Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


-rasm. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

14.3.1-rasm. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar 


396 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil 
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga 
kо‘ra quyidagi 
elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlar 
(qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); - ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari; - 
ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; - asosiy 
fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar 
amortizasiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan boshqa 
xarajatlar. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar 
tegishli bо‘ladi: Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib
uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, 
xizmatlar kо‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib 
olinadigan xom ashyo va materiallar. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu 
xо‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qо‘shimcha ishlov 
beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. Ishlab 
chiqarish xarakteriga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyor- 
lash bо‘yicha ayrim operasiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga 
ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash 
uchun sinovlar о‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi 
ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va 
boshqalar tegishli bо‘ladi. Kichik biznes korxonalari ichida tashqi yuridik 
shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, 
detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombor- 
dan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) 
ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan xizmatlarga tegishli bо‘ladi. 
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, 
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan 
barcha turlari, xо‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan 
bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha transport 
ishlari. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va 
kam chiqishi. Xо‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari 
tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash 
va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining 
tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq tо‘lash xarajatlari, 


397 
asosiy fondlar amortizasiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). "Moddiy 
xarajatlar" elementi bо‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati 
sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuvlarida, qо‘shimcha narx 
(ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan tо‘lanadigan 
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu 
jumladan, brokerlik xizmatlaridan bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan 
(korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qо‘shilgan qiymat solig‘i 
tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq 
tо‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash 
va yetkazib berishga haq tо‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.10 Ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari 
tarkibiga quyidagilar kiritiladi: Kichik biznes korxonalarda qabul qilingan 
mehnatga haq tо‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan 
narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib 
hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega 
bо‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xо‘jalik yurituvchi subyektni 
mukofotlash tо‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi 
tusdagi tо‘lovlar. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bо‘lgan 
kompensasiya tusidagi tо‘lovlar, shu jumladan:Kо‘p smenali rejimda 
ishlaganlik, kasblarni birga qо‘shib olib borganlik va xizmat kо‘rsatish 
zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar. Xо‘jalik yurituvchi subyekt 
shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik- 
huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bо‘yicha ishlar bajarilganligi uchun 
haq tо‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xо‘jalik 
yurituvchi subyektning о‘zi tomonidan amalga oshirilsa 
pudrat 
shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga 
quyidagilar kiradi: Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bо‘yicha 
mehnatga haq tо‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar. 
Nodavlat pensiya jamg‘armalariga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa 
turlariga ajratmalar. 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan 
nomoddiy aktivlar amortizasiyasi bо‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar 
kiradi: Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan 
kelib chiqib hisoblangan amortizasiya ajratmalari summasi (hisoblangan 


398 
eskirish), lizing bо‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan 
amortizasiya ham shu jumlaga kiradi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega 
bо‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) 
eskirishi har oyda xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati 
va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xо‘jalik yurituvchi 
subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bо‘ladi. 
Foydali 
foydalanish muddatini aniqlash imkoni bо‘lmagan nomoddiy aktivlar 
bо‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xо‘jalik 
yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. Zarurat bо‘lganda, 
ayrim tarmoqlarning xо‘jalik yurituvchi subyektlari О‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish 
ishlarini о‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. 
Ushbu zaxiraga ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" 
elementi tarkibida aks ettiriladi va kо‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati 
hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning 
davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi 
har bir hisobot yili oxirida qayta kо‘rib chiqiladi va zarurat bо‘lganda 
yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori kо‘paytirilishi yoki 
kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zaxira mablag‘lari 
summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy 
xarajatlar 
summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bо‘yicha tuzatish kiritilishi 
kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib 
ketgan summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi 
tarkibida aks ettiriladi. 
Mahsulot (ishlar,xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi mahsulotni 
ishlab chiqarish yoki qayta ishlash (ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) 
jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, 
yokilgi, kuvvat, asosiy fondlar, mexnat resurslarining, shuningdek ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning qiymat bahosini ifodalaydi. 
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2010-«Asosiy 
ishlab chiqarish» schyotida aks etgiriladi. Buyumlarga ishlov berish 
murakkab texnologiyali ishlab chiqarishda har oyning oxirida 


399 
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari aniqlanadi. Tugallanmagan 
ishlab chiqarish deb texnologik jarayonda nazarda tutilgan ishlov berish- 
ning barcha bosqichlaridan tо‘liq о‘tmagan mahsulotga, shuningdek tо‘p- 
lanmagan, sinovdan о‘tmagan, texnik nazorat bо‘limiga qabul qilinmagan 
buyumlarga 
aytiladi. 
Tugallanmagan 
ishlab 
chiqarish 
qoldiqlari 
inventarizasiya yordamida aniqlanadi yoki meyoriy (rejadagi) tannarx 
bо‘yicha aks etgiriladi va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoting debeti 
bо‘yicha qoldik, sifatida chiqarib olinadi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling