Egalik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi
Download 36.5 Kb.
|
39-mavzu
Egalik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi. Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z shakllariga qo‘shilib kelishiga ko‘ra ikki xil variantga ega bo‘ladi: Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si 2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi. 3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi: o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi. 4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi. 5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi. 6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut kombinat+ii. 7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi. 8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z). Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling