404
14.4.
Materiallarni hisobga olish tizimi: davriy va uzluksiz hisob
tizimlari. Materiallar qiymatidagi og‘ishishlarni hisobga olish.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun moddiy xarajatlar
shakllantirilishini shartli ravishda 2 bosqichga bо‘lish mumkin:
1.
Xom ashyo,
materiallar, ehtiyot qismlar,
butlovchi buyumlar, inventar,
yoqilg‘i, energiya va h.k.
(bundan keyin – materiallar) xarid qilish;
2.Ularni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarish.
Xarid qilingan barcha materiallar joriy hisobot
davrida ishlab chiqarilgan
mahsulot tannarxiga hisobdan chiqarilmasligi mumkin. Ularning bir qismi
omborda qolib, keyingi davrlarda mahsulot ishlab chiqarishda qо‘llanilishi
mumkin. Materiallardan noishlab chiqarish maqsadlarida ham foydalanish
mumkin.
YA’ni xarid qilingan va ishlab chiqarishga hisobdan chiqarilgan
materiallar qiymati – bir-biriga tо‘g‘ri kelmasligi mumkin bо‘lgan
turli
kо‘rsatkichlar.
Materiallarni xarid qilish
Materiallarni xarid qilayotganda nafaqat ularning kontrakt qiymatini, balki
xarid qilish bilan bog‘liq quyidagi boshqa
xarajatlarni ham hisobga
oling :
import bojlari va yig‘imlari;
xarid qilish bilan bog‘liq qoplanmaydigan soliqlar va yig‘imlar
summalari;
materiallarni xarid qilgan ta’minot va vositachilik tashkilotlariga
tо‘lanadigan vositachilik haqi;
materiallarni sertifikatlash va ularni sinovdan о‘tkazish xarajatlari;
transport-tayyorlov xarajatlari;
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: