Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Rezerv kapitalini hisobga olish va ishlatish


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

16.4. Rezerv kapitalini hisobga olish va ishlatish. 
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil 
etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam 
bo‘lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar 
o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha 
tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash
imtiyozli aksiyalar uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra 
aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv 
kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga 
keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil 
qilinadigan rezerv hisobi uchun mo‘ljallangan. 
Rezerv kapitali hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 
8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar"; 
8520-"Rezerv kapitali"; 
8530-"Tekinga olingan mol-mulk". 
8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" hisobvarag‘i 
qayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi. 
Misol. Transport vositasining boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mga, 
eskirish qiymati 200000 so‘mga teng. 3 koeffisiyent bilan qayta baholash 
natijasida transport vositasining boshlangich qiymati 1500000 so‘m 
(500000x3)gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 600000 so‘m 
(200000x3)gacha oshgan. Transport vositasining boshlangich qiymati 
o‘rtasidagi farq 1000000 so‘m (1500000-500000)ga eskirish qiymati 
o‘rtasidagi farq 400000 so‘m (600000-200000)ga teng. 
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 0160-"Transport vositalari" -1000000 so‘m; 


448 
Kt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yncha tuzatishlar"- 1000000 
so‘m; 
Dt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" - 400000 
so‘m; 
Kt 0260-"Transport vositalarining eskirishi" - 400000 so‘m. 
Asosiy vositalar kabi qimmatli qog’ozlar ham qayta baholanadi. 
Misol. Korxonada balans qiymati 80000 so‘mlyak qimmatli qog’oz 
bor. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so‘mga teng 
bo‘lgan. 
Agar korxona o‘z investitsiyalarini qayta baholangan qiymat bo‘yicha 
hisobga olsa, u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv kapital 
hisobvaraqlarida aks ettiriladi: 
Dt 0610-"Qimmatli qog’ozlar" -5000 so‘m; 
Kt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" -5000 so‘m. 
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog’ozlarning bozor 
qiymati kamaysa, unda mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta 
baholash doirasida rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga uni qoplash 
mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil etilgan rezervdan 
oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi. 
Misol. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati 78000 so‘mga tushib ketgan, 
ya’ni 7000 so‘mga kamaygan: 
Dt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" -5000 so‘m; 
Dt 9690-"Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar" -2000 so‘m; 
Kt 0610-"Qimmatli qog’ozlar" -7000 so‘m. 
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili 
sof foydadan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi: 
Dt 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)"; 
Kt 8520-"Rezerv kapital". 
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar 
uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta 
sotib olish uchun ishlatiladi. 
Masalan, hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli 
aksiyalar uchun dividendlar to‘landi: 
Dt 8520-"Rszerv kapital"; 


449 
Kt 6610-"To‘lov uchun dividendlar". 
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning qarzlari hisobdan 
chiqarildi: 
Dt 8520-"Rezerv kapital"; 
Kt 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar". 
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun 
rezerv fondi boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil 
etilishi mumkin. 
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi: 
Dt 0110-0190-"Asosiy vositalar"; 
Dt 0410-0490-"Nomoddiy aktivlar"; 
Dt 0610-"Qimmatli qog‘ozlar"; 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar"; 
Kt 8530-"Beg‘araz olingan mol-mulk". 
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati 
foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li 
bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha 
hisobda aks ettiriladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling