hindiston adabiyoti yodgorliklaridan) 

 

B

IRINCHI BOB



 

Sovqotib, dagʻal shol roʻmolga oʻranib olgan muallima Inkamol opa geografiya darsida Seylon 

haqida, okeanning Hindistonga yaqin qirgʻoqlarida joylashgan oʻsha afsonaviy orol haqida 

hikoya qilar edi. Seylon maktab xaritasida bepoyon yerga nisbatan bir nuqtaday koʻrinar edi. 

Yaxshilab tinglasang, nimalar yoʻq u yerda, maymunlaru fillar ham, bananlar ham (qandaydir 

mevalar), dunyoda eng yaxshi choy ham va turli-tuman yovvoyi mevalar, notanish oʻsimliklar 

ham bor. Hammasidan ham uyoq doim shunday issiq boʻladi-ki, yil boʻyi bemalol 

yuraverasan: etik ham, qalpoq ham, paytava-yu poʻstin ham kerak emas. Oʻtinni-ku, 

umuman, keragi yoʻq. Shunday boʻlgach, koʻray terib kelish uchun dalaga borishning, 

burning yerga tegay-tegay deb shox-shabba, oʻtin orqalab kelishning keragi ham yoʻq. Mana 



E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

yashash deb shuni aytadi-da. Maza qilib yuraver, hohlasang oftobda isin, xohlamasang soyada 



yot. Seylonda kecha-yu kunduz havo issiq, shunday rohatki, yozning nihoyasi koʻrinmaydi. 

Qancha xohlasang shuncha choʻmilaver, xohla ertalabdan kechgacha. Zeriksang 

tuyaqushlarni quvla, tuyaqushlarmi, albatta bor u yerda. Uyokda boʻlmay qayerda boʻlsin 

yana bu kattakon ovsar qushlar. Seylonda aqlli qushlar ham bor, masalan, toʻti. Agar 

xohlasang uni tutib olasan-da, sayrashga, kulishga, hatto raqs tushishga ham oʻrgatasan. Toʻti 

shunday qushki, hamma narsa qoʻlidan keladi. Aytishlaricha, shunday toʻtilar ham bor 

ekanki, hatto oʻqishni ham bilarmish. Ovuldagilardan kimdir oʻqishni biladigan toʻtini 

Jambul bozorida koʻrgan ekan. Tumshugʻiga gazeta tutsang sharillatib oʻqib 

tashlayverarmish... 

 

E-he, nimasini aytasan, ajoyibotlarning hammasi Seylonda. Hech narsani xayolingga 



keltirmay bemalol yashayverasan. Muhimi, plantatsiya egasining koʻziga koʻrinmasang 

boʻlgani. Qoʻlida qamchisi bilan yuradi. Xuddi qullariday seylonliklarning yelkalariga qamchi 

bilan tushirib qoladi. Zolim! Quloq-chakkasiga qarsillatib tushirsang-da, koʻzlaridan olov 

chiqib ketsa. Qamchisini tortib olib, oʻzini ishlashga majbur qilsang. Ekspluatatorlar-u 

kapitalistlar erkaligini yigʻishtirib qoʻysin, boshqa gap yoʻq: oʻzing uchun oʻzing ishla, oʻz 

chorigʻingni oʻzing sudra, vassalom! Axir oʻshalardan fashistlar kelib chiqadi-da... Urush ham 

oʻshalarning ishi... Ovullaridan qancha kishi halok boʻldi-yu, onasi har kuni yigʻlaydi, hech 

narsa demaydi-yu, yigʻlaydi, otasini oʻldirib qoʻyishlaridan qoʻrqadi. Qoʻshni xotinga esa, bir 

falokat boʻlsa, qayerga boraman toʻrt bolam bilan, deydi... 

 

Sovuq sinf xonasida junjikkan, bolalar yoʻtalining toʻxtashini toqat bilan kutib turgan 



Inkamol opa Seylon, dengizlar va issiq mamlakatlar haqidagi hikoyasini yana davom ettirdi. 

Eshitayotganlariga goh ishonib, goh ishonmay (juda ajoyib ta’riflanar edida oʻsha oʻlkalar) 

Sultonmurot Seylonda yashamayotganiga ich-ichidan afsus qila boshladi. «Ana yashash-u, 

ana senga hayot!» — oʻylar edi u koʻz qiri bilan deraza tomonga qarab-qarab qoʻyarkan. U 

buni qoyillatardi. Goʻyo muallimaning soʻzini tinglayotganday boʻlardi-yu, oʻzi esa derazadan 

koʻz uzmasdi. Ammo tashqarida oʻzgarish yoʻq edi. Tashqarida yogʻingarchilik. Boʻralab qor 

yogʻardi. Qor uchqunlari derazaga urilib shitirlardi. Oynalar muz bilan qoplangan. Deraza 

oynalari xira. Derazalarning zamaskalari har joy-har joyidan koʻchib, siyohga belangan deraza 

tokchasiga tushib yotardi. «Цeylonda zamaskaning keragi yoʻq, — oʻylardi u. — Kimga ham 

kerak? Deraza u yoqda tursin, uylarning nima keragi bor. Chayla qurib olib, tepasini 

yaproqlar bilan yopib olgin-da, yashayver...» 

 

Derazadan hamisha shamol urib turar, hatto romlarning tirqishlaridan hushtak chalib 



oʻtayotgani eshitilardi. Derazaning oʻng yonboshi ayniqsa sovuq edi. Chidashga toʻgʻri keladi. 

Deraza yoniga uni Inkamol opaning oʻzi oʻtqazib qoʻygan. «Sen Sultonmurot, — degan edi u, 

— sinfda eng baquvvatsan. Sovuqqa chiday olasan». Avvallari sovuq tushgunga qadar, bu 

joyda Mirzagul degan qiz oʻtirardi, uni Sultonmurotning joyiga koʻchirdilar. U yer unchalik 

sovuq emas. Shunday boʻlsa ham uni shu yerda, mana shu partada qoldirganlari yaxshi edi. 

Baribir sovuqni Sultonmurot toʻsib turardi. Oʻtirishardi-da yonma-yon. Endi boʻlsa tanaffus 

payti yoniga borsang qizarib ketadi. Boshqalar bilan gaplashib turaveradi-yu, Sultonmurot 

kelishi bilanoq qizarib qochib qoladi. Orqasidan quvib yurishi noqulay. Kulgiga qoladi. Bu 



E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

qizlar har xil uydirmalar toʻqishga juda usta. Darrov yozuvlar paydo boʻladi: «Sultonmurot — 



Mirzagul — oshiq-ma’shuq». Bir partada oʻtirishganida-ku, hech narsa boʻlmasdi... 

 

Tashqarida gupillab qor yogʻardi. Havo ochiq kunlari sinf xonasidan turib qarasang shundoq 



koʻz oldingda togʻlar turadi. Maktabning oʻzi ham tepalikda, ovuldan ancha balandliqda 

joylashgan. Ovul pastda, maktab tepada. Shuning uchun bu yerdan, maktabdan turib atrofni 

kuzatish oson. Uzokdagi qorli togʻlar xuddi rasmdagiday koʻrinadi. Hozir esa qorongʻida 

ularning gʻamnok turishi zoʻrgʻa koʻzga chalinadi. 

 

Qoʻl ham, oyoq ham uvushib qoladi. Hatto belinggacha sovqotadi. Eh, sinf shunday sovuqki. 



Avvallari, urushdan oldin maktab quritilgan qoʻy qiyi bilan isitilardi. Xuddi koʻmirning oʻzi 

edi: zoʻr yonardi. Endi boʻlsa poxol olib kelishadi. Poxol pechkada gur etib yonadi-yu, hech 

qanday issiq bermaydi. Bir-ikki kun oʻtgach, poxol ham tugaydi. Poxoldan faqat kul qoladi. 

 

Afsuski, Talas togʻlari tabiati issiq oʻlkalarnikiday emas. Tabiati boshqacha boʻlganida 



yashash ham boshqacharoq boʻlarmidi. Oʻz fillari boʻlardi. Xuddi buqalarni minib yurganday 

fillarni minib yurishardi. Nima boʻpti, qoʻrqib oʻtirmasdi. Birinchi boʻlib oʻzi qoq kallasiga, 

ikkala quloqlari orasiga minib olardi-da, xuddi darslikdagi rasmdagiday ovul boʻylab aylanib 

yurardi. Odamlar har tomondan: «Qaranglar, yuguringlar, Bekboyning oʻgʻli Sultonmurot fil 

minib yurib-di!» — deyishardi. Ana oʻshanda Mirzagul koʻrardi-yu, havasi kelib afsuslanardi 

balki... Oʻziga zeb berganini qara-yu! Yaqiniga yoʻlab boʻlmaydi. Achchigʻi chiqsa maymun 

bilan gazeta oʻqiydigan toʻti topadi. Ularni fil ustiga, orqasiga oʻtirgʻizib qoʻyadi. Joy yetadi, 

filning ustiga butun sinf bolalari bilan oʻtirsa ham boʻladi. Rost! Buni u birov aytmasa ham 

biladi. 

 

Tirik filni u oʻz koʻzi bilan koʻrgan, buni hamma biladi, tirik maymunni va boshqa xil 



yirtqichlarni ham koʻrgan. Bu haqda ovulda hamma biladi, oʻzi necha marta aytib bergan. Ha, 

oʻshanda omadi kelib, ularni koʻrgan edi... 

 

Urushgacha, naq urushdan bir yil oldin boʻlib oʻtgan edi uning hayotidagi bu unutilmas 



voqea. Oʻshanda ham yoz edi. Pichan oʻrishayotgan edi. Otasi Bekboy oʻsha yili Jambuldan 

shu yerdagi MTSning neft omboriga yonilgʻi tashirdi. Har bir kolxoz yonilgʻi tashib kelishga 

transport ajratishi kerak edi. Otasi hazillashib oʻzini oʻzi maqtab qoʻyardi: men, der edi, 

oddiy aravakash emasman, bahosi yoʻq aravakashman, men uchun, otlarim va aravam uchun 

kolxoz hukumatdan haq oladi. Men, deydi, kolxoz hamyoniga daromad keltiraman. Shuning 

uchun buxgalter koʻrgan joyida otdan tushib salom beradi... 

 

Otasining aravasi faqat kerosin tashishga jihozlangan edi. Kuzovsiz, shundoq toʻrt gʻildirak 



ustida temir qisqichlarga oʻrnatilgan ikkita temir bochka-yu old tarafda, eng oldinda, 

aravakash oʻtiradigan joy. Aravaning bor-yoʻgʻi shu. Aravakashning joyiga ikki kishi oʻtirsa 

boʻladi, ammo uch kishiga torlik qiladi. Lekin otlar shunday zoʻrki, ulardan yaxshisini 

topolmaysan. Otasining otlari ajoyib, baquvvat edi. 

 

Burul axta Chopdor bilan toʻriq axta Chontor. Ularga urilgan jabduq ham pishiq, oʻzi ham 



E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

lop-loyiq. Boʻyinturuqlari boyvachchalarnikiday noyob, koʻpdan qilingan abzallari arava moyi 



bilan moylangan. Ming tortsang ham uzolmaysan. Bunday uzoq yoʻlda shunday boʻlishi ham 

kerak-da. Otasi pishiq, tartibli ish qilishga oʻrgangan. Doim otlarni bir maromda yoʻrttirardi. 

Chopdor bilan Chontor ba’zan yollarini silkitib, bir maromda chopib, xuddi ikkita baliq 

baravar suzayotganday soyalanib kelardiki, ularni tomosha kilish gashtli edi. Odamlar 

gʻildirak tovushlarini uzokdan eshitiboq: «Bekboy yana Jambulga ketyapti», — deyishardi. 

Borish-kelish uchun ikki kun ketardi. Bekboy ortiga qaytar ekan, yuzlab kilometr yoʻl 

bosganga sira oʻxshamas, odamlar hayron qolishardi. «Bekboyning aravasi xuddi rel'slarda 

yuradigan poyezdning oʻzginasi-ya!» Ular bekorga hayratlanmasdilar. Toliqqan yoki soʻligʻi 

oʻynagan ulovni arava gʻildiraklarining ovozidan ham payqasa boʻladi. Yoningdan oʻtguncha 

joningni sugʻurib oladi. Bekboyning otlari esa doim yengil yoʻrgʻalaydi. Balki shuning uchun 

ham eng qiyin safarlarni uning zimmasiga yuklashgandir. 

 

Shunday qilib, oʻtgan yili endi oʻqish tugab, ta’til boshlanganida otasi shunday deb qoldi: 



— Shaharga birga olib boraymi? Sultonmurot azbaroyi quvonganidan nafasi boʻgʻziga tiqilay 

dedi. Boʻlmasa-chi. Otasi uning shaharni koʻrishni koʻpdan beri orzu qilib yurganini 

qayerdan biddiykin? Axir hali shaharda biror marta ham boʻlmagan. Qoyil ish boʻldi-da! 

— Yana bu haqda maqtana koʻrma, — joʻrttaga qoʻrqitib qoʻydi otasi. — Boʻlmasa ukalaring 

shunday janjal koʻtarishadiki, keyin biror joyga borib boʻpsan. 

 

Toʻgʻri gap. Ajimurot, undan uch yosh kichkina-yu, hech nimada, hech qachon akasiga yon 



bergisi kelmaydi. Eshakday qaysar. Goho otasi uydaligida Ajimurotning dastidan uning 

oddiga ham borolmaysan. Otasining yelkasidan tushmaydi. Goʻyo yolgʻiz uning oʻzi-yu, 

boshqalar hisobda yoʻq. Ikkita singillari, ular hali kichkina edilar oʻsha paytlar, hatto oʻshalar 

ham yigʻi-sigʻi bilan arang ota mehriga muyassar boʻlishardi. Namuncha bu kichigi otasiga 

yopishmasa, deb qoʻshnilar ham hayron edilar. Oruvxon momodan, badjahl, choʻpday, 

qaltiroq tovushli ayoldan hamma qoʻrqardi. Shu kampir bir emas, necha marta qoqshol 

qoʻllari bilan Ajimurotning qulogʻini burab ogohlantirgan edi: 

— Sen shumtakaning otangga yopishib olganing yaxshilik alomati emas! Yer yuzida bir 

falokat roʻy beradiganga oʻxshaydi! Bu qanday gapki, oʻgʻil bola tip-tirik otasiga toʻymay 

yursa! Bu qanaqa bola, oʻzi! Hoy, odamlar, mana meni aytdi dersiz, bu bola bizlarning 

boshimizga bir baloni yogʻdiradi! 

 

Onasi gʻudranib, tuflab qoʻyib, Ajimurotning tanglayini koʻtarib qoʻyardi-yu, ammo Oruvxon 



kampirga botinib bir soʻz deyolmasdi. Kampirdan hamma hayiqardi. Oruvxon momo bejiz 

aytmagan ekan. Shunday boʻddi ham. Ajimurotga qiyin boʻldi. U endi kap-katta, uchinchi 

sinfda oʻqiydi, birovga bildirmaydi, ayniqsa, onasi oldida oʻzini tutadi-yu, ammo oʻzi hamon 

yoʻl poylaydi, otasining bugunmi-ertami frontdan qaytishiga ilhaq boʻladi. Yotish oldidan 

pichirlab, xuddi kattalarday, kechki duosini oʻqiydi: «E xudo, e xudo, ishqilib, ertaga otam 

qaytib kelsin». Har kuni shu ahvol. Qiziq, oʻzicha, uxlab tursa hamma narsa oʻzgaradi-yu, 

moʻ’jiza yuz beradi, deb oʻylaydimi. 

 

Agar otasi urushdan eson-omon qaytib kelsa, mayli, uniki, faqat Ajimurotniki boʻla qolsin. 



Mayli, u Ajimurotni qoʻllaridan, yelkasidan tushirmasin. Faqat kelsa boʻldi. Ishqilib, nima 

E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

boʻlsa ham u bilan eson-omon yuz koʻrishsin. Unga, Sultonmurotga ana shu baxtning oʻzi 



yetarli. Otasi qaytsa boʻlgani. 

 

Otasi Chuy kanalidan qaytib kelganida uylarida sodir boʻlgan oʻsha voqeaning yana 



takrorlanishini u shunday xoxlardiki. U qurilishga burnogʻi yili yozda ketgan edi, oʻshanda 

ham aravakash boʻlib besh oyga ketgan edi. Yoz boʻyi va kuzi bilan oʻsha yerda tuproq 

tashigandi. Staxanovchi boʻlgan edi. 

 

Uyga u namozshomda kirib keldi. Toʻsatdan hovlida gʻildirak tovushlari eshitildi, otlar 



pishqirib qoldi. Bolalarning hammasi hovliga otilishdi. Otasi! Qorayib xuddi loʻliga oʻxshab 

qolgan, ozib-toʻzib, soch-soqoli oʻsib ketgandi. Usti boshi ham, onasi keyin ta’riflaganicha, 

daydilarnikiga oʻxshardi. Faqat etiklari yap-yangi xromdan ekan. Ajimurot birinchi boʻlib 

yugurib borib otasining boʻyniga osiladi, yopishib olib mahkam quchoqlab oladi-yu, sira 

qoʻyib yubormaydi, shu koʻyi nuqul yigʻlab bir soʻzni takrorlaydi: 

— Otajon, otajonim, otajon... 

 

Otasi uni bagʻriga bosarkan, oʻzining ham koʻzlariga yosh qalqiydi. Qoʻshnilar chiqishadi. 



Ikkoviga qarab ular ham yigʻlashadi. Onasi boʻlsa birdan dovdirab qolganidan aylanib-oʻrgilib 

yurar, Ajimurotni otasining bagʻridan tortib olmoqchi boʻlardi: 

— Otangni qoʻyib yubor endi! Yetar, sen bir oʻzing emassan-ku. Boshqalar ham koʻrishsin. 

Qanday aqlsizsan-a, xudoyim-ey, qara, odamlar koʻrishmoqchi... 

 

Uning boʻlsa parvoyi falak... 



 

Sultonmurotning ichidan nimadir uzilib tomogʻiga toʻpday qadalib qolganday tuyuddi. Ogʻzi 

shoʻr boʻlib ketdi. Tagʻin hech qachon va hech nimaga yigʻlamayman, deydi. U shu zahotiyoq 

oʻzini qoʻlga oldi. Tetiklandi. 

 

Dars hamon davom etardi. Inkamol opa endi Yava, Borneo, Avstraliya haqida hikoya qilardi. 



Yana ajoyib oʻlkalar, mangu yoz. Timsohlar, maymunlar, pal'malar hamda har xil notanish 

narsalar. Kenguru boʻlsa gʻaroyibotlar gʻaroyibi! Bolasini qornidagi xaltasiga solib olib, 

yugurib yuraveradi. Oʻylaganini qarang kenguruning, aniqrogʻi, tabiatning... 

 

U kenguruni koʻrmagan. Koʻrmaganmi, koʻrmagan. Afsus. Lekin filni, maymunni va boshqa 



hayvonlarni yaqindan tomosha qilgan. Qoʻl choʻzsang yetadigan yerdan.. 

 

Oʻsha kuni, otasi uni oʻzi bilan shaharga olib ketishini aytganida u yeru koʻkka sigʻmay yurdi. 



Toqatsizlanganidan, quvonganidan tars yorilib ketguday boʻldi, ammo gap shundaki, u bu 

hakda birovga aytishga jur’at qilolmasdi. Agar Ajimurot bilib qolsa, katta toʻpolon chiqardi: 

nega Sultonmurotga mumkinu, menga mumkin emas, nega otam uni oʻzi bilan olib ketadi-

yu, meni olib ketmaydi? Shuning uchun ham behad quvonch va ertangi sayohatni kutish 

tuygʻulari ukasi oldida qandaydir aybdorlik hislari bilan qoʻshilib ketganday edi. Nima boʻlsa-

da, boʻlajak voqea haqida ukalari va singillariga aytib yuborishiga ozgina qoldi. Judayam 

aytgisi kelardi. Ammo otasi va ayniqsa onasi bunday qilmaslikni qayta-qayta uqtirardi. Mayli, 


E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

kichkinalar u yoʻldaligida bilishsin. Shunday boʻlgani yaxshi. U ana shu sirni saklash uchun 



oʻzini bazoʻr tutib qoldi. Oʻlib qolay dedi sir tutaman deb. Ammo oʻsha kuni u shunday 

serharakat, hammaga shunday sertakalluf, shunday jonkuyar boʻlib qoldiki, hech qachon 

bunday qilmagandi. Hamma ishni qilar, hammasiga ulgurar edi. Buzoqni ham joyiga eltib 

arqonlab keldi, tomorqadagi kartoshkani ham chopdi, kir yuvayotgan onasiga ham 

yordamlashdi, eng kenja singlisi Almatoy loyga yiqilib tushganida uni yuvintirdi va yana 

boshqa ishlarni ham oʻrinlatdi. Qisqasi, oʻsha kuni u shunday sidqidildan ishladiki, hatto 

onasi oʻzini tutib turolmay boshini chayqagancha piqillab kulib yubordi. 

— Munchalik oʻzgarib qolding? — dedi tabassumini arang yashirib. — Qani endi doim 

shunday boʻlsang, qaniydi-a! Koʻz tegmasin, ishqilib! Balki seni shaharga yubormaslik 

kerakdir? Sen ajoyib yordamchim boʻlib qolibsan-ku. 

 

Lekin buni onasi shunchaki aytgan edi, xolos. Oʻzi esa xamir qorib yoʻlga non yopar va har xil 



yegulik hozirlardi. Yogʻni eritib, uni ham yoʻlga hozirlab shishaga solib qoʻydi. 

 

Kechqurun butun oila jam boʻlishib samovar atrofida issiq non va qaymoq bilan choy 



ichishdi. Joyni esa hovliga, ariq boʻyidagi olma daraxtining ostiga solishgan edi. Otasi 

kichkintoylar qurshovida oʻtirardi — bir yonboshida Ajimurot, boshqa yonida qizaloqlari. 

Onasi choy quyar, Sultonmurot esa piyolalarni uzatib, samovarga koʻmir tashlab turardi. U 

bularning hammasini ishtiyoq bilan bajarardi. Oʻzi esa mudom ertaga shaharda boʻlishni 

oʻylardi. Otasi bir-ikki marta u tarafga koʻz qisib imo ham qilib qoʻydi. Ukasi oldida 

ozmuncha mugʻambirlik qilyaptimi axir. 

— Xoʻsh, Ajike, — choy hoʻplab turib kichik oʻgʻliga yuzlandi, — Qorayolingni hali ham 

minishga oʻrgatmadingmi? 

— Yoʻq, ota, — shikoyat boshladi Ajimurot. — U juda asov chiqib qoldi. Orqamdan xuddi 

kuchukday ergashib yuradi. Men unga ovqat beraman, sugʻoraman, bir marta hatto 

maktabimizga ham ergashib bordi. Deraza tagida turib tanaffusga chiqishimni kutganini 

butun sinfimiz koʻrdi. Ammo hech mindirmaydi ustiga, darrov otib yuboradi, shataloq 

otadi... 

— Uni minishga oʻrgatish uchun senga hech kim yordam qilmayaptimi? — maslahat 

solganday boʻldi otasi goʻyo oʻzini ish bilan band qilib koʻrsatganday. 

— Men uni oʻrgatib beraman, Ajike, — shaylanib turganday javob qildi Sultonmurot. — 

Albatta, oʻzim oʻrgatib beraman... 

— Ur-ey! — degancha oʻrnidan irgʻib turdi ukasi. — Ketdik! 

— Qani, joyingga oʻtir-chii! — Shashtini qaytardi onasi. — Tek oʻtir. Odamlarga oʻxshab 

choy ichib olinglar, keyin ulgurarsizlar. 

 

Gap Ajimurotning ikki yoshli yoqimtoy xoʻtigi ustida borardi. Oʻsha yili bahorda uni 



bolalarga togʻasi Nurgʻozi in’om qilgandi. Yozgacha xoʻtik ajabtovur oʻsdi, kuchga toʻldi. 

Uzunquloqni egarga, ishga oʻrgatish uchun minishga koʻniktirish vaqti kelgan edi. Axir 

xoʻjalikda eshak doimo, hali tegirmonga, hali oʻtin-choʻpga, hali mayda-chuyda narsalarga 

deganday kerak boʻlib turadi-da. Shuning uchun ham Nurgʻozi togʻasi unga sovgʻa qilgandi. 

Ammo birinchi kundanoq Ajimurot eshakni oʻziniki qilib oldi. Oʻjar, toʻpolonchi bola 

eshakka shunday gʻamxoʻrlik qila boshladiki, biror kishini uning yaqiniga ham yoʻlatmas edi. 



E

RTA QAYTGAN  TURNALA R  

(

Q ISSA



Chingiz Aytmatov

 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

Sal narsaga, xoʻtigimga tegmanglar! Men uni oʻzim boqaman, oʻzim sugʻoraman, derdi. Bir 



marta ana shu xususda aka-uka urishib qolishdi. Onasi kattasini jazoladi, chunki kichigi 

undan musht yegan edi-da. Oʻshandan buyon Sultonmurotning alami ichida edi. Xoʻtikni 

minishga oʻrgatish payti kelganda u oʻzini chetga oldi: modomiki seniki ekan, oʻzing oʻrgat 

minishga, meni tinch qoʻy, ishim yoʻq. Xuddi shunday ishlarda ustasi farang boʻlganiga 

qaramay, chap berdi. Bolaligidan uning koʻzi pishib, epchil boʻlib qolgandi. Asovlarni itoat 

qildirishni yaxshi koʻrar edi. Bu ham xuddi kurash — kim-kimni boʻysundirishday gap. 

Qoʻshnilarning barcha toychoqlarini, buqalari-yu xoʻtiklarini hamisha u oʻrgatardi. Yosh 

hayvonlarni odatda epchil bolalardan biri oʻrgatadi minishga. Kattalarning vazni, ogʻirligi, 

yoʻl qoʻymaydi bunga. Odamlar Sultonmurotga odatda hurmat bilan shunday iltimoslar qilib 

kelishardi: «Sultonmurotjon, vaqting boʻlsa bizning buqani oʻrgatib bersang». Yoki: «Sultake, 

azizim, bizning hangining bir aqlini kiritib qoʻy. Yelkasiga pashshani qoʻndirmaydi, tishlab 

oʻzini har yoqqa otgani-otgan». 

 

Bu ishda u ana shunaqa taniqli boʻlib qolgan edi, ammo oʻz ukasiga yoʻq derdi, buning ustiga, 



bir-ikki marta ukasi ardoqli eshagidan yiqilib peshonasi gʻurra boʻlganida kulib mazax qilib, 

uning jigʻiga tegdi: 

— U orqangdan xuddi itday chopib yuradi! Sen hali kuningai koʻrasan undan! 

 

Eh, ukasini ranjitib qanday noma’qulchilik qilgan ekan-a. Faqat otasi ishora qilgandan 



keyingina tushunib yetdi. U mana shunaqa tentaknamo edi, ukalari oldida yarashmagan 

qiliqlarni qilib yurardi. Mana endi, shaharga boradigan boʻlganida, ukasi buni bilmaydi, 

vijdoni shunday qiynaldiki, hatto shu zahoti uning oldiga borib kechirim soʻrashga, nima 

desa shuni bajarishga tayyor edi. 

 

Choy ichib boʻlishgach, otasi bilan tomorqalari ortidagi oʻtloqqa yoʻl olishdi. Avval atrofdagi 



hamma toshlarni terib olib narigi yoqqa tashladi. Keyin Qorayolni — Ajimurot oʻz eshagini 

tantanavor qilib shunday atardi — jilovlashga olib kelishdi. Otasi Qorayolni quloqlaridan 

ushlab turganida Sultonmurot epchillik bilan unga noʻxta urdi. 

 

Keyin ishtonini yaxshilab koʻtarib oldi. Axir oson ishga bel bogʻlamagan edi-da. Shu yerning 



oʻzidayoq sirk tomoshalari boshlandi. Ajimurotning qoʻli ostida erkin yurgan Qorayol yomon 

qiliq chiqarib olishga ulgurgan ekan. Darrov shataloq otib, orqa oyoqlarini koʻtarib, oʻzini har 

yoqqa ota boshladi. Uzunquloq chavandozni egardan uloqtirish havosini olgan edi. 

 

Ammo hech narsa qilolmadi. Sultonmurot yiqilar, ammo dam oʻtmay yana oʻrnidan turib 



olar, qorni bilan Qorayolni ustiga yotib olib, keyin yana bir harakat bilan uning beliga minib 

olardi. Eshak boʻlsa yana boʻysunmas, yana yiqilish, yana minish davom etaverardi. 

 

Bularning hammasini Sultonmurot chapdastlik va hatto quvonch bilan bajarardi. Hamma gap 



yiqilishni bilishda! Nima uchun odamlar otdan yoki tuyadan koʻra eshakdan yomon yiqilasan, 

deyishadi? Aksincha emasmi axir. Sir shundaki, yiqilayotib qoʻl bilan tushishga ulgurish 

kerak. Otning balandligi, tuyaning undan ham balandligi yiqilayotgan kishining moʻljal olib 

ulgurishiga imkon beradi. Eshakdan tajribasiz chavandoz qopdek «gup» etib qulaganini oʻzi 





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling