Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi - Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi
Modulga asoslangan oʻquv dasturlari - Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
- — oʻquv maqsadi hamda vazifalarning toʻliq ochib berilishi;
- — talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim boʻladigan malakasiga qoʻyiladigan talablar;
- — modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), yaʼni maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʻulotlarning rejasi, mustaqil taʼlimni baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar;
- — oʻqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.
- Bizda hayotda hamma narsaning o’lchov birligi mavjud. Vaqtninig o’lchov birligi soniya, o’g’irlikning o’lchov birligi gram, uzunlik metrda, suyuqlik litrda ,elektr kuchlanishi –voltda. Ta’limning o’lchov birligi bormi?
- Kredit-modul tizimi- Oʻzbekistondagi oliy taʼlimning oʻlchov birligi hisoblanadi.
- Unga koʻra, universitetda oʻtiladigan har bir fan undagi oʻqish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan oʻrtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, oʻquv yilida muayyan miqdorda kreditlar toʻplab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |