Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan


Download 0.99 Mb.
bet6/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1052456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mamataliyev Asliddin

«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalni so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mayjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to‘liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo‘ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo‘ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to‘xtatish lozim bo‘ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarni tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko‘p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko‘p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati yo‘q («Shina» topologiyasi da mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo‘q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o‘tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri), butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa yo‘llari o‘tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo‘ljallanadi.
«Halqa» topologiyasining yirik yutug‘i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba’zida bir necha o‘n kilometrgacha). Bu ma’noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
«Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o‘tkazihshini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba’zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‘li o‘tkazilib, bu aloqa yo‘llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling