Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik 
muomalalarini hisobga olish, xo‘jalik mablag‘larining 
miqdorini, 
bajarilgan ishlarning hajmini va boshqa ko‘rsatkichlarni faqatgina kuzatish 
orqali aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun xo‘jalik yurituvchi subektlarda 
bu jarayon, xodisa va xo‘jalik muomalalarini hisobga olish uchun 
miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsifnoma berish kerak. Shu 
maqsadda hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. 
Natura tabiiy o‘lchovlaridan xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
harakatini natura holida ifodalash uchun foydalaniladi. Hisob obektlarining 
xususiyatlariga qarab natura o‘lchovlari turlicha bo‘ladi. Fizik va iste’mol 
xossalariga qarab ular bir – biridan farqlanadi. Masalan, hisob obektlari 
og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna), hajm birligida 


14 
(metr, kubometr), uzunlik birligida (santimetr, metr), hisob birligida (dona, 
bosh) va boshqalarda o‘lchanadi. Natura o‘lchovlari moddiy qiymatliklarni 
hisoblash, tortish va o‘lchashda qo‘llaniladi. Natura o‘lchovlari obektning 
faqat miqdorinigina aks ettiribgina qolmasdan, (masalan, 
ishlab 
chiqarilgan mahsulot) balki unga sifatiy tavsifnoma (turi, navi) ham 
beradi. Shuni ham qayd qilish kerakki, ulardan hisob – kitobni aniq olib 
borishda 
foydalanilsada, 
undan 
foydalanish 
ma’lum 
darajada 
chegaralangan, chunki tabiiy xususiyati har xil bo‘lgan ko‘rsatkichlarni bir 
joyga yig‘ib aks ettirish imkoniyati yo‘q. Masalan, hajm va og‘irlik, dona 
va maydon, uzunlik va og‘irlik va shunga o‘xshash har xil natura 
ko‘rsatkichlarini, shuningdek metr miqdorini kilogram miqdori bilan, 
kubometr miqdorini sentr miqdori bilan olib borib bo‘lmaydi. 
Mehnat o‘lchovlari biror bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish yoki 
boshqa biror ishni bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlashda 
qo‘llaniladi. Mehnat o‘lchovlariga misol tariqasida kishi –kuni, kishi 
soatni keltirish mumkin. Mehnat o‘lchovlari natura o‘lchovi bilan 
birgalikda mehnat unumdorligi, mehnat haqi, bajarilayotgan ish meyorini 
belgilashda xizmat qiladi. 
Mehnat o‘lchovi va natura o‘lchovlari muhim ahamiyat kasb etsada
ular vositasida har doim ham olingan ma’lumotlarni unumlashtirish va 
solishtirish imkoni bo‘lmaydi. Masalan, kishi kunini dona, tonna, metr 
bilan qo‘shib hisob – kitob qilib bo‘lmaydi. 
Tovar–pul munosabatlarining mavjudligi mehnat va natura o‘lchovlari 
ma’lumotlarini qiymat shaklida o‘lchashni talab qiladi. Mazkur vazifani 
qiymat yoki pul o‘lchovi bajaradi. 
Pul o‘lchovidan xo‘jalik yurituvchi subektlarni hisobga olish va 
umumlashgan ma’lumot olish hamda ular ustidan nazorat o‘rnatishda 
foydalaniladi. Pul o‘lchovi ko‘rsatkichlariga so‘m, tiyin (O‘zbekiston) rubl 
(Rossiya), dollar (AQSH) ni misol keltirish mumkin. 
Pul o‘lchovisiz subektning mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan 
barcha xarajatlarini hisoblash, xarajatlarni daromadlar bilan taqqoslash va 
natijani aniqlash, mahsulot tannarxini aniqlash, mehnat unumdorligini 
oshirish uchun yashirinib yotgan zaxiralarni topib, ishlab chiqarishga jalb 
etish, ishlab chiqarishda ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga erishish va 


15 
boshqa imkoniyatlarni topish imkoniyati bo‘lmaydi. Bundan tashqari pul 
o‘lchovi yordamida xo‘jalik faoliyati ustidan xo‘jalik hisobining pul bilan 
nazorat tamoyili amalga oshiriladi. Pul o‘lchovisiz sifat ko‘rsatkichi 
bo‘lgan mahsulot tannarxini aniqlab bo‘lmaydi. Lekin hisobda pul 
o‘lchovi yakka holda emas, balki mehnat va natura o‘lchovlari bilan birga 
qo‘llaniladi. Masalan, biror qiymatlikning puldagi ifodasini topish uchun 
uning natura o‘lchovidagi miqdoriga narxini ko‘paytiriladi. Ish haqini 
hisoblashda ishchilar ishlab chiqarishda qatnashgan vaqti – miqdoriga 
kunlik ish haqi summasini ko‘paytirish kerak. 
Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklarini K.B.O‘razov 
quyidagi jadvalda keltirgan (1.1.1-jadval). 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling