Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Qo‘shilgan kapital hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

 
16.3. Qo‘shilgan kapital hisobi. 
 
Korxonada qo‘shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraqlarda 
yuritiladi: 
8410-"Emission daromad"; 
8420-"Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha kursdagi farq". 
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va 
ularning harakatini umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida 
vujudga kelishi mumkin: 
-emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori 
bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida; 
-kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar 
ustav kapitalini shakllantirish paytida. 


446 
Misol. Nominal qiymati 500 so‘m bo‘lgan aksiyalar 750 so‘mga 
sotildi. 
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" -750 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" -600 
so‘m; 
Kt 8410-"Emission daromad" - 250 so‘m. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-"Emission daromad" hisobvaragi 
krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi 
nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda 
solig‘iga tortish obekti bo‘lib hisoblanmaydi. * Sotish bahosidan past 
narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar kamomadida 
8410-"Emission daromad" hisobvaragida zarar aks ettiriladi. 
Misol. 200 so‘mlik nominal qiymatli, dastlab 240 so‘mdan sotilgan 
aksiyalar 260 so‘mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 200 
so‘mdan sotildi: 
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" - 200 so‘m; 
Dt 8410-"Emission daromad"- 40 so‘m; 
Dt 9690-"Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar" - 20 so‘m; 
Kt 8610--"Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar" - 260 so‘m. 
Qo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis 
hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda 
valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valyuta 
kurslarining farqdanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi. 
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qushma korxona-ning ustav 
kapitalida chet zllik muassisning ulushi 200 ming dollardan iborat. 
Hujjatlarni ro‘yxatga olish paytida 1$ 300 so‘mga teng bo‘lganligini 
hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so‘m, deb baholandi. 
Biroq pul mablag‘lari bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng 
bo‘lgan. Bu esa korxona so‘m hisobida 200 ming dollarni olib, 60000 
ming so‘m emas, balki 62000 so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni 
anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so‘m ko‘shimcha 
sarmoyaga kiritiladi: 
Dt 5210-"Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag‘lari"-62000 ming 
so‘m; 


447 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari"- 
60000 ming so‘m; 
Kt 8420-"Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq" -2000 ming 
so‘m. 
Biroq keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir 
hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash 
natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o’tkazildi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling