Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Grant (subsidiya) deganda
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
Grant (subsidiya) deganda xo‘jalik yurituvchi subektlarga ular
belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni ragbat- lantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam tushunildi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi: 8810-'Grantlar"; 8820-"Subsidiyalar". Mazkur hisobvaraqlarda o‘z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai sifatida ko‘rib chiqiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi. Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi: Dt 5110, 5210-"Pul mablag‘lari"hisobvaraqlari; Kt 8810- «Grantlar». Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi: Dt 8810-«Grantlar»; Kt 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari. Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoya- siga badal sifatida kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo‘lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish lozim: Dt 8810-'Grantlar"; Kt 8530-"Tekinga olingan mol-mulk". Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir et- maydi. Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi: -aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maqsadli tushumlar sifatida; -kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan foydali foydalanish muddati davomida 454 hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo‘li bilan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Shuningdek, 8800-"Maqsadli tushumlar" guruhida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 8830-"A’zolik badallari"; 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari". 8830-"A’zolik' badallari" hisobvaragida ta’sis hujjatlari bilan belshlangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-"A’zolik badallari" hisobvaragi krediti bo‘- yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korres- pondensiyada aks ettiriladi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirishning hisobi 8840- "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag’ida amalga oshiriladi. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari bo‘shagan mablag‘lar summasiga debetlanadi, 8840- "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvaragi kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalari imtiyozli davr ko‘rsatilgan taqdirda -imtiyozli davr tugagach, qolgan hollarda esa-har yili 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvaragi debetidan 8530-"Bepul olingan mol-mulk" hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling