Единая национальная система труда


Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi


Download 1.69 Mb.
bet5/6
Sana20.09.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1682806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODUL KREDIT TIZIMI TAQDIMOT (1) zafar (2)

Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi:

  • Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi:
  • birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi;
  • ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan ­dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi.

«Kredit-modul tizimida o‘qish yuklamasi»

  • ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 tani tashkil etadi.
  • Bir o‘quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini xisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestr 30 kredit to‘plab borishi zarur.
  • Bakalavr dasturi 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qo’lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi kerak bo‘ladi.
  • Talabalar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular baholangandan so‘ng kreditlarni to‘plash mumkin.

Bugungi kunda mazkur kredit oʻlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha toʻrtta model keng tarqalgan.

  • Bugungi kunda mazkur kredit oʻlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha toʻrtta model keng tarqalgan.
  • Bular Amerika qoʻshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS).
  • Ushbu modellarning ichida eng koʻp tarqalgani AqSh va Yevropa modellaridir.
  • Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimiz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti
  • ECTS tizimi boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi.
  • Amaldagi oʻqitish tartibidan farqli oʻlaroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar oʻqishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan belgilangan kreditlarni toʻplay olmasa, faqat oʻsha fanning oʻzidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom esa belgilangan kreditlar toʻplagandan soʻng beriladi.
  • ECTS tizimi boʻyicha talabalarning bir yilda toʻplashi lozim boʻlgan kredit miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻladi deb ­olsak, talaba har semestrda 30 kredit toʻplab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik boʻlsa, talaba bakalavr darajasini qoʻlga kiritishi uchun jami 180 — 240 kredit, 1-2 yillik magistra­tura dasturini tugallashi uchun esa, 60 — 120 kredit toʻplashi majburiyat hisoblanadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling