Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan


Download 320.26 Kb.
bet7/9
Sana28.12.2022
Hajmi320.26 Kb.
#1021568
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nomozov Musulmon

Eramizning 56-yili. Y.Sezar gallar bilan urush vaqtida shirflashning
almashtirish turini qo‘llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‘yicha
(Sezarda uchta pozitsiyaga) siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda
ochiq matndagi alfavitlar, ya’ni yuqori qismda joylashgan harflar quyi
qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan. Bu turdagi shifrlash
Y.Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday shifrlash usuli
uning nomi bilan yuritiladi.
Murakkab almashtirishlar shifri sifatida yunonlar shifri – «Polibiy
kvadrati» sanaladi. Alfavit kvadrat jadval ko‘rinishida tasvirlanadi.
Shifrlashda ochiq matn harfi jadvaldagi ikkita songa almashtirilgan – mos
tushuvchi harfning joylashgan ustun va qator raqamlariga. Alfavitni
jadvalda ixtiyoriy tarzda joylashtirish va u orqali qisqa xabarni shifrlash
zamonaviy qarashlar nuqtai nazari bo‘yicha ham mustahkam shifrlash
hisoblanadi. Bu g‘oya birinchi jahon urushida murakkab shifrlashlarda
amalga oshirilgan.
V asrda Rim imperiyasining yemirilishi fan va san’at, shular qatorida
kriptografiya rivojlanishining to‘xtashiga sabab bo‘ldi. U paytlarda
cherkov maxfiy belgilar bilan yozilgan xatni ta’qib qilgan va uni
afsungarlik va jodugarlik deb hisoblagan. Chunki ma’lumotlarni shifrlash
cherkov tomonidan ularni nazorat qilish imkonini bermas edi.
Fransuz rohibi va faylasufi R.Bekon (1214–1294) maxfiy yozuvning
yettita tizimini bayon etgan. U davrlarda ko‘pgina shifrlar ilmiy
axborotlarni yashirish uchun qo‘lla nilgan.
XV asrning ikkinchi yarmi. Vatikanda ishlagan, arxitektor va
matematik, shifrlar to‘g‘risidagi kitob muallifi Leon Batista Alberta ikkita
konsentrik aylana asosida almashtirish shifrini bayon qilgan. Birinchi
aylanaga ochiq matnning alfaviti joylashtirgan bo‘lsa, ikkinchisiga
shifrlovchi alfavit yozilgan. Bu shifrlovchi alfavitdagi harflar ketma-ket
joylashtirilmagan. Matnda harflarning turli darajada qaytarilish
xususiyatini Alberta birinchi bo‘lib shifrni yechish uchun qo‘llagan.
Shuningdek, shifrlashning mustahkamligini oshirish uchun boshqa
shifrlash tizimlari yordamida qayta shifrlashni taklif etgan.
Tarixdan ma’lumki, 1546-yilda Fransiya qiroli Fransisk I fuqarolariga
shifrlashni taqiqlovchi farmon e’lon qilgan. Vaholanki, u davrdagi shifrlar
oddiy bo‘lishiga qaramay, ularni ochib bo‘lmas edi.
Germaniyalik Iogann Tritemiy (1462–1516) kriptografiya bo‘yicha
birinchi darsliklardan birini yozgan. «Ave Maria» deb nomlangan ko‘p
qiymatli almashtirishli original shifrlashni taklif etgan. Ochiq matnning
har bir harfi shifrlovchining tanlovi bo‘yicha bir emas, bir nechta harflarga
almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Bunda harflar harf yoki so‘zlar bilan
shunday almashtirilganki, natijada psevdomatn hosil bo‘lgan. ko‘p
qiymatli almashtirish usulidan hozirgi kunda ham foydalaniladi (masalan,
ARJ arxivatorida).
Italiyalik matematik, mexanik, vrach Djirolamo Kardano (1506–1576)
Kardano panjarasi deb nomlangan shifrlash tizimini ixtiro qilgan. Ikkinchi
jahon urushi vaqtida Buyuk Britaniya harbiy-dengiz qo‘shinlarining
mustahkam shifrlaridan biri shu tizim asosida yaratilgan. Panjaralar
chizilgan karton bo‘lagida ixtiyoriy tartibda nomerlangan teshikchalar
qilingan. Shifrlangan matnni hosil qilish uchun, karton bo‘lagini qog‘ozni
ustiga qo‘yib, kartonning teshiklari bo‘lgan joylariga tanlangan tartibda
harflar yozib chiqilgan. Karton olib tashlangandan so‘ng, yozilgan
harflarning oralari psevdomazmunli jumlalar bilan to‘ldirilgan, shu orqali
shifrlangan xabar yaratilgan. Agar harflar orasidagi masofalar katta bo‘lib,
so‘zlar uzunligi kichik bo‘lsa (masalan ingliz tilidagi so‘zlar), yashirish
oson amalga oshirilgan.
XVI asr. Almashtirish shifrlari matematik Djovanni Batista Port va
diplomat Bleza de Vijiner ishlarida o‘z rivojini topdi. Vijiner tizimi u yoki
bu ko‘rinishda hozirgi paytda ham qo‘lla nilmoqda.

Download 320.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling