Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi. 
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi 
hisobvaraqlar ochilgan: 
8310-"Oddiy aksiyalar" 
8320-"Imtiyozli aksiyalar" 
8330-"Pay va qo‘yilmalar". 
Ushbu xdsobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari 
ustav fondining, aksionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining 
shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi. 
Aksiyadorlik sarmoyasi ro‘yxatga olingan hajmda, biroq qali 
tugallanmagan emissiya sifatada hisobda aks ettirilar ekan, e’lon 
qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga aksiyadorlar 
obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiq 


440 
qo‘shimcha joylashtirilgan oddiy aksiyalarning analitik hisobini yuritish 
lozim. 
Misol. AJ ustavida 100 so‘mlik nominal qiymatga ega bo‘lgan 20000 
dona oddiy aksiyalar chiqarishga ruxsat etilgan. 
E’lon qilingan aksiyadorlik kapitaliga quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari"-2000000 
so‘m; 
Kt 8310-"Oddiy aksiyalar" - 2000000 so‘m. 
Keyin AJ nominal qiymati bo‘yicha AJ a’zolariga 10000 dona aksiya 
sotadi, deb faraz qilaylik: 
Dt 5110, 5010-"Pul mablag‘lari" - 1000000 so‘m 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" - 
1000000 so‘m. 
Ma’lum vaqt o‘tgach, AJ qolgan 10000 dona aksiyani har bir aksiya 
uchun 120 so‘m evaziga boshqa investorga sotadi. Aksiyalarning sotish 
va nominal qiymatlari orasidagi farq-20 so‘mni tashkil etadi va bu farq 
8410-"Emission daromad" hisobvarag‘ida aks ettiriladi: 
Dt 5110, 5010-"Pul mablag‘lari" - 1200000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" - 
1000000 so‘m; 
Kt 8410-"Emission daromad" - 200000 so‘m. 
Aksiyalarga to‘lovlar aktivlarni berish yo‘li bilan ham uzilishi mumkin. 
Misol. Ta’sischi aksiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo‘lgan 
transport vositasini ustav kapitaliga hissa tariqasida kiritdi. Ushbu transport 
vositasi avval xizmat qilganligi tufayli uning bozor bahrsini aniqlash qiyin 
bo‘ldi. Ta’sischilar o‘zaro kelishib, aksiyadorga ushbu trans-port vositasi 
uchun 1000 ta oddiy aksiya berishdi, aksiyalarning nominal qiymati 200 
so‘m, bozor qiymati 250 so‘m. 
Mazkur holatda AJ hisobidagi transport vositasining qiymati - 250000 
so‘m (250x1000) bo‘ladi. 
AJ mol-mulkidagi aksiyador ulushi - 200x1000=200000 so‘m, 
aksiyalarning bozor va nominal qiymatlari orasidagi 50000 (250000- 
200000) so‘mlik farq emission daromadni tash-kil qiladi. Ushbu 
muomalalarga quyidagicha provodka beriladi: 


441 
Dt 0160-"Transport vositalari" - 250000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" -200000 
so‘m; 
Kt 8410-"Emission daromad" - 50000 so‘m. 
Aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni 
joylashtirish yo‘li bilan AJ ustav kapitalini oshirish, aksiyalar nominal 
qiymatini kamaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish, shu 
jumladan, aksiyalarning ma’lum qismini so‘ndirish 
yo‘li bilan 
jamiyatning o‘zi sotib olishi orqali ustav kapitalini qisqartirish amalga 
oshiriladi. 
8610-hisobvaraqda sotib olingan xususiy aksiyalar ustav kapitali 
hisobvarag‘iga nisbatan kontrpassiv hisoblanadi va u AJning kapitalini 
kamaytiradi va shu sababli balansda ustav sarmoyasidan chegiriladi. AJ 
quyidagi sabablarga Ko‘ra o‘z aksiyalarini qayta sotib olishi mumkin: 
-aksiyalar kursini maqbul darajada ushlab turish uchun; 
-har bir qolgan aksiyaga dividendlarni oshirish uchun; 
-o‘z xodimlari orasida aksiyalarni tarqatish yoki qolgan aksiyalar 
nominal qiymatini oshirish uchun; 
♦ boshqa firmalar tomonidan nazorat o‘rnatish uchun aksiyalarning 
sotib olinishini bartaraf etish maqsadida. 
Xususiy aksiyalar sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 8610-"Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar"; 
Kt 5110-"Hisob-kitob schyoti". 
Aksiyadorlar qaroriga ko‘ra ustav kapitali hajmini sotib olingan 
aksiyalar nominal qiymati summasiga ularni yo‘q qilish yo‘li bilan 
kamaytirish mumkin: 
Dt 8310-"Oddiy aksiyalar"; 
Kt 8610-"Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar". 
Davlat korxonalarining ustav fondining hajmi uning 
xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilangan mol- 
mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis hujjatlarida qayd 
qilingan miqdorga muvofiq bo‘lishi lozim. 
Davlat korxonasi ustav fondini shakllantirish bo‘yicha provodka 
quyidagicha bo‘ladi: 


442 
Dt 0110-0190-"Asosiy vositalar"; 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar"; 
Dt 5010, 5110-"Pul mablag‘lari"; 
Kt 8330-"Paylar va ulushlar". 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat 
(MCHJ) 
ustav 
kapi-taliga 
qo‘yilmalar ustav kapitalidagi ishtirokchilarning ulushini tashkil qiladi. 
Misol. "Dono" MCHJni tashkil qilish paytida 500000 sum miqdorida 
ustav kapitali ro‘yxatga olingan. Qodirov.B. va Aliyev M. MCHJning 
muassislari hisoblanishadi. 'MCHJning ustav kapitalida Qodirov.B.ning 
ulushi 60%ni, Aliyev M .ning ulushi 40%ni tashkil qiladi. 
Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan keyin bu muomala hisobda 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Qodirov.B ning qarzi" - 
300000 so‘m; 
Kt 8330-"Paylar va ulushlar" Qodirov.B qo‘yilmasi - 300000 so‘m; hamda 
Dt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Aliyevning qarzi"-200000 
so‘m; 
Kt 8330 "Paylar va ulushlar" Aliyev M.ning qo‘yilmasi - 200000 so‘m. 
Har bir ishtirokchi (muassis) MCHJga ta’sis shartnomasiga muvofiq 
biron-bir aktivni kiritadi. Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha 
buxgalteriya yozuvlari yakka egalikdagi yozuvlarga aynan o‘xshash 
bo‘ladi, muassislar bo‘yicha taxliliy hisobgina zarur. 
Misol. Qodirov.B o‘z qo‘yilmasini transport vositasi ko‘rinishida 
(300000 so‘m) kiritdi: 
Dt 0160 -"Transport vositalari" - 300000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badal bo‘yicha Kodirovning qarzi" 300000 
so‘m. 
Aliyev M. o‘z qo‘yilmasini xom-ashyo ko‘rinishida (200000 so‘m) 
kiritdi: 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar" - 200000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badal bo‘yicha Aliyevning qarzi" - 200000 
so‘m. 
Ta’sischilarning qaroriga muvofiq ustav kapitali miqsori oshishi 
mumkin. Ustav kapitalining oshirilishi ta’sischilarning qo‘shimcha 


443 
qo‘yilmalari hisobiga yoki taqsimlangan foydadan ajratma qilish 
hisobiga bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi hollarda MCHJga yangi muassis kelib qo‘shilishi mumkin. Bu 
quyidagi yo‘llar orqali yuzaga keladi: 
-ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li 
bilan; 
-qo‘shimcha sarmoya kiritish yo‘li bilan. 
Biroq har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib qo‘shilishi 
jamiyatning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi lozim. 
Birinchi holatda sarmoya sotib olingan ulushi ol-dingi muassis 
sarmoyasi hisobvarag‘idan yangisinikiga o‘tkaziladi. 
Misol. Qodirov B o‘zining 100000 so‘m miqdordagi ulushini Norovga 
sotdi: 
Dt 8330-"Ustav kapitali Kodirov.B qo‘yilmasi" -100000 so‘m; 
Kt 8330-"Ustav kapitali Norov S.qo‘yilmasi" -100000 so‘m. 
Ikkinchi holatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo‘shimcha 
sifatida ustav kapitaliga o‘z ulushini qo‘shganda muassislar ulushlarining 
foiz nisbati o‘zgaradi. 
Misol. 500000 so‘m miqdorida ro‘yxatga olingan ustav kapitaliga ega 
bo‘lgan va muassislari ulushi: Qodirov.B niki - 60%, Aliyev Mniki - 40% 
bo‘lgan "Dono" MCHJ yangi a’zo Hasanov B.ni jalb etish hisobiga o‘z 
ustav kapitalini 600000 so‘mgacha oshirishga qaror qildi. Mazkur holatda 
ulushlar nisbati o‘zgaradi va quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Qodirov.B - 50% (300000/600000); 
Aliyev M 33,3% (200000/600000); 
Norov S.- 16,7% (100000/600000). 
MCHJ ustav kapitali miqdorining ko‘payishi taqsimlanmagan foyda 
hisobidan ham bo‘lishi mumkin. Bu holatda quyidagicha yozuv qilinadi: 
Dt 8710-"Hisobot davri taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" 
Kt 8330-"Paylar va ulushlar". 
MCHJda muassis jamiyat tarkibidan chiqishga hamda o‘z ulushini 
olishga qaror qilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi: 
Dt 8330-"Paylar va ulushlar"; 


444 
Kt 6620-"Chiqib ketayotgan muassislardan ulush-lari bo‘yicha 
qarzlar". 
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MCHJ ma’lum jamgarilgan 
foydaga ega bo‘lsa, u holda ta’sis hujjatlariga belgilangan nisbatga 
muvofiq muassislarning unga ham haqqi bor. 
Dt 8720- «Jamg‘arilgan foyda». 
Kt 6620-"Chiqib ketayottan muassislardan 
ulushlari 
bo‘yicha 
qarzlar". 
Muassis chiqib ketayotganida olgan jamgarilgan foyda summasidan 
olgan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘ini to‘lashi 
lozim. 
Muassis ustav sarmoyasidan o‘z ulushini olib chiqib ketayotganida 
hech qanday chegirma va ajratmalarsiz ham olib chiqib ketishi mumkin. 
Muassis chiqib ketayotganida uning qarzining so‘ndirilishiga 
quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 6620-"Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha 
qarzlar" 
Kt 5010, 5110-"Pul mablag‘lari". 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling