Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


tutgan o‘rni va hisobining vazifalari


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

tutgan o‘rni va hisobining vazifalari. 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subekt 
o‘zining moliyaviy resurs (mablag‘)larini tashkil qilishi va undan 
foydalanishi mumkin. Bu mablag‘larning manbai esa foyda, amortizatsiya 
ajratmasi, qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, aksiya 
egalarining badali va ta’sischilarning ulushlari, kreditlar, qarzlar, ajratilgan 
grantlar, maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va shunga o‘xshash 
yo‘nalishdagi mablag‘lardir. 
Bu bo‘limda asosan subektning ustav kapitali, maxsus yo‘nalishdagi 
jamg‘armalar, zaxiralar, foyda va boshqa mablag‘lari o‘rganiladi. 
Subektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis hujjatlari 
asosida yaratilgan jamg‘armalar va zaxiralar qo‘shilgan holda, ularning 
harakati va holati o‘rganiladi va nazorat qilinadi. 
Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subektning aktivi va majburiyatlari 
o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassamlashtiradi. O‘z navbatida xususiy kapital 
2 guruhga (kategoriyaga) bo‘linadi – qo‘yilgan (investitsiya) kapital va 
taqsimlanmagan foyda. 


436 
Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha 
investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog‘lik holda ko‘payishi 
yoki kamayishi mumkin. 
Ushbu mulk, jamg‘armalar, foyda va zaxiralarning hisobi quyidagi: 
8300-«Ustav kapitali (fondi)»ni hisobga oluvchi schyotlar; 
8400-«Qo‘shilgan kapital»ni hisobga oluvchi schyotlar; 
8500-«Zaxira kapitali»ni hisobga oluvchi schyotlar; 
8600-«Sotib olingan uz aksiyalari»ni hisobga oluvchi schyotlar; 
8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»larni hisobga 
oluvchi schyotlar; 
8800-«Grantlar va subsidiyalar (kapital)»ni hisobga oluvchi schyotlar; 
8900-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlarning zaxirasi»ni hisobga oluvchi 
schyotlarda yuritiladi. 
Subektning ustav kapitali uning mablag‘larining tashkil bo‘lishida 
asosiy manba hisoblanadi. Bu kapitalni tashkil qilish qonun va ta’sis 
hujjatlariga asosan tartibga solinadi. 
Davlat korxonalarining ustav kapitali davlatning byudjeti tomonidan 
korxonaning foydalanilishiga topshirilgan vaqtda ajratilgan mablag‘larning 
yig‘indisidir. 
Nodavlat, kommersiya subektlarining kapitali esa aksiyadorlar 
tomonidan qo‘yilgan mablag‘larning yig‘indisiga teng bo‘ladi. 
Aksiyadorlar jamiyati (AJ) yuridik shaxs bo‘lib uning kapitali aksiya 
egalarining qo‘ygan ulushidan tashkil topgan. AJ faoliyati ustavi bilan 
tartibga solinadi va aksiyadorlar faqat ustav kapitaliga qoyadigan ulushi 
bo‘yicha majburiyat oladilar. 
AJ-ochiq va yopiq turda bo‘ladi. 
Ochiq AJ aksiyalari ochiq usulda sotiladi, bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga o‘tadi, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlar birjasida sotilishi mumkin. 
Yopiq AJ aksiyalar bozorga chiqarilmaydi, bundan tashqari o‘z 
ulushlarini boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotishi mumkin emas. 
AJ ustav kapitalining hajmi uning ustavida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ustav 
kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi aksiyaning nominal qiymatining 
bozordagi talab va taklifning ta’sirida oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. 


437 
AJ tomonidan chiqarilgan aksiyalar naqd pulga, pul o‘tkazish yo‘li 
bilan, mulkka, ya’ni uzoq va qisqa muddatli aktivlar hisobiga ham sotilishi 
mumkin. 
Ustav 
kapitali 
(fondi)ning 
holati 
va 
harakati 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi: 
8310-«Oddiy 
aksiyalar» 
8320-«Imtiyozli aksiyalar» 
8330-«Ulushlar va omonatlar» schyotlarida amalga oshiriladi 
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va 
taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish; 
-Korxona muassislari
kapitalning shakllanish bosqichlari va 
aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash; 
-Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish 
bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash; 
-Qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan 
bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish; 
-Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z 
vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling