Eduventure xizmat ko`rsatishi uchun ikki tomonlamashartnona 2023yil"28"Sentabr


Download 212.18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.11.2023
Hajmi212.18 Kb.
#1743523
Bog'liq
ESign 1698375718384



EDUVENTURE xizmat ko`rsatishi uchun ikki tomonlamashartnona 
2023yil“28“Sentabr 
Xizmat ko`rsatuvchi EDUVENTURE ikkinchi tomon o`z ixtiyori bilan xizmat qilishni talab qilayotgan Parviz 
Ashurov o`rtasida shartnoma tuzdilar: 
1.Shartnoma predmeti. 
Mazkur shartnomaga asosan EDUVENTURE xizmat talab qiluvchiga FALL2024 o`quv smestri uchun 
Amerika Qo`shma Shtatidagi oliy ta`lim muassasalariga 2-bobda belgilangan majburiyatlari doirasida 
xizmat ko`rsatadi. Xizmat talab qiluvchi esa 3-bobda ko`rsatilgan tartib va miqdordagi to`lovni amalga 
ososhiradi
2.Tomonlarning huquq va majburiyati. 
2.1 Xizmat ko`rsatuvchining huquqlari: 
2.1.1 Xizmat talab qiluvchidan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish, shartnoma bo`yicha to`lovlarni o`z 
vaqtida amalga oshirishini talab qilish. 
2.1.2 Xizmat talab qiluvchi tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni bajarilmaganida shartnomani bir 
taraflama bekor qilish. 
2.1.3 Tanlangan chet el oliygohiga xizmat talab qiluvchining nomidan ariza topshirish. 
2.1.4 Istisno tariqasida shartnoma bo`yicha to`lov muddatlarini uzaytirish. 
2.1.5 Xizmat talab qiluvchi tomonidan shartnomaning 3-bobida ko`rsatilgan to`liq to`lov miqdori amalga 
oshirilguniga qadar o`qishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni bermaslik. 
Xizmat ko`rsatuvchining majburiyatlari: 
2.2.1 VIP tarif bo'yicha sifatli ariza topshirish. (
Ta'riflar bilan tanishish uchun havola
)  
2.2.2 Xizmat talab qiluvchi tomonidan shartnomaning 3-bobida ko`rsatilgan to`lov miqdorining yarimi 
to`langanidan keyin xizmat ko`rsatish.


2.2.3 Arizadan keyingi bosqich visa(F-1) jarayoni uchun to`lov ichida xizmat ko`rsatish (elchixona 
to`lovlari, visa(F-1) to`lovlari bundan mustasno.). 
2.2.4 Xizmat talab qiluvchiga ariza topshrish, visa(F-1) jarayonlari uchun xizmat ko`rsatadi (chet el 
oliygohlariga qabul qilinishni kafolatlaydi(Universitetning talablariga javob bersa albatta) , ammo, visa(F-
1) yuz foiz xizmat talab qiluvchining suhbat intervyusiga va boshqa omillarga bog`liq bo`lganligi sababli 
visa kofalati berish holati bundan mustasno.). 
2.2.5 Xizmat talab qiluvchi tomonidan shartnomaning 3-bobida ko`rsatilgan to`lov miqdorining qolgan 
qismi amalga oshirilganidan so`ng o`qishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ikkinchi tarafga 
hech qanday shartlarsiz berish. 
2.3 Xizmat talab qiluvchining huquqlari: 
2.3.1 Xizmat ko`ratuvchidan shartnomaviy majburiyatlarni bajarishini talab qilish. 
2.3.2 Xizmat ko`ratuvchidan ko`rsatilinayotgan xizmat haqida, uning jarayonlari to`g`risida ma`lumot 
olish. 
2.3.3 Shartnomaning 3-bobida ko`rsatilgan to`liq to`lov miqdorini to`langanidan keyin xizmat 
ko`rsatuvchidan chet el oliygohiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish. 
2.3.4 Sifatli xizmat talab qilishi. 
2.3.5 Xizmat uchun to`lov summasini biryola to`liq to`lash. 
2.4 Xizmat talab qiluvchining majburiyatlari: 
2.4.1 Ko`rsatilayotgan xizmat uchun to`lovni kontraktning 3-bobida ko`rsatilgan tartib va miqdorda, o`z 
vaqtida to`laydi. 
2.4.2 Xizmat ko`rsatuvchi faqat ariza topshirish jarayonlari uchun xizmat ko`rsatganligi va garantiya 
berish majburiyatini olmaganligi tufayli ularga qabul qilinish vazifasini yuklamaydi.
2.4.3 Shartnoma Shartlari bilan Tanishadi va ularga qat`iy rioya etadi. 
2.4.4 Xizmat ko`rsatuvchiga Kerakli bo`lgan hujjatlarni taqdim etadi. 
3. To`lov miqdorlari va muddatlari. 


3.1 Bir Marta lik Amerikaning Oliygohiga ariza topshirish VIP ta'rif bo'yicha $500 (to’rt yuz AQSH 
dollarini tashkil qiladi va bu o'zbek valyutasiga nisbatan qiymati 2023-yil 28-sentabr holatiga ko'ra 
6.120.000 so'm) ni tashkil etadi. 
3.2 Xizmat talab qiluvchi to`lovni quydagi muddatlarda to`laydi: 
●Xizmat ko`rsatilishidan oldin – 3,060,000 so'm 
●Oliy ta`lim muassasiga qabul qilinganidan keyin–3,060,000 so'm to`laydi. 
4.Shartnomani bekor qilish: 
4.1 Shartnoma quydagi hollarda bekor qilinadi: 
4.2 Tomonlarning o`zaro roziligi bilan. 
4.3 Xizmat ko`rsatuvchining bir tomonlama tashabbusiga ko`ra shartnoma shartlari bajarilmaganda. 
4.4 Xizmat talab qiluvching tashabbusiga ko`ra shartnoma 
shartlari bajarilmaganda bir tomonlama 
bekor qilish. 
5.Fors-majorholatlar. 
5.1 Ushbu Shartnomaga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib boʻlmas kuchlar (fors-
major) holatlar natijasida vujudga kelganda Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki toʻliq 
to`xtatib turadilar yoki ozod bo`ladilar. 
5.2 Yengib boʻlmaydigan kuchlar(fors-major) holatlariga ko'ra tomonlarning irodasi va faoliyatiga bogliq 
bo'lmagan tabiat hodisalari(pandemiya,zilzila,koʻchki,boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-
iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taʻqiqlash va 
boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish 
imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi. 
5.3 Shartnoma Tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) 
holatlari sababli bajarmaslik maʻlum boʻlsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida dalillar bilan 
taqdim etishi lozim. 
5.4 Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-
major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. 
5.5 Fors-major holatlarning mavjudligi va ularning amal qilish muddati Oʼzbekiston Respublikasi davlat 
vakolatli organi tomonidan berilgan hujjat bilan tasdiqlanadi. 
6.YAKUNIYQOIDALAR 


6.1 Shartnoma bevosita Tomonlar tarafidan imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. 
6.2 Tomonlar o`rtasida Shartnoma bo`yicha vujudga kelgan vujudga nizolar o`zaro muzokaralar va 
kelishuv asosida hal etadilar. 
Tomonlarning rekvizitlari: 
Xizmat ko`rsatuvchi: 
Xizmat talab qiluvchi: 
EDUVENTURE Parviz Ashurov 
____________________ _______________________ 
Tel:(94)015-73-06
Tel:(93)939-71-75 
Tel:(93)338-29-38 

Download 212.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling