Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


-rasm. To‘lov topshiriqnomasi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

7.4.1-rasm. To‘lov topshiriqnomasi 
To‘lovlаrning to‘lov tаlаbnomа –topshiriqnomаlаri shаklidа mol yet-kаzib 
beruvchi mаhsulotni yuklаb jo‘nаtgаndаn so‘ng to‘lov tаlаbnomаsini yozib


174 
ungа xizmаt ko‘rsаtаdigаn bаnkkа topshirаdi. U xаridordаn pulni undirish vа 
uni mol yetkаzib beruvchining hisob-kitob schyotigа 
kiritish 
uchun 
tаlаbnomаni xаridorning bаnkigа jo‘nаtаdi. To‘lovchining аksepti (roziligi) 
mаvjud bo‘lgаndа, hisobvаrаqlаr hаqi to‘lаnаdi. Аgаr shаrtnomаgа muvofiq 
korxonаning o‘zi xаridorlаrdаn berilgаn mаhsulot, bajarilgan ish va xizmatlar 
qiymatini undirish kerak bo‘lsa, to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi tuziladi, 
uning shakli va maz-muni to‘lov topshiriqnomasiga o‘xshashdir. To‘lov 
talabnoma-topshiriq-nomasi mol yetkazib beruvchining xaridorga bankni 
chetlab o‘tib, unga yuborilgan to‘lov va yuklab jo‘natish hujjatlari asosida, 
shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar 
va 
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi talabini ifodalaydi. 
Korxona buxgalteriyasida hisob-kitob hisobvarag‘idagi pullar harakati 
bank ko‘chirmalari bo‘yicha "Hisob-kitob schyoti" nomli 5110-aktiv 
hisobvaraqda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq bo‘yicha kredit 
aylanmalari 2-jurnal-orderda yoziladi, debet bo‘yicha aylanmalar esa turli 
jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Tovarlarni junatish va pul mablag‘larini 
hisob-kitob varaqlariga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar 
buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
-tovarlar jo‘natilishi bilan mol yuboruvchida: 
Dt 4110-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"; Kt 
9010, 9020. 
- mol yuboruvchida hisob-kitob schyotiga pul o‘tkazilganida: 
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti"; 
Kt 4110-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar". 
-materiallar kelib tushishi bilan mol oluvchilarda: 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar" ; 
Kt 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar". 
- mol sotib oluvchida hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazilganda: 
Dt 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar"; 
Kt 5110-"Hisob-kitob schyoti". 


175 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling