E. U. G‘aniyev – tdtu of 5b-19 kem guruhi talabasi Y. Yu. Shoyimov – tdtu of phD


Download 153.46 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi153.46 Kb.
#1641212
  1   2
Bog'liq
tezis 2023


KO‘P O‘RAMLI FERROMAGNIT TOK O‘ZGARTIRGICHLARINING MINERAL XOMASHYOLARNI QAZIB OLISH VA QAYTA ISHLASHDAGI ROLI
E.U.G‘aniyev – TDTU OF 5b-19 KEM guruhi talabasi
Y.Yu.Shoyimov – TDTU OF phD
A.S.Tog‘ayev – TDTU OF assistenti

Qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida SBSH-250 MNA burg‘ulovchi qurilmalarning tok o‘tkazuvchi va qabul qiluvchi elementlarini nazorat qilish va boshqarish jarayonlarida tok transformatorlarini quyi va yuqori chegaralari bitta diapazonda o‘lchash imkoniga ega, shu nuqtayi nazardan biz taklif etayotgan ferromagnit tok o‘zgartirgichlari (FMTO‘) quyi chegarasini o‘zgartirish hisobiga o‘lchash diapazonini rostlash imkoniyatini yaratish, o‘lchash qurilmalarining sezgirligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Ma’lumki transformator ferromagnit tok o‘zgartirgichlari (FMTO‘)larida o‘lchash chegaralarini rostlash, asosan, chulg‘amlar o‘ramlar sonini rostlash yoki birlamchi chulg‘am zanjirida o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalgan magnit yurituvchi kuch (MYUK)larni xosil qilish va ularning qiymatlarini rostlash bilan amalga oshiriladi. Bu ikkala usulda ham birlamchi zanjir manbadan ajratilishi yoki kontaktli rostlash (komutatsiya yuz berishi bilan) amalga oshiriladi. Bu esa tabiiyki, ishlab chiqarish sharoitida ma’lum noqulayliklarga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bu FMTO‘ ning seriyada ishlab chiqariladigan tok transformatorlariga nisbatan funktsional imkoniyatlari ancha kengaytirilganligini ko‘rsatadi.
1-rasmda diapazoni birlamchi zanjirini elektr energiyasi ta’minotidan uzmasdan va kontaktsiz rostlash imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi transformator FMTO‘ ning konstruktiv sxemasi keltirilgan. FMTO‘ qo‘zg‘almas ko‘p o‘ramli quvur shaklida nomagnit va izolyatsion materialdan yasalgan o‘zak 1, unga o‘ramlarining soni ma’lum funksional qonuniyat bilan o‘zgargan holda o‘ralgan birlamchi chulg‘m 2, qo‘zg‘aluvchn ferromagnit o‘tkazgich 3, umumiy o‘q 4 atrofida shtanga 5 yordamida aylanish asosida o‘zak 1 bo‘ylab harakatlanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, o‘zgartirgich o‘lchash chulg‘ami 6 va quvur o‘zak 1 ning qo‘zg‘aluvchan magnit o‘tkazgich 3 joylashgan joyida magnit maydoni yordamida ushlab turiladigan ferromagnit suyuqlik 7 kabi elementrlarni ham o‘z ichiga oladi.

1-rasm. Diapazoni kontaktsiz rostlanadigan transformator FMTO‘ konstruktiv sxemasi:a-umumiy ko‘rinishi;b-o‘lchash chulg‘amli qo‘zg‘aluvchan magnit o‘tkazgich tuzilishi.
Birlamchi chulg‘am 2 ko‘p o‘ramli o‘zak 1 ga shunday o‘ralganki, undagi o‘ramlar sonining solishtirma qiymati o‘zakning bir uchidan ikkinchi uchi tomon ortib boradi. Bu FMTO‘ kichik quvvatli va havo oralig‘iga ega bo‘lgan labaratoriya tok transformatorlari turkumiga mansub.
Yaratilgan ushbu FMTO‘ quyidagicha ishlaydi. Birlamchi chulg‘am 2 dan o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan o‘zgaruvchan tok o‘tganda uning atrofida hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan magnit oqimi ikkilamchi chulg‘am 6 da o‘zgaruvchan EYUK ni induksiyalaydi. Ikkilamchi chulg‘am yuklamaga ulangan bo‘lganligi sababli unda paydo bo‘ladigan ikkalamchi tok xuddi tok transformatorlaridek birlamchi tokga proporsional bo‘ladi.
FMTO‘ larining funktsional imkoniyatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, diapazoni kontaktsiz (zanjirni manbadan ajratmasdan) rostlanadigan (1-rasmda keltirilgan) konstruktsiya kam quvvatli zanjirlardagi keng diapazonda o‘zgaradigan o‘zgaruvchan toklarni o‘lchashda qulay hisoblanadi, undan tortish elektr ta’minoti tizimidagi 27,5 kV va undan yuqori kuchlanishli qurilmalardagi toklarni o‘lchashda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Tortish elektr ta’minoti tizimi (TETT) elektr harakat tarkiblari (elektrovozlar va elektropoezdlar) ni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayonida uning tarkibidagi qurilmalar (generatorlar, transformatorlar, uzatish liniyalari va hokazo) yuklamalarning muntazam o‘zgarib turishi, tizimida yuz beradigan qisqa tutashuvlar, zaxiradagi kuch transformatorlarning ulanishi va ajratilishi va kommutatsion amallar oqibatida aksariyat ko‘pchilik vaqt mobaynida o‘tkinchi rejimda ishlashga majbur bo‘ladi. Shu sababli TETT da o‘rnatilgan avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) ning elementlari, shu jumladan qurilmalardan o‘tadigan toklar to‘g‘risida ma’lumotlar berib turuvchi tok o‘lchash o‘zgartirgich (TO‘O‘) lari ham o‘tkinchi rejimlarda ishlaydi va ular TETT hamda undagi ABT tomonidan TO‘O‘ larining dinamik xarakteristikalariga qo‘yadigan talablariga javob barishi kerak bo‘ladi.
Xulosa

  1. Tok o‘lchanadigan birlamchi chulg‘am o‘ramlari sonini uzunlik (yoki burchak) bo‘ylab ma’lun qonuniyat bilan funksional taqsimlangan, ikkilamchi chulg‘amni esa birlamchi chulg‘am bir qismini o‘rab olgan va siljish imkoniyatiga ega qilib yasash tok o‘zgartirgich quyi chegarasini o‘zgartirish hisobiga o‘lchash diapazonini rostlash imkoniyatini yaratishi aniqlandi.

  2. Tokli o‘tkazgich(shina)ni o‘rab turuvchi magnit o‘tkazgichni o‘ralarining soni rostlanadigan ko‘p o‘ramli ferromagnit o‘zak ko‘rinishida yasash ferrmagnit tok o‘zgartirgich sezgirligini oshirishi va uning quyi chegarasini o‘zgartirish hisobiga o‘lchash diapazonini rostlash imkoniyatini yaratishi aniqlandi.



Download 153.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling