Eftaliylar davlatlari


Download 13.78 Kb.
Pdf просмотр
Sana13.02.2020
Hajmi13.78 Kb.

Eftaliylar davlatlari

Eftaliylar davlatlari — Oʻrta Osiyo va unga

qoʻshni mamlakatlarda milodiy 5-asr

oʻrtasida barpo etilgan davlatlar: 1) Oʻrta

Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asr

oxiri — 6-asr boshida ravnaq topib, uning

hududi hozirgi Afgʻonistonning katta

qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy

Turkistonning sharqiy va jan.sharqiy

viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti

Balx xisoblanadi. Uning asosiy negizini

BaqtriyaToxariston tashkil etgan. Shu


yerdan turib eftaliylar qoʻshni

mamlakatlarga yurishlar qilganlar.

Eftaliylar Sosoniylar Eroni ustidan bir

qancha janglarda zafar quchgan,

janglardan birida sosoniylar shahanshohi

Peroz halok boʻlgan. U koʻp yillar

mobaynida eftaliylarga katta miqdorda

tovon toʻlab kelgan edi.

Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir

qancha yarim mustaqil mulklarning

konfederatsiyasidan iborat boʻlib, ularni

eftaliylar podshosiga tobe merosiy

sulolalar boshqarar edi. Bu yerda

Hindistondagi kabi tanga pullar

markazlashgan tartibda zarb qilinmagan,

aksincha deyarli har bir mulk oʻzining



qumush yoki mis tangasini zarb qilgan.

Saltanatda bir necha turdagi yozuvlar

(sugʻd, baqtriy, braxmi va boshqalar)

mavjud boʻlgan, lekin baqtriy yozuvi

davlat yozuvi hisoblangan. Eftaliylarning

oʻzi dastlab koʻchmanchi boʻlib,

keyinchalik shaharlarni bosib olishlari

bilan, asosan, oʻtroq hayot tarziga oʻtgan

boʻlsalar kerak. Shu tufayli Vizantiya

tarixchilari (Menandr) eftaliylarning

shahar qabilasi sifatida taʼriflaydi.

Eftaliylar jamiyatida mulkiy tabaqalanish

mavjud edi. Eftaliylar kuchli, asosan,

otliqlardan iborat qoʻshinga ega boʻlgan.

Eftaliylar orasida poliandriyaning

shakllaridan biri hukm surgan. Eftaliylar

oʻt va quyoshga sigʻinishgan, Oʻrta


Osiyodagilar esa — budsaviylik,

manixeylik, xristianlik, zardushtiylikka

eʼtiqod qilishgan; 2) Eftaliylar

Hindistonga bostirib kirishi natijasida

vujudga kelgan. Shim. Hindiston,

Pokiston va jan.sharqiy Afgʻoniston

hududidan iborat boʻlgan. . Hindistondagi

Eftaliylar davlati milodiy 5-asroxiri — 6-

asrning 1-yarmida, Toʻramon va uning

vorisi Mixirakula davrida kuchqudratga

toʻlib, ravnaq topgan. 6-asr oʻrtalariga

kelib tanazzulga yuz tutgan.

Ad: Rtveladze E. V., Velikiy shelkovga put,

T., 1999.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Eftaliylar_davlatlari&oldi

d=1920741

" dan olindi 



Last edited 4 years ago by an anonymous user


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling