Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni kompleks moddalari quyidagi 
xarajatlar elementlari bо‘yicha ajratiladi: 


393 
- Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat kо‘rsatish xarajatlari. 
- Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, 
instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan 
ta’minlash xarajatlari. 
- Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari 
(texnik kо‘rik va qarov, о‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). 
Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, о‘rtacha, 
mukammal) tuzatishlarni xо‘jalik yurituvchi subyektning о‘z kuchi bilan 
о‘tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy 
xarajatlar, mehnat haqi tо‘lash xarajatlari va boshqalar) bо‘yicha mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. 
Zarurat bо‘lganda, ayrim tarmoqlarning xо‘jalik 
yurituvchi 
subyektlari О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan 
mukammal tuzatish ishlarini о‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini 
tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar "Ishlab chiqarish 
tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi va kо‘zda 
tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini 
mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta kо‘rib 
chiqiladi va zarurat bо‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori 
kо‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga 
zaxira mablag‘lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy 
xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bо‘yicha tuzatish 
kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda 
oshib ketgan summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi 
tarkibida aks ettiriladi. 
- Yong‘indan saqlash va qо‘riqlashni hamda xо‘jalik yurituvchi 
subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan 
boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish 
xarajatlari. 
Idoradan tashqari qо‘riqlash xarajatlari bunday qо‘riqlash mavjud 
bо‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud 
bо‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi 
mumkin. 


394 
- Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bо‘lgan asosiy vositalarni joriy 
ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar. 
- Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va 
ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslanti- 
rilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya tо‘lovlari. 
- Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bо‘lgan va qo- 
nun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va 
texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari. 
- Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan 
bog‘liq bо‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari. 
- Tekin kо‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim 
tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xо‘jalik yurituvchi subyekt 
xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini tо‘lash xarajatlari (yoki uy- 
joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensasiyasi sum- 
masi). 
- Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy 
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim- 
bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar bо‘yicha sotilishi 
munosabati bilan imtiyozlar summasi); 
- Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan boshqaruvning texnik 
vositalarini, aloqa uzellarini, signalizasiya vositalarini, boshqaruvning 
boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat 
kо‘rsatish xarajatlari; 
- Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bо‘lgan 
xodimlarni tabiiy kо‘rikdan о‘tkazganlik uchun tibbiy muassasa- 
larga haq tо‘lash. 
- Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli 
bо‘lgan xizmat safarlariga yuborish bо‘yicha xarajatlar. 
- Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy 
va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari. 
- Brak tufayli kelib chiqadigan yо‘qotishlar. 
-Ishlab chiqarishning ichki sabablariga kо‘ra bekor turishlar tufayli 
yо‘qotishlar. 


395 
bevosita va bilvosita 
mehnat xarajatlari
Mahsulot tannarxi
ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega 
bо‘lgan ustama 
xarajatlar
bevosita va bilvosita 
moddiy xarajatlar
- Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish 
va ularga kafolatli xizmat kо‘rsatish xarajatlari. 
- Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikasiya qilish xarajatlari. 
- Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yо‘qolishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qaror- 
larisiz tо‘lanadigan nafaqalar. 

Umumiy 
foydalaniladigan 
yо‘lovchilar transporti xizmat 
kо‘rsatmaydigan yо‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib 
kelish bilan bog‘liq xarajatlar. 
-Obyektlarni davlat kapital qо‘yilmalari hisobiga qurishda qurilish 
tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar. 
- Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan 
chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bо‘lmagan 
mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda. 
- Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bо‘yicha xaradatlar, 
agar ular kapital xarajatlarga tegishli bо‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar 
sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar "Kelgusi davrlar xarajatlari" 
sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida 
teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulot- 
ning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi 
davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xо‘jalik 
yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak. 
-Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari tо‘lash bilan 
bog‘liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling