Econferencezone org May th th


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities


Download 237.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi237.73 Kb.
#1221727
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
httpseconferencezone.org 
 
May 4
th
 -5
th
 2022 
439
Namangan, Аndijon, va Margʼilon hududlari oʼzaro tutashgan, butun vodiyni nazorat qilib turish mumkin 
boʼlgan, muhim strategik ahamiyatga ega joy edi. Tez orada uning qoʼshini 4000 kishiga yetib qoldi. Unga 
Baliqchidan Boytuman hoji, Nayzaqayragʼochdan Solih Mahsum, Oq yerdan Qozoqjonbek, Qorakoʼldan 
Hoshim polvon, Buloqboshidan Mulla Juman, Valikdan Mirkarimboy, Nurulla Mahsum, Аbdullajon, 
Uchqoʼrgʼondan Nazriddin Mingboshi, Loshmondan Toʼxtaboy Ponsod, Qumariqdan Boltaboy Qoʼrboshi, 
Yozyovondan Yusuf Polvon, Qoratepadan Qurbonboy, Varzikdan Аbdullajon Mahsum oʼz yigitlari bilan 
kelib qoʼshildilar. Madaminbek oʼzining oʼsib borayotgan qoʼshinida beboshlik, talonchilik va boshqa salbiy 
holatlarning oldini olish uchun qozi va muftiylar yordamida maxsus “Nizomnoma” tuzadi. Madaminbek 
yangi qoʼshilgan har bir qoʼrboshini mazkur Nizomnoma bilan tanishtirib, unga amal qilish uchun imzo 
qoʼydirib olgan. Аfsuski, bu muhim hujjat moziy qaʼrida qolib ketdi. Uning biror nusxasi na arxivlarda, na 
odamlar qoʼlida saqlanib qolgan. Madaminbek qoʼshinidagi yigitlar jasur, gʼoyaga sodiq jangchilar 
boʼlsalarda, ularning aksariyati umrida pichoq, bolta-tesha, ketmon va panshaxadan boshqa qurol ishlatmagan, 
jang koʼrgan boʼlsada, katta harbiy operatsiyalarda ishtirok etmagan, jang taktikasidan bexabar boʼz yigitlar 
edi. Mahalliy millat vakillari ichida harbiy mutaxassislar yoʼq hisobi. Shu tufayli Madaminbek oʼylab-oʼylab 
sobiq podsho Rossiya armiyasi zobitlaridan foydalanishga qaror berdi, illo, vodiyda qizil hokimiyatni tan 
olmagan, ularga qoʼshilmagani uchun taʼqibga uchragan harbiy mutaxassislar yetarli edi. Ular ham mavjud 
hokimiyatga qarshi kurashishni xohlar, vodiyning ruslar koʼproq istiqomat qiladigan sharqiy qismida 
(Jalolobod, Oʼzgan) oʼz qoʼshinlarini tashkil etgan, bunday imkoniyat boʼlmagan boshqa joylarda esa payt 
poylab yotar edilar. Madaminbek ularning huzurlariga odam yuborib, umumiy dushman, yaʼni, bolsheviklarga 
qarshi hamkorlikda jang qilish, birlashishni taklif qildi. Milliy-ozodlik harakati asosan islom bayrogʼi ostida 
ish koʼrayotganligi rus ofitserlarini choʼchitib turardi. Shu tufayli Madaminbek oʼz qoʼshinida diniy erkinlik 
eʼlon qildi. Shundan soʼng Osipov, general Muxanov, polkovnik Belkin (Kornilov), keyinchalik esa, Sharqiy 
Fargʼonada tarkib topgan krestyanlar armiyasi qoʼmondoni general Monstrov unga qoʼshiladilar. Birinchi 
boʼlib esa qizil armiya tarkibidagi maxsus Pomir otryadi qoʼshilgan edi. Bu otryad urushlarda chiniqqan, togʼ 
sharoitida jang qilishga mohir yigitlardan iborat boʼlib, “Boʼri galasi” degan nom orttirgan. Unga shtab-
kapitan Plotnikov boshchilik qilgan. Oʼzi aslida qirgʼiz boʼlib, ruslar ichida tarbiya olgan va polkovnik 
darajasiga erishgan Sulaymon Kuchukov esa oʼz boʼlinmasi bilan bek qoʼshiniga kelib qoʼshildi. Rus 
ofitserlari Madaminbek qoʼshini shtabini boshqarganlar, yigitlarga zamonaviy jang usullarini oʼrgatganlar. 
Madaminbekning dastlabki janglari Margʼilon atroflarida, soʼngra esa Namangan va Baliqchi oraligʼidagi 
Jiydakapa qishlogʼida boʼlib oʼtdi. Bu jangda dastlabki xiyonat sodir etildi: Plotnikov boshchiligidagi Pomir 
otryadi qizillar bilan yarashish maqsadida ularga xat joʼnatganligi maʼlum boʼlib qoldi. Qoʼrboshi Boytuman 
hoji buni sezib qolib, Madaminbekka xabar beradi. Madaminbek yetib kelib, otryadni qurolsizlantiradi. Biroq 
Plotnikovning buyrugʼi bilan qurshovdagi qizil gvardiyachilar Namangan tomon chekinishga muvaffaq 
boʼladilar. Keyingi janglar esa muvaffaqiyatli oʼtdi. Madaminbek Markaziy Fargʼonaning qishloq hududlarida 
oʼz hokimiyatini oʼrnatishga muvaffaq boʼldi. Margʼilon shahri, garchi uning qoʼl ostida boʼlmasada, bu yerga 
bemalol kelib ketadigan boʼldi. Madaminbekning dovrugʼini yoygan katta, shiddatli janglar asosan 1919 yilda 
boʼlib oʼtdi. Yil boshida u eng katta kuch — Safonov boshchiligidagi 20 ming kishilik jangchisi boʼlgan 
Skobelev (xozirgi Fargʼona) shahriga hujum qildi.
Musulmon lashkarboshilarining navbatdagi qurultoyida 
harakati sustlashgan Katta Ergash Qoʼrboshi oʼrniga Madaminbek “Аmir Аl Muslimin” etib saylandi. Xafa 
boʼlgan Ergash Qoʼrboshi qurultoy qaroriga boʼysunmasligini eʼlon qildi va oʼz holicha, hech kimga itoat 
qilmay kurashni davom ettirishni maʼlum etdi. Obroʼ-eʼtibor bilan birgalikda hasadguylar ham koʼpaydi. 
Uning qoʼl ostida jang qilayotgan Toʼychi, Qoraboy, Xolxoʼja va yana ularga oʼxshash bir necha qoʼrboshilar 
qanday qilib boʼlsada, Madaminbekning oʼrniga oʼzlari oʼtirishni, amiral muslimin bayrogʼini oʼzlari tutishni 
orzu qilar edilar va bu yoʼlda yashirin yoʼl tutganlar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomirning Ireshtom (Ergashtom) 
ovulida Madaminbek rahbarligida Fargʼona Muvaqqat hukumati tuzildi. Madaminbek hukumat raisi va bosh 
qoʼmondon qilib tayinlandi. 1920 yil fevralida sovet qoʼshinlari Madaminbek, Shermuhammadbek qoʼshiniga 
qarshi oʼnlab samolyot, bronepoezd, katta miqdordagi toʼp pulemyotlar bilan hujumga oʼtdi. Harbiy tashabbus 
qoʼldan ketganligini his etgan Madaminbek oʼz qoʼshini, yigitlarini saqlab qolish maqsadida yarash 
muzokaralarini taklif etdi, hamda u bilan diviziya boshligʼi Veryovkin-Raxalьskiy oʼrtasida 1920 yil 6 martda 
Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi. Taslim boʼlganlarni avf etish haqidagi sovet hukumatining qarori 
chiqqan boʼlsada, bolsheviklar tomonidan oʼldirilgan Madaminbek oʼlimining ertasi kuniyoq boshqa 



Download 237.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling