Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

16.5. Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hollarda aksiyalarning nominal 
yoki bozor bahosini ushlab turish yoki iqtisodiy obruga putur yetkazmaslik 
uchun subektlar ilgari sotilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarni emitent 
(aksiyadorlik jamiyati) tomonidan keyinchalik qayta sotish yoki hisobdan 
chiqarish (bekor qilish) maqsadida sotib olishi mumkin. Ushbu sotib 
olingan o‘z aksiyalarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish quyidagi: 
8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" 
8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarida 
yuritiladi. 
Boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar (ma’suliyati cheklangan 
jamiyatlar, uyushmalar va shunga o‘xshaganlar) 8610-"Sotib olingan 
o‘zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli 
aksiyalari" schyotlaridan xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan qabul 
qilingan tartibga muvofiq boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga 


450 
berish uchun ustav kapitaliga qo‘ygan ulushini hisobga olish uchun 
qo‘llanadilar. 
O‘zining aksiyalarini sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar 8510- 
"Ustav kapitali"ni hisobga oluvchi schyotlarga nisbatan kontr-passiv 
schyot hisoblanib aksiyadorlar jamiyatining aksiyadorlik kapitalining 
kamayishini ko‘rsatadi va balansda ko‘rsatiladigan ustav kapitali 
summasidan chegiriladigan summa hisoblanadi. 
Sotib olingan o‘zining aksiyalari ularning qayta sotilishi vaqtigacha 
hech qanday huquqga ega emaslar; - ovoz berish, mulk, dividendlar olish 
va subektni tugatish vaqtida aksiyadorlar jamiyati aktivning ulushi 
huquqiga ega emaslar. 
Agarda aksiyalar nominal qiymatda yoki undan yuqori bahoda sotilib 
keyinchalik emitent (jamiyat) tomonidan qayta sotib olingan bo‘lsa 
boshlang‘ich emissiya jarayoniga zid ravishda nominal qiymatidan past 
bahoda sotilishi mumkin. 
Emitent (jamiyat) tomonidan sotib olingan o‘zining aksiyalarining 
qiymati 8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib 
olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarining debeti tomonida 
nominal qiymatda yeki sotishning boshlang‘ich bahosida emas, balki 
haqiqiy sotib olish bahosida qayd qilinadi. 
Emitentlar sotib olingan o‘zining aksiyalarini sotib olish bahosidan 
yuqori bahoda qaytadan sotsalar ushbu muomalalar natijasidagi sotib olish 
va qayta sotish baholarining o‘rtasidagi farq summani 9590- "Moliyaviy 
faoliyatdan olingan boshqa daromadlar" schyotining krediti tomonidan aks 
ettiradilar. Agarda ushbu aksiyalar sotib olish bahosidan kam bahoga 
sotilsa ushbu muomaladagi baholar o‘rtasidagi farq zarar sifatida 9690- 
"Moliyaviy faoliyat yuzasidan ko‘rilgan sarflar"schyotining debeti 
tomonida ko‘rsatiladi. 
Agarda emitentlar uzining aksiyalarini bekor qilish maqsadida ularni 
nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olsalar, qiymati va sotib olish 
bahosi o‘rtasidagi farq summasi 9690-"Moliyaviy faoliyat yuzasidan 
ko‘rilgan sarflar" schyotining debeti tomonida ko‘rsatadilar. 
O‘zining aksiyalarini hisobdan chiqarish (bekor qilish) uchun ularni 
nominal qiymatdan past bahoda sotib olsalar, nominal qiymati va sotib 


451 
olish bahosi o‘rtasidagi farq summasi 9590-"Moliyaviy faoliyatdan 
olingan boshqa daromadlar" schyotining kredit tomonida kayd kilinadi. 
8610-"O‘zining aksiyalarini sotib olish" schyotlari bo‘yicha analitik 
hisob aksiyaning har bir turi va aksiya egalari bo‘yicha ayrim olgan holda 
yuritiladi. 
8600-O‘zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi. 
8610-"Sotib olingan uzining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan 
o‘zining imtiyozli aksiyalari". 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling