Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita hamda bilvosita moddiy va 
mehnat xarajatlari hisobi. 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar mahsulot tan- 
narxida salmoqli hissaga ega. Shuning uchun buxgalteriya hisobi haqiqat- 
da qilingan moddiy xarajatlar summasini aniqlash bilan kifoyalanmasdan, 
bu xarajatlar ustidan doimiy nazorat о‘rnatib, imkoni boricha moddiy 
xarajatlarni qisqartirish yо‘llarini topishga ham xizmat qilishi kerak. 
Xom-ashyo, asosiy materiallar va sotib olingan yarim tayyor mahsu- 
lotlar miqdori va summasi, ularning korxona omboridan berilishini rasmiy- 
lashtiradigan dastlabki hujjat asosida aniqlanadi. Chunki bu hujjatlarda 
sarflanayotgan mehnat buyumlari qanday mahsulotga sarflanishi aniq 
kо‘rsatilgan bо‘ladi. Buning uchun ishlatilmay qolgan materiallar 
rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Yangi oyning birinchi kunida materiallarning bu 
qoldig‘i buxgalteriya yozuvlari bilan yana ishlab chiqarish xarajatlari 
hisobvaraqlariga о‘tkaziladi. Mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan 
moddiy qiymatliklarni aks ettiruvchi barcha dastlabki hujjatlar ishlab 
chiqarish xarajatlarining ma’lum shifrlari bо‘yicha, ya’ni ishlab chiqarish 
xarajatlarining obyektlari bо‘yicha guruhlanib, uning haqiqatda ishlab 
chiqarishga berilgan materiallarning sarflanish yо‘nalishlarini kо‘rsatuvchi 
taqsimlovchi о‘aydnomalar tuziladi. Moddiy xarajatlarning qanday 
yо‘nalishdaligiga qarab buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklidan 
foydalanayotgan korxonalarda moddiy xarajatlarni kо‘rsatuvchi buxgalte- 
riya provodkalari 12, 13, 15-qaydnomalar va 10- hamda 10/1-jurnal- 
orderlarda aks ettiriladi. Ishlab chiqarishga sarflangan asosiy materiallar va 
sotib olingan tayyor mahsulotlar boshlang‘ich hujjatlar asosida hisobga 
olish faqat tannarxga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘tkaziladigan materiallar bо‘yicha 


400 
bо‘lishi mumkin. Agar korxonada bir xil materialdan bir vaqtning о‘zida 
bir necha xil mahsulot ishlab chiqarilsa, u holda tannarxni aniqlashda 
materiallar sarfi kalkulyasiya obyektlari о‘rtasida biron-bir kо‘rsatkichga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. Sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida 
(mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat va boshqalar) taqsimlashning keng 
qо‘llaniladigan usullaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy 
soniga nisbatan qayta hisoblangan materiallarni meyordagi sarfida 
mutanosib ravishda taqsimlashdir. Ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlarda 
tо‘g‘ri va о‘z vaqtida rasmiylashtirish korxonada boshqaruv hisobining 
samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda hisob ma’lumotlari 
asosida korxona ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish va kelgusidagi 
faoliyatni rejalashtirish imkoniyati oshadi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» 
va 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schetlari bо‘yicha analitik hisob 
har bir mahsulot turi, kalkulyasiya bandlari va bajarilgan joyi bо‘yicha 
alohida yuritiladi. Buning uchun analitik hisob kartochkasi yuritiladi. 
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» scheti bо‘yicha analitik hisob 
12-qaydnomada yuritiladi. 12-qaydnoma shaxmat shaklida bо‘lib, tegishli 
grafalarga schetlar bо‘yicha xо‘jalik muomalalarining summasi yoziladi. 
Sexlar bо‘yicha xarajatlar aks ettirilib va №12-qaydnomada jami ma’lu- 
motlar chiqarilgandan sо‘ng, sex qaydnomalari xarajatlari jamlanadi. 
Yakuniy ma’lumotlarni «Korrespondentlashadigan schetlar jami» jadvali- 
ga, qaydnomaning orqa tomoniga yoziladi. Yuqoridagi ma’lumotlar №10- 
jurnal-orderda xarajatlar bо‘yicha sintetik schetlarda yozuv uchun asos 
bо‘lib xizmat qiladi. Shundan sо‘ng butun korxonada xarajatlar va ishlab 
chiqarish faoliyati bо‘yicha natijalarni aniqlash lozim. Buning uchun №12 
va 15-qaydnomalarda hisobga olingan ishlab chiqarish xarajatlarini 
iqtisodiy elementlar va xarajatlar yо‘nalishi bо‘yicha umumlashtirib tahlil 
etish va sintetik schetlar bо‘yicha kredit oborotini aniqlash kerak. Bu 
ma’lumotlar Bosh kitobni yuritishga asos bо‘ladi. Korxona bо‘yicha ishlab 
chiqarish xarajatlarini №10-jurnal orderda jamlanadi. Ushbu jurnal-order 
shaxmat qaydnomasi prinsipiga asosan tuziladi. Kredit schetlar ustunlar 
bо‘yicha, debet schetlar qatorlar bо‘yicha joylashtirilgan. YA’ni ishlab 
chiqarish xarajatlari sintetik schetlar tizimi qatorlar bо‘yicha joylashtiril- 
gan ustunlar va qatorlar bо‘yicha ma’lumotlar yig‘ilganda natijalar bir- 


401 
biriga mos kelishi kerak. №10 jurnal-order ma’lumotlari ishlab chiqarish 
xarajatlarini iqtisodiy elementlar bо‘yicha aniqlash uchun hamda tannarx 
hisoblash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. №10-jurnal-order yakuniy 
ma’lumotlarini №10-1-jurnal-orderning qatori bо‘yicha kо‘chiriladi. №10- 
1-jurnal-order 10-jurnal-orderning davomi bо‘lib hisoblanadi. Unda №10- 
jurnal-orderdagi kredit bо‘yicha schetlar oboroti aks ettiriladi va noishlab 
chiqarish schetlar debeti bilan korrespondesiyalashadi. Yakuniy ma’lumot- 
lar jamlanib, kredit bо‘yicha schetlar oborot summalari aniqlanadi va Bosh 
kitobga kо‘chiriladi. Bosh kitob yillik hisobotlarning asosini tashkil 
etuvchi yakuniy ma’lumotnoma bо‘lib hisoblanadi. Ushbu kitobda ma’lum 
davr mobaynida har bir schet bо‘yicha xо‘jalik operasiyalari oboroti aks 
ettiriladi. Moddiy xarajatlarni mahsulot turlari о‘rtasida taqsimlashda 
koeffisiyent usuli qо‘llaniladi. Bunda har bir mahsulot turiga ulardagi 
moddiy xarajatlarning salmog‘iga qarab texnologlar yoki yuqori tashki- 
lotlar tomonidan koeffisiyent belgilanib, ulardan birining koeffisiyenti 1 ga 
teng deb qabul qilinadi. Kalkulyasiyada xom-ashyo va asosiy materiallar, 
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar summasi chiqindilar qiymatini 
chiqarib tashlamasdan yoki bu chiqindilar qiymatisiz kо‘rsatilishi mumkin. 
Moddiy xarajatlarni tо‘g‘ri hisobga olish mahsulot tannarxiga katta ta’sir 
kо‘rsatadi. Buning uchun hisobni shunday tashkillashtirish kerakki, unda 
haqiqiy xarajatlarni normalar bilan uzluksiz va tezkor solishtirish imkoni 
bо‘lsin. Ilmiy izlanishlar shuni kо‘rsatmoqdaki, moddiy xarajatlarni 
koeffisiyentli taqsimlash mahsulot tannarxini tо‘g‘ri aniqlashda eng yaxshi 
usullardan biridir. 
Materiallar ishlab chiqarishga korxonada belgilangan norma bо‘yicha 
ularni hajmi, og‘irligi, hisobi qayd qilingan hujjatlar asosida qо‘yib 
yuboriladi. Boshlang‘ich hujjatlarni material hisob guruhi ishlab chiqadi. 
Xarajatlar moddalari bо‘yicha materiallar sarfini hisobga olish uchun turli 
xil hujjatlashtirish usullari qо‘llaniladi. Professor A.Sotvoldiyevning 
fikricha, bunda, asosan, inventar va partion usullar qо‘llaniladi.
16
Inventar 
usulda rejalashtirilgan mahsulot hajmiga nisbatan о‘rnatilgan normalar 
chegarasida sexga qо‘yib yuborilgan materiallar qayd qilingan boshlan- 
16
Sotvoldiyev A.S., Itkin Y.M. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. –T.:О‘BAMA, 2002. II tom. 40-b. 


402 
g‘ich hujjatlar asosida buxgalteriya sarf qilingan materiallar qiymatini 
hisoblab chiqadi. Bunda normalardan chetga chiqish hisobga olinadi. 
Materiallarni hisobga olishning inventar usuli sexlarda doim oy boshi yoki 
oxiriga ishlatilmay qolgan materiallar qoldig‘i mavjud bо‘lsa ishlatiladi. 
Bundan kelib chiqqan holda materiallar haqiqiy sarfi ushbu materiallar 
qoldig‘i chegirib hisoblanadi. Buning uchun har bir hisob davri (smena, 
hafta, oy) oxirida ishlatilmay qolgan materiallar inventarizasiyasi 
о‘tkaziladi. Shundan sо‘ng materiallar xarajati aniqlanadi: boshlang‘ich 
qoldiqqa jо‘natilgan materiallar qо‘shilib, oxirgi qoldiq olib tashlanadi. 
Materiallar sarfini hisobga olish uchun partion usul ham qо‘llaniladi, 
bunda ular har bir ochilgan materiallar partiyasi bо‘yicha hisobga olinadi. 
Materiallarni buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga 
ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy 
zahiralar» nomli 4-son BHMSga asoslangan bо‘lishi lozim. Ushbu 
standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bо‘yicha 
yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim.
17
Chunki buxgalteriya 
hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bо‘lib, past 
baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bо‘yicha yoki sotishning sof 
qiymati. «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMSga asosan tovar 
moddiy zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar- 
moddiy zahiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga 
keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini о‘z ichiga 
oladi. Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import 
bojlari va yig‘imlarni, mahsulotni sertifikasiya qilish xarajatlarini, 
ta’minot, vositachi tashkilotlarga tо‘langan komission tо‘lovlarni, 
soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida), shuningdek transport- 
tayyorlov xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita 
bog‘liq bо‘lgan boshqa xarajatlarni о‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, 
siylovlari va shunga о‘xshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish 
xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. Boshqa xarajatlar, agar ular 
materiallarni manziliga yetkazish paytida paydo bо‘lgan taqdirdagina 
tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi. Masalan, ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq bо‘lmagan qо‘shimcha xarajatlar yoki muayyan mijozlar 
17
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS. 


403 
uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar qiymati bо‘yicha 
xarajatlarga kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin. Materiallarning 
har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash kо‘p mehnat va vaqt 
talab qilishi tufayli ular joriy hisobda - о‘rtacha sotib olinish bahosi, reja 
tannarxi bо‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy 
tannarxi bilan о‘rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi о‘rtasidagi 
farq ularning guruhlari bо‘yicha alohida schetlarda hisobga olinadi. 
Amaliyotda kompyuterlarning keng qо‘llanilishi material zahiralari har bir 
turining haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Ishlab 
chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy 
tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qо‘llash bilan 
amalga oshirish mumkin: 1. О‘rtacha tannarx bо‘yicha yoki AVECO usuli; 
2. О‘rtacha chamalangan baholar bо‘yicha, birinchi tushum -birinchi 
xarajat, FIFO usuli; 3. О‘rtacha chamalangan baholar bо‘yicha, oxirgi 
tushum - oxirgi xarajat, LIFO usuli.1 О‘rtacha tannarx bо‘yicha hisoblash 
usuli materiallarning о‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bо‘yicha har 
bir birlikning qiymati davr boshlarida о‘xshash birliklarning о‘rtacha 
о‘lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab 
chiqarilgan о‘xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. О‘rtacha qiymat 
davriy asosda yoki xо‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bо‘lgan 
vaziyatga kо‘ra, har bir qо‘shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi 
mumkin. FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar 
Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling