Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ta’sischilar bilan hisoblashishlar


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Ta’sischilar bilan hisoblashishlar. 
Korxona ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav 
kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. 
Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo‘lgan qarzlari bo‘yicha olib boriladigan 
hisob-kitoblarning hisobi 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha 
ta’sischilarning qarzlari" hisobvarag‘ida olib boriladi. 
4610-hisobvaraq aktiv bo‘lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga 
bo‘lgan saldosini ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan 
ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit aylanmasi ta’sischilar 
tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qiymatliklar va 
mulklar qiymatini ko‘rsatadi. 
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini 
yuritish uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari 
va boshqalar hisoblanadi. 


445 
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-"Ustav 
kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari" hisobvarag‘i 
debetlanib, 8310-"Oddiy aksiyalar", 8320-"Imtiyozli aksiyalar" va 8330- 
"Paylar va ulushlar" hisobvaraqlari kreditlanadi. 
4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha qarzlari" schyoti bo‘yicha yozuvlar 
 
t/r 
 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
debet 
kredit 
1. 
Ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha ta’sischilar 
qarzlarining tashkil etilishi 
4610 
8310 
8320 
8330 
2. 
Ta’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida 
to‘lanishi 
0110-0190 
4610 
3. 
Ta’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar 
tarzida to‘lanishi 
0410-0490 
4610 
4. 
Ta’sischilar qarzlarining pul mablag‘larini 
berish yo‘li bilan to‘lanishi 
5010 
5110 
5210 
4610 
5. 
Ta’sischilar qarzlarining boshqa akgivlar tarzida 
to‘lanishi 
1010-1090 
2910 
4610 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling