Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


partiyasi bо‘yicha baholanadi, sо‘ngra ikkinchi partiya bahosi bо‘yicha va


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й


partiyasi bо‘yicha baholanadi, sо‘ngra ikkinchi partiya bahosi bо‘yicha va 
hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish 
tartibi bо‘yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar 
tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu 
materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, 
sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. 
Inflyasiya davrida FIFO usulidan qо‘llanilsa, sof foydaning eng yuqori 
darajasiga erishiladi. Bir qancha mamlakatlarning soliq qonunchiligida
shu jumladan О‘zbekiston Respublikasida bu usulni qо‘llash taqiqlanadi. 
Chunki bu usulda korxona foydasidan tо‘lanadigan soliqni hisoblash 
bazasi kamayib ketadi. 


404 
14.4. 
Materiallarni hisobga olish tizimi: davriy va uzluksiz hisob 
tizimlari. Materiallar qiymatidagi og‘ishishlarni hisobga olish.
 
 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun moddiy xarajatlar 
shakllantirilishini shartli ravishda 2 bosqichga bо‘lish mumkin: 
1. 
Xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, inventar, 
yoqilg‘i, energiya va h.k. (bundan keyin – materiallar) xarid qilish; 
2.Ularni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarish. 
Xarid qilingan barcha materiallar joriy hisobot davrida ishlab chiqarilgan 
mahsulot tannarxiga hisobdan chiqarilmasligi mumkin. Ularning bir qismi 
omborda qolib, keyingi davrlarda mahsulot ishlab chiqarishda qо‘llanilishi 
mumkin. Materiallardan noishlab chiqarish maqsadlarida ham foydalanish 
mumkin. 
YA’ni xarid qilingan va ishlab chiqarishga hisobdan chiqarilgan 
materiallar qiymati – bir-biriga tо‘g‘ri kelmasligi mumkin bо‘lgan turli 
kо‘rsatkichlar. 
Materiallarni xarid qilish 
Materiallarni xarid qilayotganda nafaqat ularning kontrakt qiymatini, balki 
xarid qilish bilan bog‘liq quyidagi boshqa xarajatlarni ham hisobga 
oling : 

import bojlari va yig‘imlari; 

xarid qilish bilan bog‘liq qoplanmaydigan soliqlar va yig‘imlar 
summalari; 

materiallarni xarid qilgan ta’minot va vositachilik tashkilotlariga 
tо‘lanadigan vositachilik haqi; 

materiallarni sertifikatlash va ularni sinovdan о‘tkazish xarajatlari; 

transport-tayyorlov xarajatlari; 

boshqalar. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling